Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


6-7 YOSHLI BOLALARDA O‘QUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISH



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
6-7 YOSHLI BOLALARDA O‘QUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISH
Samatova Dilafro‘z Rustamovna,
Navoiy viloyat Karmana tuman 10-umumta’lim maktab 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Bolalarni maktabga tayyorlash ularda maktabga nisbatan ijobiy munosabat va o‘quv motivla-
rini shakllantirish ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasasi pedagoglari oldidagi muhim 
vazifa hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining faoliyati bolada maktabga 
qiziqishni oshirish uchun quyidagi asosiy vazifani bajarishga yo‘naltiriladi. bolalarda o‘qish va 
maktab haqidagi tasavvurni to‘g‘ri shakllantirish. Maktabda o‘qishga nisbatan ijobiy emotsion
-
al munosabatni shakllantirish. O‘quv faoliyati tajribasini shakllantirish. Yuqoridagi vazifalarni 
bajarishda turli usul va shakllardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bolalar bi
-
lan maktabga saѐhat uyushtirish, maktab haqida suhbatlashish, maktab hayotiga doir hikoya 
va she’rlarni aytib berish va yod oldirish samarali usullardan hisoblanadi. Maktab hayoti va 
faoliyati aks ettirilgan rasmni tomosha qilish va ular haqida suhbat uyushtirish, maktab rasmini 
chizish ham bolalarni o‘quv faoliyatiga kirishishlariga turtki bo‘ladi. bolalarga aytib beriladigan 
maktab haqidagi hikoya va she’rlar shunday tanlanishi lozimki, unda maktab hayotining hamma 
jabhalari yoritilishi hamda ko‘rsatilishi kerak. (Masalan: maktabga borayotgan bolaning xursan
-
dligi; maktabda olinadigan bilimning muhimligi va ahamiyati; maktab ta’limining mazmuni; 
maktabda o‘rtoqlik va do‘stlik hurmatini yuqoriligi; sinfdosh va maktabdoshlarga yordam berish 
zarurligi; dars va maktabda xulq-odobga rioya qilish qoidalari). bunda bolalarga ―yaxshi o‘quv
-
chi va ―yomon o‘quvchi obrazini ko‘rsatish mumkin. bolalar bilan ijobiy va salbiy odob-axloq 
me’yorlarini solishtirishga doir mavzularda suhbatlar o‘tkazish kerak. katta va maktabga tayyor
-
lov guruh bolalari mazmunan qiziqarli, kulgili hikoyalarni ishtiyoq bilan tinglaydilar. Maktab
-
ga uyushtirilgan ekskursiyadan so‘ng hosil bo‘lgan tasavvurni mustahkamlash, maktabga hissiy 
munosabatni shakllantirish uchun turli xil o‘yinlar tashkil etish, o‘yin mazmunini ―bilmasvoy 
roli orqali ifodalash mumkin. bunda ―bilmasvoy‖ o‘qishni xohlamaydigan, hammaga halal 
beradigan, belgilangan qoidalarga rioya qilmaydigan holatlarni tasvirlab beradi. O‘yin yakunida 
tarbiyachi bolalar bilan o‘yin jarayonini tahlil qiladi va xulosalar chiqaradi. 
Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarda o‘quv motivlarini shakllantirish oilada yaratilgan 
sharoitga bevosita bog‘liqdir. Yangi bilim olishga intilish; kitoblar va turli xil mazmundagi 
jurnallarga qiziqish ko‘nikmasi; maktabda o‘qishning ahamiyatini anglash; o‘zining ―istayman‖, 
―kerak so‘zlariga bo‘ysuna olishi; boshlagan ishning oxiriga etkazish va mehnat qilish istagini 
hosil bo‘lishi; o‘zining ishidan qoniqish, ish natijasini taqqoslay olish ko‘nikmasi; xatolarini 
ko‘ra olish; muvaffaqiyatga erishishga harakat qilish va o‘zini adekvat baholash-bularning 
barchasi maktabda o‘qishning asosiy motivlari hisoblanadi. keltirilgan omillarning barchasi 
oila degan muhim yacheykada tashkil etilgan tarbiya va e’tibor orqali amalga oshiriladi. Agar 
oiladagi tarbiya noto‘g‘ri tashkil qilinsa, maktabgacha ta’lim muassasasida erishilgan barcha 
ijobiy natijalarning o‘zi kifoya qilmaydi. bolalarga beriladigan o‘quv topshiriqlari bola uchun 
―shaxsiy fikr‖ni yuzaga keltirishi lozim. buning uchun bola faoliyatga kirishish, yutuqlarga 
erishishni o‘zi aniqlashi kerak. Tarbiyachi bolani topshiriqni to‘g‘ri va xatosiz bajarishga 
harakat qilishiga undashi lozim. bolalarda o‘quv vazifalarini bajarishda ikki xil vaziyat yuzaga 
keladi: 1. Tarbiyachi ko‘rsatmasiga ko‘ra berilgan topshiriqni bajarish istagi. o‘zi uchun ya’ni 
shaxsiy sifatlarni tahlil qilish, topshiriqni yaxshi tushunish va nima qilish kerakligi, vazifani 
bajargandan so‘ng qanday natijaga erishish mumkinligini anglash. bunday vaziyatlarning asosiy 
sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin. - bola vazifani qabul qiladi va tushunadi (topshiriqni 
bajarishni xoxlaydi va tushunadi, nima qilish kerakligini biladi). - bola vazifani qabul qiladi, 
lekin tushunmaydi (topshiriqni bajarishni istaydi, biroq nima qilish kerakligini tushunmaydi). 
- Bola vazifani qabul qilmaydi, lekin tushunadi ( vazifani qanday bajarish lozimligini biladi, 
biroq bajarishni xoxlamaydi). - bola vazifani bajarishni xoxlamaydi, nima qilish kerakligini 
tushunmaydi. bolalarda o‘quv vazifalarini bajarish istagini yuzaga kelmaslik sabablarini aniqlash 
uchun o‘quv motivlarini paydo bo‘lganligiga e’tibor qaratish kerak. bolaga topshiriq berishda 
aniq vazifalarni belgilab berish kerak. 
1. Nima qilish kerak? (maqsadni to‘g‘ri qo‘yish). 
2. Qanday qilish kerak? ( bajarish uchun ko‘rsatma beriladi ). 


215
10
3. Nimaga erishish zarur? (natijaga erishish mezonlari beriladi). 
Topshiriqni bajarib bo‘lgandan so‘ng bola bilan birgalikda olingan natija berilgan vazifa 
etaloniga mos tushganligi, kattalar bergan ko‘rsatmadan foydalanilganligi va bajarilgan ishga 
umumiy baho beriladi. kattalar bergan vazifa bolaning faoliyatini boshqarishga ѐrdam berishi, 
harakatlarini nazorat qilish va o‘zini olingan natijaga ko‘ra to‘g‘ri baholashga yo‘naltirishi lozim. 
Bolalarni muvaffaqiyatli ta’lim olishlari ularda o‘quv elementlarini anglashlari va o‘quv faoliyatini 
to‘g‘ri bajarishlariga bog‘liq. 6-7 ѐshdagi bolalarda quyida o‘quv elementlarini yuzaga keltirish 
kerak. 
1. bolalarda og‘zaki so‘zlashish, harflarni bilish va o‘qiy olish, so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish, gap 
tuza olish, so‘z boyligi va to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikma va malakasini shakllantirish.
2. Matematik bilim va tasavvurlar: - 10 gacha to‘g‘ri va teskari sanash; - Sonlar xosil qilish, 
matematik masalalarni echish; - Geometrik shakllarni farqlash (kvadrat, aylana, uchburchak, 
to‘g‘rito‘rtburchak, oval); - fazoni idrok qila olish ( yuqori, past, o‘ng va chap). 
3. O‘quv faoliyati ko‘nikmasi: - Partada to‘g‘ri o‘tirish; - Yozuv malakasi; - O‘qituvchi 
topshirig‘ini tinglay olish va bajarish ko‘nikmasi; - darsda o‘quvchi qoidasiga rioya etish odobi. 
Yuqoridagi o‘quv motivlari bolalarda shakllanmasa o‘qishning birinchi kunidanoq qiyinchilik 
yuzaga keladi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim muassasasida mashg‘ulot jaraѐnida 
bolalarni muntazam ravishda kuzatib borish talab etiladi. Tarbiyachilar ota-onalar bilan hamkorlikda 
bolalarda xulq-atvor sifatlarini rivojlantirishga harakat qilishlari lozim. Ya’ni bolalarni kattalarni 
diqqat bilan tinglashga, berilgan topshiriqni oxirigacha eshitib keyin bajarishga o‘rgatish. kattalar 
ko‘rsatmasiga ko‘ra aniq harakat qilish, vazifani bajarish vaqtida tushunmagan ѐki ѐdidan chiqqan 
narsalarni so‘rash, kattalar bilan ijobiy kayfiyatda muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish 
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1.L.S. Metlina “bolalar bog‘chasida matematika” Toshkent. «O‘qituvchi». Qo‘llanma-1981 
2.Sh.boltayeva.“O‘ynaymiz, o‘ylaymiz, aqlimizni charxlaymiz” UIcc «Uzincomcenter» 
MTM tayyorlov guruhlari uchun tavsiya Toshkent- 2002 yil.


216

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish