10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “KIM ZUKKO O‘YINI”NI O‘TKAZISH
METODIKASI VA UNING FANLARNI O‘ZLASHTIRISHDAGI AHAMIYATI
Do‘smatova Nilufar Shukurboyevna
Samarqand viloyati Jomboy tumani 46-umumta’lim
maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +99893 347-60-26
Abduqodirova Nilufar Abdaxatovna
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 2-son kasb-hunar
maktabining maxsus fan o‘qituvchisi
Telefon: +99899 955-04-85
abduqodirovanilufar86@gmail.ru
Annotatsiya:
Ushbu tezisda ilk bor mualliflar tomonidan ilgari surilgan “kim zukko o‘yini”ning
o‘tkazilish metodikasi, jarayoni, tartib qoidalari va ushbu o‘yinning o‘quvchilarning fanlarni
o‘zlashtirishdagi ahamiyati bayon qilingan.
Tayanch iboralar:
Zukko, noan’anviy usul, metodika, matematika, iqtisodiyot, iqtidorli
o‘quvchi, innovatsion texnologiyalar, pedagogik mahorat.
Ushbu tezisda “Kim zukko o‘yini”ning o‘tkazilish metodikasi, o‘yin jarayoni va tartib qoidalari
namuna tarzida 4-sinf o‘quvchilarining matematika fanidan o‘tkazilgan “Kim zukko o‘yini”
misolida bayon qilingan. “kim zukko o‘yini” noan’anaviy dars turlaridan biri hisoblanadi. biz endi
o‘yinning o‘tkazilish metodikasi va texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz. O‘quv yili boshida fan
o‘qituvchisi har chorakning oxirida “Kim zukko o‘yini” ning o‘tkazilishi haqida ogohlantiradi va
barcha o‘quvchilarning bu o‘yinga muntazam ravishda tayyorgarlik ko‘rib borishlari tayinlanadi va
ushbu o‘yinni o‘tkazilish tartib qoidalari bilan tanishtirib boradi. “kim zukko o‘yini” 3 bosqichda
o‘tkaziladi. O‘yinning davomiyligi 35-40 daqiqadan oshmasligi lozim. “kim zukko o‘yini”ning
har bir bosqichdagi savollari fan o‘qituvchisi tomonidan tuziladi. Savollar albatta 1-4 sinflarda
o‘tilgan mavzularga mos kelishi lozim.
O‘yinning 1-bosqichida avvaldan saralangan 10 nafar o‘quvchi tanlab olinadi. O‘yin davomida
barcha o‘quvchilarning faolligini ta’minlash maqsadida o‘qituvchi barcha o‘quvchilarga
musobaqada qatnashuvchilarning savollarga javoblarini diqqat bilan tinglab borishlari va bironta
qatnashuvchi savolga javob bera olmasa yoki noto‘g‘ri javob bergan taqdirda o‘qituvchining
ruxsati bilan qo‘l ko‘tarib javob berishlari mumkinligi ta’kidlanadi va javob bergan o‘quvchilar
baholanadi. Tanlab olingan o‘quvchilar doskaga chiqariladi va ularga 1-bosqich savollari beriladi.
1-bosqichda o‘quvchilarning bilimlari va xotirasini tekshirish maqsadida juda yengil savollar
taqdim etiladi. Masalan: ko‘paytirish jadvalini navbatma navbat davom ettirish:
3*4=12
→
4*5=20
→
5*6=30
→
6*7=42
→
7*8=56
→
8*9=72
→
9*10=90
→
10*11=110
→
…
ketma-ketlikda davom ettiriladi. Qaysi o‘quvchi javob bera olmasa o‘yindan chiqadi. Ushbu
jarayon 5 nafar o‘quvchi qolganga qadar davom etadi. 1-bosqich yakunida o‘yinda g‘olib bo‘lgan
5 nafar o‘quvchiga 1 balldan beriladi.
2-bosqichda har bir o‘quvchi 1 dan 5 gacha raqamlanadi va savolga javob berishga tayyor
bo‘lgan o‘quvchi raqamini ko‘tarib bir qadam oldinga chiqadi va javob beradi. To‘g‘ri javob bergan
ishtirokchiga 2 ball beriladi. Agarda javob noto‘g‘ri bo‘lsa 1 ball olib tashlanadi. 2-bosqichda
ham qatnashuvchilarga matematika faniga oid murakkabroq 10 ta savollar beriladi. Quyida 2-bos-
qichga doir 3 ta savol namuna tarzida keltirilgan:
1) Qachon bo‘linma bo‘linuvchiga teng bo‘ladi?
2) hech qanday arifmetik amallarni bajarmay 66 sonini 1,5 marta oshiring.
3) 2 ta tovuq 2 kunda 2 ta tuxum qilsa, 100 ta tovuq 100 ta tuxumni necha kunda qilishi mumkin?
2-bosqich yakunida ishtirokchilar to‘plagan ballar o‘qituvchi tomonidan e’lon qilinadi. kam
ball to‘plagan 2 o‘quvchi keyingi bosqichda qatnashmaydi va qolgan 3 nafar iqtidorli o‘quvchi
3-bosqichda o‘yinni davom ettiradi.
3-bosqichda ham o‘quvchilarga ancha murakkab va mantiqiy savollar beriladi. Ishtirokchilarga
har bir to‘g‘ri javob uchun 3 ball taqdim etiladi. bu bosqichda eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi
“Eng zukko o‘quvchi “ deb e’lon qilinadi. Quyida 3-bosqichga doir savollardan namunalar
keltirilgan:
30
10
1)
3 yildan keyin baxtiyor 14 yoshga to‘ladi. 5 yil avval baxtiyor necha yoshda bo‘lgan?
2) Eng katta ikki xonali son eng kichik ikki xonali sondan qancha kam?
3)
Oilada 2 nafar ota, 2 nafar ona, 2 nafar o‘g‘il va 2 nafar qiz bor. bu oilada kamida necha
nafar kishi bo‘lishi mumkin?
Agar “Kim zukko o‘yini” innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkazilsa va savol-
lar bevosita ekranda namoyish qilinsa, ushbu o‘yin yanada jonli va qiziqarli tarzda o‘tadi.
“Kim zukko o‘yini”ning ahamiyati shundan iboratki, o‘quvchilar “Kim zukko o‘yini”da qa-
tnashish maqsadida o‘quv yili davomida dars mavzularini muntazam ravishda chuqur o‘rganib
boradilar va ularning darsga bo‘lgan qiziqishlari yanada kuchayadi. buning natijasida esa o‘qu
-
vchilarning fanni chuqur o‘zlashtirishlariga zamin yaratiladi. “kim zukko o‘yini” ni nafaqat bosh
-
lang‘ich sinflarda, balki yuqori sinflarda ham o‘tkazish mumkin. bunday darsning qanchalik ijo
-
biy natija berishi o‘qituvchining faolligi va pedogogik mahoratiga bog‘liq. Tajribali pedogoglar
mehnatining mahsuli bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilar kelajakda Vatanimiz iqtisodiyotining yanada
gurkirab rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shishlariga aminmiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. f.bahromov,S.burxonov,O‘. Xudoyorov “Ming bir boshqotirma” Toshkent-2014
2. N.N. Azizxo‘jayev “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” Toshkent- 2006
3. farberman b.L. “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar” Toshkent-2001
4. Sayidaxmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar” Toshkent-2003.
5. Ismoilov O.A. Nazarov Sh.Q. “Ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik texnologiyalar”
Toshkent - 2012.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |