PEDAGOGIKA
2016, 4-son
14
О‘qituvchilar ham asosan, о‘zlari о‘qiyotgan fanlarining о‘quv adabiyotlarini
о‘zbek va ingliz tillarida tayyorlab, terminlar zahirasini о‘rganishi va о‘quvchilarga
о‘rgatishi zarur. Shu usul qо‘llanilsa, har bir fan bо‘yicha ingliz tilini о‘rganish
tezligi 10-20 barobarga oshadi.
Kо‘pgina oilalar bolalarini ta’lim muassasalariga vaqtida yubormay, xо‘jalik
yoki qishloq xо‘jalik ishlariga jalb qilishadi. Oilasida ilm, bilimdan foydalanib obod
turmush yaratish, boyish muhiti shakllanmagan. Og‘ir jismoniy mehnatda voyaga
yetmagan bolalar ortiqcha energiya sarflashi oqibatida ozuqa va energiya bо‘y va
tananing о‘sishiga, miya rivojlanishiga yetishmaydi, umurtqa pog‘onasida
о‘simtalar rivojlanadi. Natijada ular bir umr nosog‘lom, doimiy davolanishga
majbur insonlar bо‘lib yetishadi yoki intellektual rivojlanmagani uchun bir umr
og‘ir mehnatda (mardikorchilikda) kam daromad topib, о‘z oilasi va keksalariga
yetarlicha g‘amxо‘rlik qila olmaydilar. Axir, rivojlangan mamlakatlar olimlari
tomonidan allaqachon о‘z isbotini topgan bir amal borki, u og‘ir jismoniy
mehnatda (mardikorlikda) har soatiga 5-10 ming sо‘m topilsa, intellektual
mehnatda (dasturlar yaratishda) – 5-10 million sо‘m ishlab topish mumkin.
Shuningdek, intellektual va innovator oilalar о‘zlarining hisobidan (moliya
va vaqt) jamiyatning rivojlantiruvchi yetakchi liderlarini va motorini,
raqobatdosh, tadbirkor va yuksak ma’naviyatli innovatorlarni tarbiyalaydilar.
Intellektual oilalar obod jamiyatning asosiy boyligi va bо‘g‘inidir. Ular har keyingi
7-10 avlodda о‘zlaridan aqlliroq (xotirasi va о‘ylash tezligi boshqalardan о‘rtacha
40-50% yuqori), sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirishga astoydil harakat
qiladilar. Buyuk kelajakda О‘zbekistonda Al Xorazmiy, ibn Sinolar yana shu
intellektual oilalardan chiqishi mumkin.
Xulosa о‘rnida aytish mumkinki, intellektual ta’limda oila sifatini oshirish
omillari, asosan, intellektual va innovator oilalarga bog‘liq bо‘lib,
ularda о‘z
budjetining katta qismi farzandlarining bilim olishi va miyasiga yetishmagan
ozuqani (mikroelement va vitaminlarni) iste’mol qilishga ajratiladi. Oilada “Ustoz-
shogird maktabi”ni ochib, har kuni bо‘sh vaqtlarining deyarli barchasini tarbiya,
tajriba va kasbiy bilimlarini о‘z bolalariga ishlatishga va turmushni obod qilishga
о‘rgatadi. О‘zida yetishmagan bilimlarini о‘rgatishga mutaxassis repetitorlarni
jalb qiladilar yoki maxsuslashgan (qobiliyatiga tо‘g‘ri keladigan) maktablarga va
xorijiy о‘quv yurtlariga о‘qishga yuborishga о‘zlari moliyaviy mablag‘lar
ajratadilar, ta’lim muassasalarida berilayotgan bilim sifatini talab qilishda faol
ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |