10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA OG‘ZAKI MASHQLAR YORDAMIDA HISOBLASH
MALAKASINI SHAKLLANTIRISH
Saburova Mahliyo Yunusjonovna
Farg‘ona tumani 14-son umumta’lim
maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel: +998939782102
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ilk matematik tushunchalarni
berish va og‘zaki mashqlar orqali hisoblash malakalarini shakllantirish usullari berilgan,
mashqlardan namunalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
matematika, og‘zaki mashq, hisoblash, taqqoslash, fikrlash, bilim.
boshlang‘ich maktabning 1-sinfida og‘zaki mashqlar alohida ahamiyatga ega. Ular yordamida
o‘quvchilarning og‘zaki hisoblash malakalari shakllantiriladi. Og‘zaki mashqlar savol – javob
tarzida butun sinf o‘quvchilari bilan birgalikda o‘tkaziladi. bunday ishlarni matematik diktant
tarzida ham o‘tkazish mumkin.
Og‘zaki mashqlar yordamida o‘quvchilarning og‘zaki hisoblash malakasini shakllantirish bilan
birga ularning hotirasi, nutqi diqqati, eshitish uslubiyoti ham rivojlanadi. Tajribalar
shuni
ko‘rsatadiki o‘gzaki mashqlarni to‘gri qo‘llash natijasida dars samaradorligini oshirishiga sabab
bo‘ladi. Og‘zaki mashqlar ushbu maqsadlarni amalga oshirishda foydalaniladi: Yangi materialni
o‘rganishga tayyorlash, o‘tilganlarni mustahkamlash va takrorolash.
Ya’ni mavzuni o‘rganishga tayyorlashda og‘zaki mashqlardan foydalanish eng yaxshi uslubiy
vositalardan biri hisoblanadi. bunga quyidagi 8 + 6 yig‘indini topish masalasini o‘rganishda
quyidagi ―sonlarni 10 ga to‘ldirish usullarni takrorlash zarur:
a) 10 ichida qo‘shish jadvalini takrorlash zarur;
b) Qo‘shishda o‘rin almashtirish jadvalini takrorlash.
Og‘zaki mashqlar yuqoridagi hollarni mohiyatini ochadigan qilib tanlash kerak. 6 sonini
shunday ikkiga ajratish kerakki u 8 ni 10 ga to‘ldiradigan bo‘lsin. So‘ngra 10 + 4 yig‘indini topish.
birinchi sinfdan og‘zaki mashqlarni quyidagi bo‘limlarga ajratish yaxshi samara beradi.
a) sonlar va ular ustida amallar;
b) sonlarni mashqlarni taqqoslash;
c) harfiy ifodani tenglama va tengsizlik tushunchalarini shakllantirishga tayyorlash;
d) matnli masalalar;
e) geometrik topshiriqlar;
f) fikrlash qobilyatini rivojlantirish.
Yuqoridagi bo‘limlarga doir mashqlardan namunalar keltiramiz.
Sonlar va ular ustida amallar
1) 1 dan 7 gacha, 2 dan 8 gacha, 3 dan 9 gacha bo‘lgan sonlarni ayting.
2) 3 dan, 5 dan, 8 dan keyingi keluvchi sonni ayting.
3) Quyidagi sonlar orasidagi sonlarni ayting
1 va 4; 2 va 6, 8 va 10
4) 3 sonini 2 taga, 4 sonini 3 taga ortiring.
5) 1, 3, 7, 5, 8, 9, sonlarini har birini 1 taga ortiring va 1 taga kamaytiring.
6) 7 sonidan, 4 sonidan, 5 sonidan oldin keluvchi sonlarni ayting.
Sonlar va ifodalarni taqqoslash
1) Qaysi son katta : 3 yoki 5; 7 yoki 4; 1 yoki 2;
2) Quyidagi sonlar juftliklarida kichik sonni ayting. 3 va 6; 7 va 6; 10 va 9;
1 va 2; 7 va 8
3) Qaysinisi katta; 3 + 1 yoki 2 + 1; 2 +1 yoki 3 +1, 2 – 1 yoki 2 + 1
4) Akrom Adaxamdan 3 yil oldin tug‘ilgan, Kimni yoshi katta?
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yuqoridagi ko‘rsatilgan va shunga o‘xshash mashqlar orqali
dars o‘tish ularning matematikaga faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Stoylova L. P, A. M. Pishkalo, ―boshlang‘ich matematika kursi asoslari.
2. bikbayeva. N. U, E. Yangabayeva ―Matematika, 1 – sinf. darslik.
211
Do'stlaringiz bilan baham: |