Uchinchi mashg’ulot
Bu mashg’ulotda ishtirokchilar munosabatni o’rganadilar.
Mashq: «Munosabat doskasi»
Mashg’ulotdan oldin devorga bir nechta vatman varag’i mahkamlab qo’yiladi.
Yo’riqnoma: Bu bizning o’ziga xos «munosabat doskamiz». Bu yerda o’ziga va boshqalarga munosabatni ifodalash mumkin. Siz nimanidir chizishingiz yoki yozishingiz mumkin. «munosabat doskasi» bu yerda bir necha mashg’ulotgacha saqlanadi.
Mashq: «Qisqacha o’zim haqimda»
Guruh ishtirokchilari aylana bo’lib o’tiradilar. Har biri navbat bilan mimika va pantomima orqali bo’sh vaqtlarida nima bilan shug’ullanishlarini ifodalaydilar. Masalan, ashula aytish, o’qish, sayr qilish, musiqa tinglash. Ishtirokchilar navbatni o’z ixtiyorlariga ko’ra tanlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |