6--Mavzu: Shaxs va унинг faoliyati
Reja:
6.1. Shaxsning psixologik xarakteristikasi. Psixologiyada Shaxs tushunchasi.
6.2. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar
6.3. Shaxs va uning faolligi
6.4. Faoliyat turlari, jismoniy va aqliy harakatlar
6.5. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi.
6.1. Shaxsning psixologik xarakteristikasi. Psixologiyada shaxs tushunchasi. Inson,
odam ko’plab fanlarning o’rganish ob‘ekti bo’lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini
va hayot tarzini, rivojlanishi va boshqalarni o’rganadi. Psixologiya fani odamni jamiyatda,
boshqalar bilan munosabatda bo’luvchi ongli faoliyat sub‘ekti sifatida o’rganadi. Psixologiya
fanida odamni ta’riflashda ko’plab tushunchalar qo’llaniladi. Shu jumladan «Shaxs», «individ»,
«individuallik» tushunchalari ham qo’llaniladi.
Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi
kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar)
ham individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha
kishilar odamlar individdir. Yangi tug’ilgan chaqaloqning ham, katta yoshning ham, tafakkurni
ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli
mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.
Individ sifatida kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo’lib yetishadi. Individ sifatida
dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina Shaxsga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga
kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina Shaxs
deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma’lumki kishi ongi
faqat jamiyatda, boshqalar bilan o’zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani
o’zlashtirishda shakllanadi. Binobarin Shaxs ham faqat jamiyatdagina Shaxsga aylanishi mumkin.
Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o’zlashtiradi, o’zi uchun o’zgartiradi-bu
jarayon davomida o’zi ham Shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi o’zi hayot uchun yo’l
tanlashida, bu yo’lni egallashida. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta’sirlar, shu jumladan
ijtimoiy ta’sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta’sir
qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o’quvchilarga turlicha ta’sir qiladi.
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sotsiolligi, ongi va tilidir.
Inson Shaxsining xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |