Pedagogika


PEDAGOGIKA   2016, 4-son



Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/171
Sana01.01.2022
Hajmi2,21 Mb.
#292093
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   171
Bog'liq
4978 201 SA 2016. 4-son (1)

PEDAGOGIKA
 
2016, 4-son
 
 
 
59 
57%dan 73% gacha  – quyi daraja; tajriba guruhida  – 58%dan 69%gacha – quyi 
daraja) yaqqol kuzatildi. 
Yuqorida bayon etilgan diagnostik ma’lumotlar asosida tibbiyot oliy ta’lim 
muassasalarida  lotin  tilini  о‘rganish  jarayonida  talabalarni  intellektual-madaniy 
rivojlantirishda  quyidagi  konseptual  asoslarga  tayanish  lozimligi  haqidagi 
xulosalarga kelindi: 
1.  Talabalarni  intellektual  madaniy  rivojlantirishning  eng  asosiy  sharti 
tibbiyot  oliy  ta’lim  muassasalarida  о‘qitiladigan  lotin  tili  fani  mazmunini 
mamlakatshunoslikka doir ma’lumotlar bilan boyitish kerak.  
2.  Mamlakatshunoslikka  doir  masalalarni  о‘rganishning  yetakchi  tamoyili 
sifatida milliy-madaniy mohiyatni yorqin aks ettiruvchi о‘quv birliklarini tanlash 
va tizimlashtirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.  
3.  О‘zga  tilni  о‘rganish  о‘quv  materiallari  hajmini  bosqichma-bosqich 
oshirib borish, tizimlilik va izchillikka rioya etishni talab etadi.  
4.  Kutilgan  natijaga  erishish  uchun  leksik  va  atamashunoslikka  doir 
materiallar  va  madaniy  tavsifga  ega  ma’lumotlarni  о‘zlashtirish  hajmi,  turi  va 
usullarini maqbul tarzda taqdim etish shart-sharoitlarini aniqlashtirish zarur.  
5.  Lotin  tilini  о‘rganish  jarayonida  madaniyatshunoslikka  doir  mavzularni 
aniq belgilab olish, tushuncha va voqeliklarni tizimlashtirish, intellektual va kasbiy 
sohaga  doir  kо‘proq  ahamiyatga  ega  faoliyat  obyektlari  maydonini  samarali 
loyihalash maqsadga muvofiq. 
Tibbiyot  oliy  ta’lim  muassasalarida  lotin  tilini  о‘rganish  va  talabalarni 
intellektual  madaniy  rivojlantirishga  doir  mazkur  yondashuvlar  har  bir 
mashg‘ulotda  mamlakatshunoslik  mazmuni  bilan  bog‘liq  obyektlar  miqdorini 
aniq belgilash, о‘quv-bilish faoliyatini tizimli boshqarish va talabalar tomonidan 
о‘zga  til  bilan  bog‘liq  madaniy  unsurlarni  muvaffaqiyatli  о‘zlashtirish  imkonini 
beradi. 
Tadqiqot  natijalari  “Lotin  tili”  fanining  lingvistik  va  madaniyatshunoslikka 
doir  imkoniyatlarini  tо‘liq  rо‘yobga  chiqarish  imkonini  beruvchi  quyidagi 
yо‘nalishlarni ajratib kо‘rsatish imkonini berdi: 
1)
 
tilni о‘rganishda leksik, atamashunoslik, hikmatli sо‘zlarni о‘rganish kabi 
darajalarida mamlakatshunoslikka doir materiallardan keng foydalanish zarur; 
2)
 
mamlakatshunoslikka  doir  ma’lumotlarni  tushuncha  (konsept)  va 
voqelik  (realiya)  kо‘rinishida  taqdim  etish  maqsadga  muvofiq.  О‘rganilayotgan 
mavzular mazmunida tibbiy va umummadaniy voqeliklar aks etishi lozim; 
3)
 
matnlar  ustida  ishlashda  tematik  jadvallarni  tо‘ldirish,  yangi  matndagi 
voqelikni mustaqil aniqlashtirish, qiyosiy tahlil, tayanch sо‘zlarni ajratib olish va 
tahlil etish kabi usullar yordamida amalga oshirilishi kerak; 



Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish