Quritilgan barg va maysalardan buyum yasash. Quritilgan barg
va maysalardan turli xil applikatsiyalar yasash mumkin. Bargning yoz
paytdagisi yashil, kuz paytdagisi sariq rangda bo’ladi. Shu sababli har ikkala
rangdan oqilona foydalanib tasvir hosil qilish mumkin. Buning uchun bargni
quritish lozim. Quritish uchun bargni kitob orasiga tekislab qo’yiladi.
Maysalarni ham shu usulda quritiladi yoki qog’oz orasiga qo’yib, dazmollash
ham mumkin. Yelimlash uchun PVA yoki BF yelimidan foydalaniladi.
Applikatsiya mavzusiga moslab bargni tanlanadi va ma'lum tasvir asosida
yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |