Pedagogika va ijtimoiy ish


O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari



Download 1,16 Mb.
bet70/219
Sana20.06.2022
Hajmi1,16 Mb.
#686102
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   219
Bog'liq
1 5028573071938683633

3. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, o‘z ustida ongli, tartibli ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilishlari, turli o‘quvchilar jamoalari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirishda samarali kechadi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilish, o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etish, ijtimoiy mavqeini oshirishning ta’sirchan vositasi bo‘lib, ular o‘quvchilarni tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O‘z-o‘zini baholash shaxsning mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish orqali o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli. O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga еtarlicha tayyorlash mumkin. O‘z-o‘zini baholash o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga ob’ektiv baho berish, o‘zidan qoniqishiga yordam beradi.
Izohlash tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli. Izohlashning muhim belgisi muayyan guruh yoki alohida shaxsga yo‘naltirilganligidir. O‘quvchilar bilan ishlaganda ma’naviy-axloqiy tushunchalarning ijtimoiy ahamiyati va ma’nosini izohlash zarur. Izohlash quyidagi holatlarni yuzaga keltiradi: 1) yangi ma’naviy-axloqiy sifatlar yoki xulq ko‘nikmalarini tarkib toptirish va mustahkamlash; 2) tarbiyalanuvchilarda sodir etilgan muayyan hodisa (m: sinf o‘quvchilari ommaviy ravishda darsga kelmaganlari)ga ongli munosabatni tarbiyalash.
Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli bo‘lib, u siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzularda o‘tkaziladi.
Munozaraning asosida turli qarashlar yotadi. Bahs ijobiy natija berishi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadga muvofiq. Munozara uchun 5-6 ta savol tayyorlanadi. Savollar bilan ishtirokchilar oldindan tanishtiriladi. Chiqishlar jonli, erkin va qisqa bo‘lishi zarur. Pedagog ishtirokchilarga fikrlarini ixcham, asosli va dalillar asosida bayon etishga yordam beradi.
4. Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari – tarbiyalanuvchining hatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usullari sanaladi. O‘qituvchi faoliyatida rag‘batlantiruvchi usullardan foydalanish o‘quvchida ijobiy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Ta’lim amaliyotida quyidagi rag‘batlantirish turlari qo‘llaniladi (23-rasm):


Rag‘batlantirish mavjud pedagogik talablarga muvofiq bo‘lishi, ketma-ket bo‘lmasligi zarur. Shuningdek, o‘quvchini yoki uning xatti-harakatlarini haddan oshirib maqtash, boshqa o‘quvchilarga taqqoslash, ularni kamsitmaslik, talabchanlikni bo‘shashtirmaslik kabi shartlarga muvofiq qo‘llaniladi.


Jazolash shaxsning hatti-harakati, faoliyatiga salbiy baho berishdir.
Jazo ham o‘quvchining individual xatti-harakatlari va umumjamoaning faoliyati uchun qo‘llaniladigan eng so‘nggi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo‘llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash kabi usullardan foydalanish mumkin emas, o‘quvchini qo‘rqitish, g‘azablantirish ham ijobiy natija bermaydi. Zero, o‘quvchi qo‘rqqanda yolg‘on gapirishni o‘rganadi, ikki yuzlamachi bo‘lib qoladi.
Ta’lim amaliyotida quyidagi jazo choralarini qo‘llash mumkin (24-rasm):



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish