10
DARSLAR SAMARADORLOGIDA MUSTAQIL ISHLARNING AHAMIYATI
Azimov Umid – o‘qituvchi Navoiy shahar, 16-umumiy o‘rta maktab
Nasirova Shaira-texnika fanlari doktori, professor,
Navoiy davlat pedagogika instituti
telefon: +998 90 646 36 09
nosirova_61@mail.ru
Annotasiya.
Ushbu maqolada darslar samaradorligida mustaqil ishlarni tashkil etishning
xususiyatlari va imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
maktab, axborotlashtirish, ta’lim, o‘quvchi, bilim, AkT, vosita, aloqa, tizim.
Informatika va axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy
texnika o‘quv yurtlarida o‘quv jarayoniga xos ishlarni tashkil etish usullari va shakllari xilma-
xildir. Mazkur jarayonning ajralmas qismi talabalarning mustaqil ishlashidir. Mustaqil ishlar
joriy o‘quv jarayoni bilan birgalikda va uzviy bog‘liqlikda olib boriladi.
Umuman mustaqillik – shaxs xarakterining xususiyatlaridan biri bo‘lib, insonning tafakkur
tizimida, turli ko‘rinishdagi faoliyat va harakatlarida aks etadi. Mustaqillik tushunchasi oliy
o‘quv yurti talabasiga nisbatan aytilganda, unda talaba o‘z oldida turgan vazi-falarni, chunonchi
bo‘lajak mutaxassis sifatida shakl-lanishida egallagan barcha bilimlarni yanada mustahkamlash
va unga intilish tushunchasini bildirishi mumkin.
Bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish - talaba faoliyatining oliy o‘quv yurtidagi eng
ajralib turadigan xususiyati, mustaqil o‘qib bilim orttirish asosi hisoblanadi. O‘qib bilim egal
-
lash talabalarning mustaqil tayyorgarlik ko‘rishi, o‘qishga ijodiy tomondan yondashishi demak-
dir. Mustaqil o‘qish o‘quv jarayoni bilan birga belgilangan dastur va darsliklar bo‘yicha, ba’zi
hollarda mazkur dastur va darsliklardan chetga chiqqan holda olib boriladi. Mustaqil ravishda
bilish doirasini kengaytirish hamda qo‘shimcha nazariy va amaliy materialni egallash talaba
egallayotgan kasbiy malaka va ishlab chiqarishda mustaqil ishlay bilish ko‘nikmasini orttirish
bilan chambarchas bog‘langan.
Agar o‘quv jarayoni dasturlar va dars jadvalida ko‘rsatilgan mashg‘ulotlar bilan cheklangan,
olib boriladigan barcha mashg‘ulotlar dars xonasida tugallanadigan bo‘lsa, u holda texnika
sohasida tayyorlanayotgan mutaxassislarning bilimi bir tomonlama bo‘lgan bo‘lar edi. Aytish
lozimki, o‘quv jarayonining xolis o‘zi mutaxassislar tayyorlash uchun etarli emas.
O‘qish jarayoni mustaqil bilim orttirish bilan uyg‘unlashtirgandagina ko‘zlangan maqsadga
erishish mumkin. Oliy texnika o‘quv yurtlarida talabalarning bilimlarini egallashdagi
mustaqilligini rivojlantirishda ma’ruza matnlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy nashr-
lar, texnikaga oid jurnallar, hamdo‘stlik mamlakatlari va chet ellarda chop etilgan adabiyotlar,
turli xil bildirgichlarning vositasi kattadir. Ma’ruza matnlari va darsliklar bo‘yicha talaba dars
jarayonida o‘qituvchi tomonidan berilgan o‘quv materialini takrorlaydi va mustahkamlaydi[1].
Bunda talabalar darsliklardan o‘qituvchi topshirig‘i bo‘yicha o‘quv materialining ma’lum
qismini mustaqil o‘rganadilar. biroq texnika bo‘yicha mutaxassislikni egallayotgan talabalar
uchun faqat darsliklar, ma’ruza matnlari bilan cheklanib qolish etarli emas. Turli xil texnikani
ishlab chiqaruvchi va ulardan foydalanuvchi korxonalarda mashinalarni loyihalashda, ishlatishda
foydalanilayotgan yo‘riqnomalardan va texnika sohasiga xos ilmiy-texnik adabiyotlaridan keng
foydalanishni yo‘lga qo‘yish talabalar bilimini to‘ldirishga va kengaytirishga imkoniyat yaratadi.
Darsliklar va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan mustaqil ishlay bilishdek ishlarni unumli yoki
foydali tashkil etish misollari umumpedagogik muammolarning bir qismidir. bilimlarni bevosita
kitoblardan o‘zlashtirish, ya’ni talabalarni mustaqil ishlashi vaqtda oliy o‘quv yurtlarida bilvosita
dars jarayonlarida, darsdan tashqari uy vazifalarini bajarishda amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1, Аbduqodirov А.А., haitov A.G‘., Shodiev R.R. “Аxborot texnologiyalari”. Т. “O‘qituv
-
chi”. 2002.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |