10
TA’LIM JARAYONIDA AKTNI QO‘LLASH TIZIMLARINING AHAMIYATI
Oysuluv Hidoyeva Ulug‘bek qizi
Uchquduq tumani 5- maktab tarix fani o‘qituvchisi
Telefon: +998(91)2282588
munismalikam@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada AKT ning ta’limda tutgan o‘rni va tizimda undan foydalanish
masalalari ko‘rib chiqiladi. AkT ning rivojlanishi orqali ta’limni rivojlanishi mumkinligi haqida
ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim jarayoni, AKT, internet, taqdimot, axborot texnologiyalari, media-resurs,
axborot olami.
Hozirgi kunda ta’lim jarayoni barchani e’tiboriga tushgan va uni sifatli, tizimli tashkil etish
uchun katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. O‘qituvchilarga ham keng imkoniyatlar berilmoqda.
darhaqiqat, XXI asr – axborot asri hisoblanadi. buni esa barcha ta’lim jarayonini AkT vositalarini
qo‘llab samarali faoliyat olib borilayotganida ko‘rishimiz mumkin.
So‘ngi yillarda esa yangi yo‘nalish onlayn ta’lim ham rivojlandi. bunday yo‘nalishni rivoji
albatta AkT orqali bo‘lishi aniq. Sababi uzoqdagi o‘quvchiga ham ta’lim berish uchun internet
orqali muloqot qilishga imkon bermoqda.
Pedagogik mukammallik fan, texnologiyalar va ularning mahsuloti - axborot texnologiyalarining
hozirgi rivojlanish darajasiga mos keladigan bilim va ko‘nikmalarning birligiga asoslanadi.
AKTni qo‘llash tizimini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:
1-bosqich: Muayyan taqdimotni talab qiladigan o‘quv materialini aniqlash, o‘quv dasturini
tahlil qilish, tematik rejalashtirish, mavzularni tanlash, dars turini tanlash, ushbu turdagi dars
uchun materialning xususiyatlarini aniqlash;
2-bosqich: Axborot mahsulotlarini tanlash va yaratish, tayyor ta’lim media-resurslarini tanlash,
o‘z mahsulotingizni yaratish (taqdimot, o‘qitish, trening yoki monitoring);
3-bosqich: Axborot mahsulotlaridan foydalanish, sinfda har xil turlardan foydalanish, o‘quv
ishlarida foydalanish, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini boshqarishda foydalanish.
4-bosqich: AKTdan foydalanish samaradorligini tahlil qilish, natijalar dinamikasini o‘rganish,
fan bo‘yicha reytingni o‘rganish.
Ta’lim berishda o‘qituvchiga yuqorida berilgan tizimlar bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish masalasi
mavjud bo‘lib, uni malaka oshirish kurslarida, maktabning o‘zida mavjud imkoniyatlardan
foydalanib o‘rgatilib kelinmoqda. bu jarayon o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini ularning
ko‘rib tushunish imkoniyati orqali bilim olishini ta’minlab beradi.
Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnologiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli –
tuman ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim o‘rin tutadi.
Ta’limda o‘quvchining bilimini nazorat qilish uchun ham onlayn testlar va qo‘llanmalardan
foydalanish mumkin. bundan tashqari o‘qituvchilar ham o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga
ega bo‘lishadi.
Inson axborot olami ichra yashar ekan, voqea-hodisalar jarayonlarning bir – biriga aloqadorligini,
o‘zaro munosabatlari va mohiyatni tashkil etish,o‘z xayotidan kelib chiqayotgan murakkab
savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko‘pdan - ko‘p dalil va raqamlarga murojaat qiladi.
Ayni paytda siz turli xil manbalardan ma’lumot olishingiz, undan foydalanishingiz va o‘zingiz
yaratishingiz kerak. AkTdan keng foydalanish o‘qituvchiga o‘z fanini o‘qitishda yangi imkoniyatlar
ochadi, shuningdek uning ishini sezilarli darajada osonlashtiradi, o‘qitish samaradorligini oshiradi
va o‘qitish sifatini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ларина В.П., Ходырева Е.А., Окунев А.А. Лекции на занятиях творческой лаборато
-
рии «Современные педагогические технологии».- Киров: 1999 – 2002.
194
Do'stlaringiz bilan baham: |