Pedagogika tarixi (darslik) Mualliflar: K. Xoshimov


Muslihiddin Sa’diy. «Guliston»



Download 1,12 Mb.
bet29/93
Sana18.07.2022
Hajmi1,12 Mb.
#819711
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
Bog'liq
Педагогика тарихи

4. Muslihiddin Sa’diy. «Guliston»

Muslihiddin Sa’diy Sharq mumtoz madaniyatining yirik namoyandalaridan biri bo’lib, uning nomi butun dunyoga mashhur.


Bu buyuk allomaning to’liq ismi Abu Abdulloh Mushrifiddin ibn Muslihiddin Sa’diy Sheroziy bo’lib, Sharq va G’arbda Shayx Sa’diy degan nom bilan ulug’lanadi. Donishmand shoir Muslihiddin Sa’diy ijodining dovrug’i Sherozdan Qashqargacha, Xitoy, Hindiston va Misrdan Shimoliy Afrikagacha yoyilgani bois unga “Shayx”, ya’ni, ustoz nomi berilgandir.
Olim va tarjimon Sh.Shomuhammedovning ta’kidlashicha, mutafakkirning nomi, tug’ilgan yili, taxallusi turli manbalarda turlicha ko’rsatilgan. Xususan, ayrim manbalarda allomaning nomi Mushrifiddin ibn Muslihiddin Abdulloh, boshqa manbalarda esa Muslihiddin Sa’diy Sheroziy deya keltirilgan.
Alloma tavallud topgan yil ham turlicha ko’rsatiladi. Chunonchi, mazkur sana ba’zi manbalarda hijriy 580 (milodiy 1184), hijriy 589 (milodiy 1193) hamda milodiy 1204 yil tarzida qayd etiladi.
Adibning o’ziga “Sa’diy” taxallusini tanlashiga ham tadqiqotchilar turlicha yondoshadilar. Ana shunday yondoshuvlarning birida mutafakkir mazkur taxallusni forslar orasida mashhur bo’lgan hamda Otabek hokimlari sulolasini boshlab bergan Sa’d binni Zangi nomi asosida tanlaganligi qayd etilsa, yana bir boshqa o’rinda esa ushbu sulolaning vakili hisoblangan Sa’d II, ya’ni, Sa’d ibn Abubakr nomiga nisbat berish tarzida qabul qilganligi e’tirof etiladi.
Muslihiddin Sa’diyning umumiy yoshi xususida ham turlicha fikrlar mavjud, Ayrim tadqiqotchilar allomaning 102 yoshga kirib vafot etganligiga urg’u bersalar, boshqa bir tadqiqot natijasi adibning 120 yil umr kechirganligidan dalolat beradi. Aksariyat manbalarda mutafakkirning vafoti yili hijriy 691 (milodiy 1291-1292) yil deb belgilangan1.
Muslihiddin Sa’diy ko’hna Eronning qadimiy shahri sanalgan Sherozda tug’iladi. Uning otasi Sheroz hokimi Otabek Sa’diyning mulozimlaridan biri bo’lgan. Yosh Muslihiddin otasidan erta ajraladi. Shu bois unga saroy nafaqasi belgilanadi. Muslihiddin boshlang’ich ma’lumotni Sheroz shahrida oladi, so’ngra Bag’dod shahriga borib, u erda mashhur “Nizomiya” madrasasida tahsilni davom ettiradi. U madrasada ta’lim olish chog’ida arab va fors tillari grammatikasi hamda adabiyotlari asoslarini chuqur o’zlashtiradi. Sharq falsafasi asoslarini katta qiziqish bilan o’rganadi. Madrasada tahsil muddatini tamomlagach, Sharqning eng mashhur, shu bilan birga ilm-fan va madaniyat o’choqlariga aylangan shaharlar bo’ylab sayohatga chiqadi.
Qadimgi tazkirachilar Muslihiddin Sa’diy kechirgan umr yo’lini quyidagi bosqichlarga bo’ladilar:



Variantlar

1-bosqich

2-bosqich

Z-bosqich

4-bosqich

1-variant (allomaning 102 yil umr ko’rganligini hisobga olish asosida)

12 yil bolalik yillari

30 yil ta’lim olish yillari

30 yil sayohat yillari

30 yil ijod yillari

11-variant (allomaning 102 yil umr ko’rganligini hisobga olish asosida)

40 yil ta’lim olish yillari

40 yil sayohat yillari

40 yil ijod yillari

-




Muslihiddin Sa’diy 1255 yilda sayohatdan Sheroz shahriga qaytib “dunyo g’ovg’alaridan” chetda, shahar chekkasida joylashgan Shayx Abu Abdulloh Xafif xonaqosida faqirona hayot kechiradi.
Muslihiddin Sa’diy tomonidan yaratilgan barcha asarlar 19 bo’limdan iborat kulliyotida to’plangan. Bu to’plam uning vafotidan 37 yil o’tgandan so’ng Abubakr Besutun degan kishi tomonidan to’plangan. Biroq keyinchalik nomi qayd etilgan ana shu muallif kulliyotni qaytadan tuzib, g’azal va boshqa mayda she’rlarni radifi va qofiyasiga muvofiq alfavit tarzida joylashtirib chiqqan, ushbu kulliyotga allomaning to’rtta devoni (g’azallar to’plami) kiritilgan. Kulliyotning tarkibiy tuzilmasidan joy olgan hamda mutafakkir nomini mashhur qilgan uchinchi devon “Havotim” deb nomlanadi.
Tadqiqotchilar Sharqda muayyan muallifga tegishli bo’lgan asarlarni ularning radif va qofiyasiga ko’ra alfavit tarzida devon holatiga keltirish an’anasi Ali binni Abubakr Besutun boshlab bergan harakat asosida yuzaga kelgan bo’lsa kerak, degan taxminni ilgari suradilar.
Muslihiddin Sa’diyning jahonshumul ahamiyatga ega bo’lgan “Guliston” va “Bo’ston” asarlarida allomaning ta’limiy-axloqiy qarashlari o’z ifodasini topgan. Manbalarda ta’kidlab o’tilishicha, muallif “Bo’ston” nomli asarini 1257, “Guliston” deb nomlanuvchi asarini esa 1258 yillarda yaratgandir.



Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish