NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
“O’zbekiston tarixi” kafedrasi
“O’zbekiston tarixi” fanidan
Himoyaga tavsiya etilsin
fakultet dekani t.f.d., dots. L.M.Babaxodjaeva
“___”_________2023-yil
KURS ISHI
Mavzu: XX asr O’zbekistonda ma’daniyati tarixi (Yunus Rajabiy hayoti va ijodi )
Himoyaga tavsiya etilsin
“O’zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri:
t.f.n.d. Ilhomov.Z
“___”________2023-yil
Ilmiy rahbar:
Bajardi: Meliqo`ziyev A. 3-kurs 301-guruh talabasi
Toshkent – 2023
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………….……………..3
I bob. Sovet mustabid tuzumining Turkiston xalqlari milliy
ma’daniyatiga ta’siri.
O’zbek xalqi ma’daniyatining og’ir sharoitdagi
taraqqiyoti…………………………………………………………..
1.2. XX asr 20 yillarning ikkinchi yarmi va 50 yillar
boshlarida O’zbekistonda xalq ta’limi hamda fan sohasidagi
sovet siyosati……………………………………………………….
II bob.Milliy uyg‘onish davridagi o‘zbek san’ati.
2.1 O’zbek xalqining musiqiy merosi va uning XX asrdagi rivojining asosiy
bosqichlari
2.2 XX asr o’zbеk zamonaviy musiqa ma’daniyatiga tamal toshini qo’ygan
ijodkor Yunus Rajabiy hayot yo’li va faoliyati
Xulosa……………………………………………………………....
Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar…………………………….....
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, biz yaqin – yaqingacha hukmron bo’lgan noinsoniy kommunistik g’oya asoratidan qutilib, o’tmishimizni xolisona baholash, xalqimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan milliy – madaniy qadriyatlarni, yurtimiz ravnaqi, istiqloli va istiqboli uchun kurashganlarni muborak nomlarini qayta tiklash imkoniga ega bo’ldik. “Hayotimizda qanday o’zgarishlar ro’y berganini baholash uchun bizga sodiq ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday tarixiy meros qolganini yana bir karra eslashimiz zarur… Noinsoniy g’oya hukmron bo’lgan mustabid tuzum o’zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaxarlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg’ularini qo’pol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzub ko’rsatar edi. O’z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o’z tarixini bilmaslik ko’plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi.”1 Totalitar tuzum tazyiqidan qutulish uchun milliy o’zlikni anglash kishilarni eski tafakkur qoliplaridan xalos qilish lozim bo’ldi. Bu u’lkan ijtimoiy – tarixiy axamiyatga ega vazifa eng avvalo tarixchi olimlar zimmasiga tushadi, chunki: “Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak… Jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”.
______________________
1. Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” – Toshkent,. “Sharq”, 1998 yil, 24 bet.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: XX asr 20 yillarining oxiri va 50 yillarning boshida, totalitar boshqarishning ma’muriy – buyruqbozlik usuli o’rnatilgan va avjiga chiqqan davrida O’zbekistonda madaniyatning rivojlanish jarayonlarini o’rganish ilmiy ishimning maqsadidir.
Ushbu maqsadga quyidagi vazifalarni:
- O’zbekistonda umumiy ta’lim tizimarining shakllanishini va ma’muriy-buyruqbozlik boshqarishi sharoitidagi ahvolini;
- oliy, o’rta maxsus va kasb ta’limining madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etish jarayonlarini;
- maktabdan tashqari ta’limning aholi savodsizligini va chalasavodlikni tugatishdagi o’rnini;
- ilm, fanning mustabid tuzum tazyiqiga qaramay kishilarning dunyoqarashini rivojlantirishdagi va xalq xo’jaligi muammolarini hal etishdagi vazifalarini;
- adabiyot va san’atning madaniyatning rivojlanishiga ta’sirini va ushbu jarayonlarda erkin ijod bilan ma’muriy–buyruqbozlik boshqarishi o’rtasidagi ziddiyatlarni;
- madaniy – ma’rifiy ishlarning xalq madaniyati va ijodining rivojlanishi jarayonlariga ta’sirini tadqiq etish orqali erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |