Oltininchi mashg’ulot
Mashq: «Salomlashing, yetkazing»
Trening ishtirokchilari aylana bo’lib o’tiradilar. Trener ishtirokchilar bilan biror usulda salomlashadi. So’ngra ular shunday usulda navbat bilan salomlashib, bir-birlariga yetkazadilar.
Mashq: «F.I.SH.-alfavit»
1-qism. Ishtirokchilar 4 guruhga ajralib, har biri familiyasini alfavit bo’yicha joylashtirishi lozim.
2-qism. Guruhlar 2 guruhchaga ajralgan holda ishtirokchilar ismining birinchi harfini alfavit bo’yicha joylashtiriladi.
3-qism. Barcha ishtirokchilar sharifining birinchi harfini alfavit bo’yicha joylashtiriladi.
Trener xulosa qilib aytadi: «Biz bir-birimizga yaqin turib, yelkani yelkaga tegizib, iliqlikni his qilaylik. Finishga borish yo’li oson emas, ammo bir-birimizni yaxshi bilib oldik».
Do'stlaringiz bilan baham: |