PEDAGOGIKA
2016, 4-son
131
Muhandislik grafikasi fanlarining ensiklopediyasini yaratishda, avvalambor,
shu sohaning terminologik tizimini о‘rganish, tadqiq qilish va sо‘ngra uni tartibga
solish kerak bо‘ladi. Bunda tо‘g‘ri tanlangan terminlarning о‘rni va ahamiyati
yuksak ekanligini hisobga olib, bu sohada jiddiy ishlar amalga oshirilishi lozim.
Aniq fanlar terminologiyasi ta’lim jarayoni bilan bog‘lab tekshirilgan ishlar yо‘q
emas, biroq muhandislik grafikasi fanlari bо‘yicha chizmachilikdan yaratilgan
yagona A. Abdumalikov tomonidan chop etilgan о‘zbek tilidagi “Chizmachilikdan
terminologik lug‘at-spravochnik”
1
qо‘llanmasida chizmachilik va chizma
geometriyada uchraydigan termin va tushunchalar qisqacha izohlangan. Ba’zi
terminlarning etimologiyasi haqida ma’lumotlar berilgan. U о‘rta maktab, bilim
yurti о‘quvchilari chizmachilik, rasm va geometriya о‘qituvchilari, oliy о‘quv yurti
talabalari uchun mо‘ljallangan bо‘lib, unda eng kо‘p uchraydigan atigi 500ga
yaqin asosiy terminlar tо‘plangan va ularning ma’nosini tushuntirishga harakat
qilingan, tasavvur qilish qiyin bо‘lgan kо‘plab terminlarni izohlashda unga
qо‘shimcha ravishda grafik tasvirlardan foydalanilgan. Bu ish tor doirada bо‘lsa-
da, о‘z vaqtida qо‘yilgan ilk qadamlardan biri sifatida keyingi qilinadigan ishlarga
turtki bо‘ldi. Endilikda, bunday ishlarning salmog‘ini oshirish, uning keng qamrovli
bо‘lishini ta’minlashga erishish lozim.
A. Tо‘xtayev, G‘. G‘ulomov, A. A. Samig‘ov, S. A. Yaxyoyevlar tomonidan
chizma gemetriya va chizmachilikdan ruscha-о‘zbekcha atamalar lug‘ati
tayyorlangan
2
. Unda chizma geometriya va chizmachilikka oid adabiyotlarda
qо‘llanilayotgan 6500 ga yaqin asosiy terminlar e’tiborga olingan bо‘lib, qisman
bо‘lsa-da, о‘zbek tilida qabul qilingan ayrim ruscha va rus tili orqali о‘zbek tiliga
о‘zlashgan baynalmilal terminlarning о‘zbekcha ekvivalent terminlarini topib
ishlatishga harakat qilingan, biroq ular ichida notо‘g‘ri va g‘aliz о‘rinlar mavjud.
J. Yodgorov umumta’lim maktablari darsliklarida chet tillardan о‘zlashgan
terminlarning
etimologik
lug‘ati
berilmaganligi
sababli
о‘quvchilarga
tushuntirishda qiyinchiliklar tug‘dirayotganligini ta’kidlab, uning oldini olish
maqsadida ayrim terminlarning etimologik lug‘atini tuzgan va qisman bо‘lsa-da,
izohlashga harakat qilgan, biroq bu ham keng qamrovli emas.
A. M. Kruppennikovning “Texnikaviy terminologiya haqida”gi chizmachilik
darslarida texnikaviy terminologiyani о‘rganish о‘quvchilarning bilish faoliyatini
faollashtirish va bu fan bо‘yicha о‘zlashtirish samaradorligini oshirish usullaridan
biri ekanligi ta’kidlangan. Muallif texnikaviy terminlarning asboblar, buyumlar,
detallar, ularning konstruktiv elementlari va boshqa shu kabilar chizmalarni
1
Абдумаликов А.
Чизмачиликдан терминологик луғат – справочник. – Тошкент: Ўқитувчи,
1977. – Б. 144.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |