*
Ashirboyev Azim Ozodovich,
Nizomiy nomidagi TDPU muhandislik grafikasi va uni o‘qitish
metodikasi kafedrasi dotsenti.
1
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Фан ва технологияларни
ривожлантиришни мувофиқлаштириш қўмитаси томонидан эълон қилинган, бажарилиши
2012-2014 йилларга мўлжалланган амалий тадқиқотлар дастурлари лойиҳалари танлови //
Дастур: ИТД-1.
A. Ashirboyev
*
BAHS, MUNOZARA
PEDAGOGIKA
2016, 4-son
129
barcha ta’lim tizimi bо‘g‘inlariga tegishli ensiklopediyasini yaratishga bо‘lgan
zaruriyat va ehtiyoj borligini bildiradi. Demak, muammoning yechimi jamiyatni
modernizatsiyalash jarayonida ta’limni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy
yondashuv jamiyatda aholining turli qatlamlari uchun ta’limning uzviylik va
uzluksizligini kengaytirishni ta’minlaydi. “Muhandislik grafikasi” ensiklopediyasini
yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib, о‘z navbatida, ta’lim
oluvchilarning vaqtini tejashga, keng qamrovli bilim olishga, ta’lim olishni tо‘g‘ri
tashkil etishga va boshqarishga, uning sifat va samaradorligini oshirishga,
ta’limning barcha bosqichlarida uzviylik va uzluksizlikini ta’minlashga imkon
beradi.
Turli fundamental fanlar va sohalar bilan bog‘liq bо‘lgan “Muhandislik
grafikasi” ensiklopediyasini yaratish va uning ta’lim tizimidagi о‘rnini aniqlash
uchun quyidagi bosqichlarda ish kо‘rish lozim bо‘ladi.
muhandislik grafikasi fanlarining о‘qitish jarayoni tahlil qilinadi va bu
sohaga tegishli ilmiy, ilmiy-metodik adabiyotlar о‘rganiladi, muhandislik grafikasi
ensiklopediyasining о‘rni belgilab olinadi va uning kartotekasi yaratiladi. Boshqa
davlatlarda muhandislik grafikasi fanlari mazmuni va о‘qitish jarayoni hamda bu
sohaga tegishli lug‘at, ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar va shu davlatlarning
asosiy о‘quv adabiyotlari mazmuni о‘rganiladi hamda ular ilmiy asosda qiyosiy
tahlil qilinadi;
muhandislik grafikasi fanlariga oid sо‘z, ibora, belgi va terminlar qatori,
ularning tematik guruhlari, etimologiyasi, fan va sohalarga oid aloqadorliklari
о‘rganilib, sof va umumiylikka ega bо‘lgan terminlar qatori tadqiq qilinadi va
ensiklopediya tarkibiga olib kiriladigan materiallar belgilab olinadi, uning
illustrativ-izohlar banki yaratiladi;
muhandislik grafikasining illustrativ-grafik tasvirli ensiklopediyasi ishlab
chiqiladi va amaliyotdagi tatbiqi kо‘rsatiladi.
Bilamizki, hozirgi kunda sodir bо‘layotgan buyuk о‘zgarishlar, muhim
yangiliklar, jahon fani, madaniyati va texnikasi yutuqlari, dunyo tarixining muhim
voqealari oldida muhandislik grafikasining ulushi va unga hissa qо‘shgan fan
namoyandalari, mashhur shaxs va allomalar haqidagi ma’lumotlarning yaratilishi
keyinchalik har xil yо‘nalishdagi ensiklopediya va izohli lug‘atlar hamda fan
sohalariga tegishli qomuslarda о‘z aksini topadi. Bu bilan muhandislik grafikasi
manbalarining о‘z о‘rnini topishiga erishiladi.
Ma’lumki, mamlakatimiz tarixida ilk bor 1965-yil О‘zbekiston
ensiklopediyasini chiqarish tо‘g‘risida, 1968-yil yanvarida О‘zbekiston fanlar
akademiyasi huzurida О‘zbekiston ensiklopediyasi bosh redaksiyasini tuzish
tо‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Bu bosh redaksiyaga О‘zbekiston
Do'stlaringiz bilan baham: |