10
ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIGA INNOVATSION YONDASHUV
Xudayberganov Sarvar Davlatyorovich
Xorazm viloyati, Shovot tumanidagi 16-sonli umumta’lim maktabining
Milliy g‘oya va huquq fani o‘qituvchisi Telefon raqami: 99899-968-45-42
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar
va zamonaviy metodlar so‘z boradi. Interfaol usullar ta’lim sifatini oshirishga va o‘quvchilar
faolligini, iqtidorini yuzaga chiqarishga yordam beradi.
Kalit so‘zlar:
Innovatsiya, texnologiya,Venn diagrammasi, keys-stadi, klaster.
Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi kunda barcha sohalarga jadallik bilan innovatsion metodlar
va zamonaviy texnologiyalar kirib kelmoqda. Shu jumladan men xizmat qilayotgan ta’lim tizimida
ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishga, kadrlar
tayyorlash sifatini tubdan takomillashtirishga, xorijiy mamlakatlar tajribasini tadbiq etishga
jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning yangi taxrirda yaratilishi, 2017-
yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi faoliyatini takomillashtirish
to‘g‘risida “gi, qolaversa “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi “da ham ta’lim sohasini tubdan takomillashtirishga oid tizimli
islohotlar ko‘zda tutilgan .
Shu o‘rinda innovatsiya atamasiga to‘xtalib o‘tsam, innovatsiya so‘zi inglizcha “yangilik
kiritish”,” yangilik” degan ma’noni ifodalaydi. Texnologiya esa yunoncha “texnos”-san’at, mahorat
va “logos “-fan degan ma’noni anglatadi. bu ikkala so‘z birgalikda ta’lim tarbiyaning yangi
shakllari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik kiritish demakdir. Zamonaviy pedagog ilg‘or
innovatsion texnologiyalar va AkT materiallaridan unumli foydalana bilishi kerak. Innovatsion
texnologiyalarning asosiy maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchi mushtarakligiga erishish, o‘quvchilarni
fanga qiziqtira olish, ta’limga bo‘lgan munosabatni o‘zgartira olish, o‘rganilgan bilimlarni ijtimoiy
sharoitlarda qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishdan iboratdir.
Innovatsion ta’lim tizimi ko‘pgina pedagog olim va izlanuvchan tadqiqotchilar tomonidan juda
qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Ularning fikricha ta’limdagi innovatsion faoliyat shaxsni axloqiy
jihatdan takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli amaliyot sifatida muhimdir, chunki u
jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha amaliyot turlarini o‘zgartirishga qodir. Ta’limdagi innovatsion
jarayon –bu o‘quv amaliyotini takomillashtirish, innovatsiyalarga asoslangan ta’lim tizimini
rivojlantirish (V.I.Zagvyazinskiy). T.I.Shamova quyidagicha fikr bildirgan: innovatsion jarayon
yangi tarkibning shakllanishi va rivojlanishini aks ettiradi. Ta’limdagi innovatsion jarayonlar bir-
biridan ajratilgan holda mavjud emas, lekin ular o‘zaro ta’sir o‘tkazishadi. Pedagogik innovatsiya
ko‘p qirrali va murakkab hodisadir.
Men bu fikrlarni umumlashtirgan holda, pedagogik innovatsiya deganda o‘qituvchi va
o‘quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etishda qo‘llaniladigan yangi metod va shakllar
deb tushunaman. Zamonaviy pedagog bilishi va qo‘llay olishi lozim bo‘lgan texnologik bilimlar
quydagilardir:
AkT bo‘yicha bilim,ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish ;
Ta’lim jarayonini tashkil etishda didaktik o‘yinlardan, interfaol usullardan foydalanish
mahoratiga ega bo‘lishi ;
Ilg‘or pedagogik texnologiya bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirib borish ;
dars jarayonida harakatli o‘yinlardan unumli foydalanish ;
O‘z ustida tinmay ishlash,yangiliklardan boxabar bo‘lib borish ;
Internet tarmog‘ida ishlay olish,imkoni bo‘lsa darsda internet yordamida ma’lumotlar berib
borish.
Zamonaviy o‘qituvchi an’anaviy uslubdan voz kechib,faqat darslik bilan chegaralanib qolmay
har bir dars mashg‘ulotiga yangicha yondashishi kerak. hozirgi ta’lim tizimida turli xil interfaol
ta’lim metodlari mavjud,jumladan “Keys-stadi”,”Blist-so‘rov”,”Modellashtirish”,”Muammoli
ta’lim”; interfaol ta’lim strategiyalari : “Zinama-zina”, “bumerang”, “Zig-zag”,”Muzyorar”,”Aqliy
xujum “, “Galereya; interfaol grafik organayzerlar : “baliq skeleti”,” bbb”,Venn diagrammasi,”T-
jadval”,”Insert”,”Klaster”,”Nima uchun” kabilar mashg‘ulot ishtirokchilarining faolliklarini
oshirib,ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. O‘qituvchi dars jarayonini bosqichlarga
258
10
ajratib (chaqiruv,anglash, fikrlash ) har bir o‘quvchiga turlicha topshiriqlar beradi. bu metodlar va
usullar o‘quvchilarning kommunikativ qobiliyatlarini o‘sishiga,muammoli vaziyatlar yechimiga,
o‘quvchilarning bir-birini yaxshiroq tushunishga,o‘zgalarning fikrini tinglay olishiga va o‘z
mustaqil fikrlarini erkin namoyon etishiga yordam beradi . Grafik ko‘rinishdagi organayzerlar
tasviriy san’atga qobiliyati bo‘lgan o‘quvchilarni aniqlashga va iqtidorini namoyon etishga
ko‘maklashadi . bunda o‘quvchi o‘qituvchi bergan topshiriq asosida o‘z tasavvuri bilan turlicha
rasmlar chizadi va uni izohlaydi . Ana shu paytda o‘qituvchi va o‘quvchiga interfaol usullar qo‘l
keladi . Taniqli pedagoglardan biri A.disterweg bugungi kunda juda muhim bo‘lgan bir fikrni
aytadi : “Yomon o‘qituvchi haqiqatni aytadi, yaxshi odam uni topishga o‘rgatadi “ zamonaviy
ta’lim ana shunday-o‘zini takomillashtirishga,o‘zini-o‘zi tarbiyalashga, o‘zini rivojlantirishga
,madaniy va intellektual qobiliyatini oshirib borishga qodir bo‘lgan shaxsni tarbiyalashga xizmat
qilishi kerak.
Men ham ushbu metodlardan unumli foydalangan holda,yosh avlodni sifatli ta’lim olishiga va
kelajakda vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan yetuk kadrlarni tayyorlashga o‘z hissamni
qo‘shishga harakat qilaman.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Adamskiy A.I., aadamsky@eurekanet.ru
2. Alekseeva,L.N. Innovatsion texnologiyalar tajriba manbai sifatida.
3. Abdullayeva Sh.A. Pedagogika. Toshkent:fan va axborot texnologiyalari, 2012.
4. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar .T, 2000
259
Do'stlaringiz bilan baham: |