PEDAGOGIKA
2016, 4-son
52
О‘tkazilgan tadqiqotimiz, birinchidan, voyaga yetmagan о‘smir yoshli
bolalar jinoyatchiligiga bola tarbiyalangan oila muhitining, oila a’zolarining, eng
avvalo, ota va onalarning turli darajadagi munosabatlarning ta’siri bevosita
ekanligini isbotladi. Qolaversa, ota-onalar munosabatlarida egiluvchanlik va
uyushganlikning yо‘qligi bolaning о‘z tengqurlari doirasida ham, о‘z oilasida ham
yakkalanib qolishiga sabab bо‘lishi, bola ongida stress keltirib chiqaruvchi omil
sifatida jinoiy harakatlarga turtki bо‘lishi mumkinligini isbotladi.
Ikkinchidan, bola tarbiyasida ona omilining roli bevosita ekanligidan kelib
chiqib, notо‘liq oila vakilalari xulqidagi izchillikning mavjud emasligi eng avvalo
bola ruhiyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi omil sifatida uning turli salbiy
harakatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga yomon ta’sir kо‘rsatishi isbotlandi.
О‘tkazilgan nazariy-metodologik izlanish esa oilaviy о‘zaro munosabatlar
о‘z mohiyatiga kо‘ra konstruktiv (oxir oqibati ijobiylik, yaxshilik bilan tugaydigan
oqibatli) va destruktiv (oqibati – salbiy, yomonliklar bilan tugaydigan) xarakterli
bо‘lishi mumkinligi, voyaga yetmaganlarda kuzatiladigan xulqdagi deviantlilik,
ya’ni
normalar
og‘ishlar,
ziddiyatlar
aksariyat
holatlarda
er-xotin
munosabatlarining buzilishi va ularning destruktiv tarzga о‘tishi, oila tipining esa
“noqobil” deb tavsiflanishi bilan bog‘liq ekanligini asosladi. Oilaviy nizolar va
janjallarning guvohi bо‘lgan bolada nafaqat oilani, balki atrof-muhitni, jumladan,
ijtimoiy muhitni (tengqurlar jamiyati, tengdoshlar, sinfdoshlar, kursdoshlar,
mahalladoshlar va boshqa norasmiy guruhlarni) tanglik (stress) holatini keltirib
chiqaruvchi sifatida e’tirof etilishiga, insoniy о‘zaro munosabatlarni noxolis idrok
etib, huquqbuzarlikka moyillikni keltirib chiqaradi.
Demak, umuman voyaga yetmagan bolani о‘rab turgan ijtimoiy muhitni
tahlil qiladigan bо‘lsak, uning yaxshi - qulay yoki yomon - noqulay tiplari
farqlanadi. Qulay psixologik muhit zamirida er-xotin dunyoqarashi, fikrlash
tarzlari, fe’l-atvorining bir-biriga mos kelishi yotadi. Olimlarning fikricha, oiladagi
qulay muhit tushunchasi quyidagi belgilarga asoslanadi:
a) oila a’zolarining birligi (qarashlar, fikrlar, qiziqishlar, ideallar, qadriyatlar
yо‘nalishining birligi);
b) shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun imkoniyatlarning
mavjudligi;
v) oila a’zolarining bir-biriga nisbatan xayrxohligi, talabchanlik,
himoyalanganlik hissining mavjudligi, о‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan
munosabatlar
1
.
1
Умаров В. М.
Ўзбекистонда вояга етмаганларнинг ижтимоий-психологик муаммолари:
психол.фан.докт. ... дисс. – Тошкент, 2009. – Б. 46.
Do'stlaringiz bilan baham: |