2. Munosabatlar qonuni (shaxs tarbiyasi bir necha yo‘nalish – oilaviy, mehnat, ta’limiy, ishlab chiqarish hamda mavjud moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan munosabatlar jarayonida tashkil etiladi; munosabatlarning ijobiy va salbiy bo‘lishi shaxs rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi). 3. Yaqin ijtimoiy muhitni modellashtirish qonuni (tarbiya jarayonining natijasi tarbiyalanuvchi – o‘quvchining ijtimoiy-madaniy xarakterdagi hayotiy tajribaga, ya’ni, axloqiy, intellektual, jismoniy, estetik sifatlarga, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy munosabat to‘g‘risidagi bilimlarga, mehnat malakalariga, kasbiy ko‘nikmalarga, egaligi bilan belgilanadi). 4. Ijobiy faoliyat motivatsiyasi qonuni (tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi – o‘quvchining muayyan faoliyatga yo‘naltirishda uni rag‘batlantirish xato va kamchiliklarini topib, koyishdan ko‘ra ko‘proq samara beradi; shu sababli tarbiya jarayonini o‘quvchining sifatlariga tayangan holda yutuqlarini e’tirof etib, unga ishonch bildirish asosida tashkil etish har qanday pandu nasihatdan ko‘ra ko‘proq samara beradi). 5. Tarbiya vositalarini moslashtirish qonuni (muayyan tarbiya vositasi turli yosh, jismoniy, aqliy imkoniyatlarga ega, axloqi, yurish-turishi, xatti-harakatlari bilan o‘zaro bir-biridan farqlanuvchi shaxslarga nisbatan bir xil ta’sir ko‘rsatmaydi; shu sababli tarbiya vositalarini tanlashda shaxsning yosh, psixologik, fiziologik imkoniyatlari, aqliy salohiyati, axloqiy va estetik yetukligi inobatga olinishi zarur; bu esa turli ijtimoiy muhitda – oilada, mikro muhitda, ta’lim muassasalarida, ishlab chiqarish tashkilotlarida tarbiya vositalarining to‘g‘ri, oqiloan tanlash, shuningdek, tabaqalashtirilgan va individual yondashuv asosida shaxs tarbiyasini tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi). 5. Tarbiya vositalarini moslashtirish qonuni (muayyan tarbiya vositasi turli yosh, jismoniy, aqliy imkoniyatlarga ega, axloqi, yurish-turishi, xatti-harakatlari bilan o‘zaro bir-biridan farqlanuvchi shaxslarga nisbatan bir xil ta’sir ko‘rsatmaydi; shu sababli tarbiya vositalarini tanlashda shaxsning yosh, psixologik, fiziologik imkoniyatlari, aqliy salohiyati, axloqiy va estetik yetukligi inobatga olinishi zarur; bu esa turli ijtimoiy muhitda – oilada, mikro muhitda, ta’lim muassasalarida, ishlab chiqarish tashkilotlarida tarbiya vositalarining to‘g‘ri, oqiloan tanlash, shuningdek, tabaqalashtirilgan va individual yondashuv asosida shaxs tarbiyasini tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |