PEDAGOGIKA
2016, 4-son
11
h) nasl kasalliklari (qon bosimi, qandli diabet kabi) bor oilalarda tug‘ilgan
bolaga dieta tuzib, tibbiy madaniyatga о‘rgatish zarur. Xalqaro sog‘liqni saqlash
tashkiloti ta’kidlashicha, 5000ga yaqin nasl kasalliklari avloddan alodga о‘tib
kelayotgan ekan.
Xalqimizga xos shunday odatlar borki, ular qadriyatlar darajasida baholanib,
kо‘pgina millat-elatlar tomonidan tan olinadi, ammo о‘zgacha bir odatlarimiz
ham borki, ularni, albatta, о‘zgartirishimiz kerak. Misol uchun, mehnatkash ota-
ona uy-joy qurganda asabi buzilib, umri qisqaradi. Yaponiya va kо‘pgina Yevropa
mamlakatlarida kо‘pchilik bolalar katta bо‘lganidan (voyaga yetgandan) sо‘ng о‘zi
tadbirkorlik qilib, ijaraga uy olib yashaydi, pulini ham о‘zi ishlab topib tо‘laydi. Uy-
joyni optimal, ixcham qilib, umumiy maydonini minimal darajada, о‘z
ehtiyojlaridan kelib chiqib quradilar, isrofgarchilikka yо‘l qо‘ymaydilar. Ortiqcha
mablag‘ini tadbirkorlikka, ya’ni yanada kо‘paytirishga yoki banklarga foizga
qо‘yib, salomatligiga va bilimini oshirishga sarflaydi. Bu esa о‘sha oila real
sifatining yaxshilanishiga olib keladi.
Bugun ayrim tashkilotlarda chо‘chish, dо‘q-pо‘pisa va attestatsiyalar
oqibatida inson umri anchaga qisqarishi va asab kasalliklari (qon bosimi, qandli
diabet kabi) kо‘payishiga olib kelinadigan holatlar uchramoqda, bu esa mehnat
unumdorligi va sifatining pasayishiga olib keladi, buning о‘rniga xodimlar
xotirasini kuchaytirish usullari va sog‘liqni saqlash chora-tadbirlari ishlab chiqilsa,
odamlar qobiliyati yaxshilanib, mehnat unumdorligi oshishi yuzaga keladi.
Farzand kо‘rish rejasi bо‘lgan kelinlarni homiladorlik davrida (9 oy)
nosog‘lom muhitli oilalardan sanatoriyalarga olib borib, tibbiy yordam berish
zarur. Shunda har bir bola boqimandadan sog‘lom bolaga, ya’ni oila keksalariga
g‘amxо‘rlik qila oladigan boquvchiga aylanadi.
Har bir oilaning donishmand keksalari “Ustoz-shogird maktabi”ni ochib,
bо‘sh vaqtlarida (har kuni) о‘z tarbiya, tajriba, bilimlarini va har kungi
muammolarini yechishga farzandlarini о‘rgatishlari kerak.
Oila, mahalla, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida har bir bolani
boqimandadan tezroq о‘zini va boshqalarni boqadigan boquvchiga (g‘amxо‘rlik
qila oladigan) aylantirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi zarur.
Aqlli, iste’dodlilarni qidirishdan kо‘ra, ularni keyingi 7 avlodida dunyoga
keltirishni о‘rganish zarur (Gollandiyada sigirlar 70-80 litr sut beradi, Polsha esa
pakana, serhosil mevali daraxtlari bilan dunyoga mashhur).
Keyingi 1000 yillikda odamzod keskin kо‘payib boradi. Oziq-ovqat
muammosining oldini olish uchun ozuqaning har bir kilogrammi har bir inson,
jamiyatga qancha foyda keltirishini tahlil qilish zarur, buning uchun ovqat
Do'stlaringiz bilan baham: |