5. Mavzu: Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish
metodikasi
.
Reja:
1. Gazlama va ip turlari bilan tanishish.
2. Gazlamaning sanoatda ishlab chiqilishi.
3. Gazlamaga ishlov berish jarayoni va ishni to’g’ri tashkil etish
Tayanch so’z va iboralar
Gazlama, ip, turlar, ishlov berish, tenika xavfsizligi, metodika, asbob-uskina,
ip turlari.
Gazlama — arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil boʻladigan,
pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. Oʻlchab — gazlab (qarang Gaz)
sotilganligi uchun shunday nomlangan. Gazlama. qadimda daraxt poʻstloqlaridan
qoʻlda, keyinchalik tolalardan yogʻoch dastgoxlar, doʻkonlar, toʻquv stanoklarida
toʻqilgan. Hozir asosan avtomat stanoklarda toʻqiladi.
Oqartirilgan, sidirgʻa yoki gulli, oʻng tomoni tukli va tuksiz Gazlamalar
boʻladi. Gazlamadan kiyim-kechak tikiladi, roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi, u
texnikaning turli sohalarida ishlatiladi. Gazlamalar tanda (oʻrish, boʻylama) va
arqoq (enlama) iplarning oʻrilishi, ularning materiali, eni, pardoz turlari, ishlatilishi
bilan bir-biridan ajraladi (ip gazlama, jun gazlama, ipak gazlama va h. k.).
Gazlamaning pishiqlik, kirishuvchanlik, choʻziluvchanlik, qalinlik xossalari bor.
Pishiqlik — tanda va arqoq iplarining pishitilishi va oʻrilishiga bogʻliq, u maxsus
dinamometr yordamida anikdanadi. Choʻziluvchanlik — tanda va arqoq iplari
yoʻnalishida tortilganda yirtilguncha uzayishi. Dinamometrda pishiqlikni oʻlchash
vaqtida aniqlanadi. Kirishuvchanlik — saqlash, hoʻllash, yuvish va b. hollarda
oʻlchamining qisqarishi. U tanda va arqoq iplarining materiali va xossalari,
toʻqimaning tuzilishi hamda pardozlash xillariga bogʻliq; Gazlama 3—10%
kirishishi mumkin. Qalinligi tanda va arqoq iplarining yoʻgʻonligiga, zichligi va
pardoz turlariga bogliq. Kiyimlik Gazlamalarning qalinligi 0,1—5,0 mm,
texnikada ishlatiladiganlariniki bundan qalin boʻladi. Qalinlik maxsus asboblar
bilan oʻlchanadi. Gazlamalarni pardozlashda tukini yoʻqotish, ohorini toʻkish,
oqartirish, boʻyash, gul bosish, tarash va b. ishlar bajariladi. Tukini yoʻqotish — G.
yuziga chiqib qolgan ip va tolalarni olib tashlash; kuydirish yoki qirqish yoʻli bilan
bajariladi. Kuydirish uchun Gazlamalar qizitilgan metall yuzasidan yoki gaz
alangasi ustidan tez oʻtkaziladi. Qirqish esa maxsus mashinalarda tez aylanuvchi
pichoqlar yordamida bajariladi. Bunda Gazlama tekis va chiroyli boʻlib chiqadi.
Ohorini toʻkish — tanda iplaridagi ohorni yuvish, bunda Gazlama maxsus eritmali
hovuzda ivitiladi, soʻngra yuvib ohordan tozalanadi. Ohori toʻkilgan Gazlama
34
boʻyaladi, gul bosishda boʻyovchi moddalar iplarga yaxshi oʻrnashadi va
yuvilganda aynimaydi. Oqartirish — toʻqimadagi tabiiy sargʻish rangni yoʻqotib,
gazlamaga oq tus berish. Gazlamalar toʻliq oqartirilgandan soʻng boʻyaladi yoki
gul bosiladi. Sidirgʻa boʻyash — Gazlamalarni turli ranglar bilan bir xil qilib
boʻyash. Gul bosish — Gazlamaning oʻng tomoniga turli ranglardan maxsus
mashinalarda bezaklar tushirish. Tarash — toʻqimadagi arqoq iplarini titib,
tolalarini yuzaga chiqarish jarayoni. Bu jarayon ninalik tasma (kardolenta)
yordamida tarashlash mashinalarida bajariladi. Bunda Gazlamalar (movut, paxmoq
va b.) issiq saqlaydigan va mayin boʻladi. Xonalarni bezash, mebellarga qoplash,
eshik va derazalarga tutish uchun ishlatiladigan Gazlama bezak mato deb ataladi.
Bundam matolar toʻqiladi yoki pardozlash vaqtida gul bosib tayyorlanadi. Ular
pishitilgan har xil rangli iplardan (paxta, jun, ipak va kimyoviy tolalar hamda
metall iplardan) toʻqiladi. Bezak Gazlamalar jakkard mashinasi yordamida yirik
gulli oʻrilishda toʻquv dastgoxlarida yoki qoʻlda toʻqiladi. Oʻngi tekis, gʻadirbudur
va tukli boʻladi. Bunday gazlamalar pishiq, yorugʻbardosh boʻlishi kerak.
Ip — tolalar (paxta, ipak, jun, zigʻir va b.)dan ingichka qilib yigirilgan yoki
yigirilmagan toʻquvchilik va tikuvchilik materiali; pishiq va ka-yishqoq mahsulot.
Gazlamalar, trikotaj toʻqish, kiyim-kechak tikish va b. koʻp maqsadlarda
ishlatiladi. Ip olish uchun ishlatiladigan tola turiga qarab ip tabiiy, sunʼiy, miner"al,
kimyoviy xillarga boʻlinadi. Iplar dastlabki, birlamchi va ikkilamchi turlarga ham
ajratiladi. Dastlabki ip boʻylama yoʻnalishda qismlarga boʻlinmaydi. Bularga
elementar va yakka (mono ip) iplar kiradi. Birlamchi ip toʻqimachilik tolalaridan
tayyorlanadigan kalava ip, bir necha elementar iplardan eshib olinadigan kompleks
iplardan ibo-rat. Ikkilamchi iplar bir necha birlamchi ipni eshib (pishitib) olinadi.
Iplar bir xil toladan hamda har xil toladan (tabiiy tola bilan boshqacha tabiiy tola,
sunʼiy tola bilan tabiiy tolani aralashtirib) tayyorlanishi mumkin. Iplarni pishitish
yoki eshish darajasi ularning ishlatilishiga boglik. Mas, gazlama toʻqish uchun
asosiy ip (tanda) koʻp pishitiladi, arqoq ip esa kamroq pishitiladi, trikotaj toʻqish
uchun ip yanada kam pishitiladi. Pilla tolalaridan yigirilgan ipak ip; viskoza,
atsetat, kapron va b. kimyoviy tolalardan kompleks iplar olinadi.
Bejamdor iplar olish texnologiyasi ham bor. Ular, asosan, matolar va trikotaj
mahsulotlarning ustki qismini bezashda ishlatiladi. Kaprondan olingan yakka ip
paypoq toʻqish sanoatida ishlatiladi. Toʻqimachilik tolalaridan tashqari, qogʻoz
(kordel), kauchuk va b.dan ip olinadi. Yukrrida ay-tilgan iplarning hammasi
toʻqimachilik sanoatining xom ashyosi hisoblanadi. Bulardan tashqari, uy-
roʻzgʻorda va xalq xoʻjaligida ishlatiladigan iplar ham bor. Bularga turli tikish
(gʻaltak iplar), chatish, kashtachilik, attorchilik va jarroxlikda ishlatiladigan iplar
kiradi.
35
Ip uzunligi (m)ning massasi (g)ga nisbati Ip ning metrik nomeri deyiladi. Ip past
(34 nomergacha), oʻrta (34 dan 85 gacha) va yuqori (85 dan yuqori) nomerli
boʻladi. Iplar turi (assortimenti)ni koʻpaytirish uchun ular qoʻshimcha ishlov (tuk
kuydirish, ohorlash, boʻyash)dan oʻtkaziladi.
Tikish darslarida beriladigan politexnik bilim bolalarning bilim doiralarini
kengaytiradi. Bolalarni tasavvurlarini insoniyat hayotida muhim o’rinni egallovchi
hamda keng tarqalgan materiallar va ularning xususiyatlari, sanoatning gazlama va
tolali materiallar ishlab chiqariuvchi tarmoqlari, materiallardan texnika va
insonning madaniy hamda maishiy ehtiyojlarini qondiruvchi ishlab chiqarish
kabilar bilan boyitadi.
Amaliy mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar turli asboblar hamda moslamalar,
asosan qaychi, igna va o’lchov asboblari bilan ishlash malakalarini egallaydilar.
Ular bu asbob va moslamalarning har xil turlari bilan tanishadilar.
Dazmol bilan ishlaganda mehnat madaniyati, o’z ishini rejalashtirish hamda
tashkil etish ko’nikmasi rivojlanadi va takomillashadi. Bolalarning didlari ham
jiddiy o’sadi va takomillashadi. Gazmol, ip va boshqa materiallarni bir-biriga
moslab tanlash, o’quvchilarni ranglarni birikishi, gazmol va ipning rangi bir-biriga
muvofiq kelishiga ehtibor berishga o’rgatadi.
O’qituvchi o’quv materiallarini darsda o’quvchilarni politexnik tahlim bilan
qurollantirish amaliy ishlar bilan birikib ketadigan qilib qurollantiradi. U darsda
tahlimni o’quvchilarning faolliklarini, aqliy qobiliyatlarini o’stiradigan metod va
usullardan foydalanadi.
1-sinf o’quvchilar qo’yidagi ko’nikma, bilim va malakalarni egallab olishlari
kerak:
Gazmol haqidagi umumiy tushunchalar bilan tanitirish. O’simlik (paxta,
zig’ir)dan tayyorlanadigan gazmollar haqida dastlabki mahlumotlar beriladi.
Gazmolning tuzilishi, ulardagi iplarning to’qilishi haqidagi ilk mahlumotlar
beriladi.
Gazmollar asosan nimalarga mo’ljallanganligi bilan tanishtirish: kiyim-
kechak, turmush narsalarga va shu kabilar.
Ishlatilishi (tikish, yamash, to’qish iplari) va yo’g’on-ingichkaligiga ko’ra
farqlanadigan iplar bilan tanishtirish.
Tikish va to’qishda ishlatiladigan asosiy asboblar hamda moslamalar (nina,
qaychi, angishvona, to’g’nog’ich) va ularni saqlashning asosiy qoidalari bilan
tanishtirish.
Sanchiluvchan asbob va moslamalarni ishlatganda xavfsizlik texnikasi
qoidalari bilan tanishtirish. Tikish vaqtida to’g’ri o’tirish qoidalari, gigiena
talablari.
36
Kerakli uzunlikdagi ipni o’lchash, uni qirqish yo’llari bilan tanishtirish (ularni
tishlab, totib uzishga yo’l qo’ymaslik), lentani o’lchash va qirqish.
Ip va tolaga ishlov berish usullaridan biri bilan tanishtirish.
Yug’on ip va toladan to’qishga o’rgatish.
Ninaga ip o’tkazish, tugun solish, ipni mustaxkamlashni o’rgatish.
“Baxya”, “chok” (biriktiruvchi va bezovchi) tushunchalari bilan tushuntirish.
Oddiy andazalar tayyorlash. O’qituvchi chizmasiga muvofiq to’g’ri burchak
shaklidagi andazalar qilish.
Gazlamani andazaga ko’ra chamalash.
Gazlamani qaychi bilan qirqish usullarini tanishtirish.
Gazlamani qalam yoki bo’r bilan belgilangan to’g’ri yoki egri chiziq bo’ylab
qaychida qirqishni o’rgatish.
Gazlamadan narsalar tikishni o’rgatish.
Tugma qadash usullarini o’rgatish.
Bu mashg’ulotda o’quvchilar natural ipak va jun tolali materiallarni,
to’qimachilik sanoati mahsulotlari bilan tanishadilar. Namuna, rasm, chizma va
berilgan o’lchamlar bo’yicha andaza bichish olishni va gazlamaning
xususiyatlarini (pishqligi, egiluvchanligi, tuzilish) ni o’rganadilar.
: Yumshoq o’yinchoqlar yasash darslarini tashkil etish metodikasi.
O’yinchoqlar - bolalar o’yinlari uchun yaratilgan maxsus predmetdir. Biroq bu
anik predmetning kichiraytirilgan nusxasi emas, balki uning shartli tasviri, o’ta
umumlashtirilgan badiiy obrazdir. Ifodali shakl va harakatlilik, ravshanlik va
rangning shartliligi bularning barchasi bolaning o’yinchoqqa jalb qiladi. U bilan
o’ynash ishtiyoqini tug’diradi. O’yinchoq bola quvonchining manbaidir.
Yumshoq o’yinchoqlar bilan turli yoshdagi bolalar shug’ullanishlari mumkin.
Aytishlaricha, yumshoq o’yinchoq yasab o’ynash faqatgina kichik bolalarga xos
deb, lekin tajribalar shuni ko’rsatadiki yumshoq o’yinchoqlar bilan faqat bolar
emas, balki katta yoshdagi bolalar ham qiziqadilar.
Kichik o’quvchilar o’yinchoqlarning eng oddiy turlari, kattaroqlari esa
qo’g’irchoq teatri qo’g’irchoqlarini turli holatdagi o’qinchoqlarni tayyorlaydilar.
O’quvchilarga o’yinchoqlar yasashni o’rgatish uchun avvalo o’qituvchi o’zi bu
sahnatni yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. O’zi tayyorlagan chiroyli
o’yinchoqlarni o’quvchilarga ko’rsatar ekan, ularda ham o’yinchoqlar yasash
qiziqishi paydo bo’ladi.
Yumshoq o’yinchoqni yasashni, uning yasash texnologiyasi uslubi, tayyor
shablon asosida boshlash mumkin. O’yinchoq andoza asosida tayyorlanishiga
qarab, bolalarni intilishlariga, o’zlari o’ylab qo’shgan g’oyalari uchun
rag’barlantirishlari kerak.
Ishni tashkil qilishdan oldin qo’yidagi ashyolar va asboblarni tayyorlash kerak:
37
Do'stlaringiz bilan baham: |