Yetakchi faoliyat haqida tushuncha . Yetakchi faoliyat bu-har bir yosh bosqichi uchun alohida faoliyat turi bo`lib, shaxsning keyingi yosh bosqichiga o`tishi mazkur faoliyatni bajarish bilan bog’liq.
Faoliyat hamisha kishining boshqa odamlar bilan muayyan munosabatlari sistemasida yuz beradi. U boshqa odamlarning yordami va ishtirokini taqozo etadi, ya’ni birgalikdagi faoliyat xususiyatiga ega bo`ladi. Uning natijalari tevarak-atrofdagi olamga, boshqa kishilarning hayoti va taqdiriga muayyan ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun faoliyatda kishining faqat narsalarga munosabati emas, balki uning boshqa odamlarga bo`lgan munosabati ham doimo o`z ifodasini topadi.
Boshqacha so`zlar bilan aytganda, faoliyatda kishining shaxsi ifodalanadi va ayni chog`da faoliyat uning shaxsini shakllantiradi.
Ahil, uyushgan jamoaning sobitqadamlik bilan olib borilayotgan ijtimoiy foydali faoliyatida ishtirok etish kishida Jamoachilikni, uyushqoqlikni, o`z manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan bog`lash ko`nikmasini rivojlantiradi. A. S. Makarenko faoliyatning shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi tushunchani tarbiyaviy ishning o`zi yaratgan nazariyasi va amaliyotiga asos qilib olgan edi. U shunday deb yozgan edi: «...men bolalarning hayoti ma’lum bir odatlar turkumini tarbiyalaydigan tajriba tarzida yo`lga qo`yilishipi talab qilaman...».
Ushbu talabga binoan tarbiyalanuvchilar Jamoaining butun hayoti shunday tashkil etildiki, u bolalarni faoliyatning shaxsda muayyan fazilatlar (sobitqadamlilik, intizomlilik, sofdillik, mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik) ning namoyon bo`lishini takozo etadigan har xil turlarga jalb qilgan edi. Masalan, tungi poxodlar va navbatchiliklar koloniyachilardan qo`rquvni yengishni, matonat ko`rsatish va o`zini tuta bilishni talab qilardi. Xulq-atvordagi jasurliklar takrorlanaverib, odat tusiga kirib qolardi. Ma’lum bir sharoitlarda sodir bo`ladigan muayyan xatti-harakatlar shaxs fazilati darajasiga ko`tariladigan odatlarni keltirib chiqaradi.
Kishida xilma-xil faoliyat turlarining paydo bo`lishi va rivojlanishi murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayondir.
Bolaning faolligi faqat asta-sekinlik bilan, rivojlanish jarayonida, tarbiya va ta’lim ta’siri ostidagina ongli ravishda maksadga yo`naltirilgan faoliyat shaklini kasb etadi.
Bu faollik oldiniga impulsiv xatti-harakat xususiyatiga ega bo`ladi. Tug`ilganidan keyingi dastlabki kunlarda bolaning xulq-atvori bir nechtagina oddiy tug`ma reaktsiya — himoyalanish (nur yorug`lashganda yoki baland tovush chiqqanida ko`z qorachig`ining torayishi, og`riq sezgan paytida ingrashi va bezovtalana boshlashi), ovqat so`rash (tamshanishi), chalkash-chulkash (tebratilganda jimib qolishi) va birmuncha keyinroq esa mo`ljallash-izlanish (qo`zg`atuvchiga boshini o`girishi, narsalarga qarashi va boshqalar) kabi reaktsiyalar bilan cheklanadi.
O`n birinchi-o`n ikkinchi kunligidan tortib chaqaloqda dastlabki shartli reflekslar shakllana boshlaydi. Shu tufayli bir yoshi mobaynida bolada izlanish xulq-atvori (ushlash, ko`zdan kechirish, har xil shaklda aylantirish) rivojlana boradi, buning natijasida u tashqi dunyodagi narsalarning xossalari haqida ma’lumot yig`adi va harakatlar uyg`unligini o`zlashtiradi. Ta’lim olishi va taqlid qilishi ta’sirida bir yoshidan boshlab bolada amaliy xulq-atvor shakllana boradi. Buning yordamida bola buyumlarni ishlatishning insoniy usullarini va ularning ijtimoiy amaliyotdagi ahamiyatini o`zlashtira boshlaydi (uxlash uchun karavotga yotadigan, stulchaga o`tiradigan, to`pni o`ynaydigan, qalam bilan rasm soladigan bo`ladi).
Faollikning ushbu shakllari bilan birlikda kommunikativ xulq-atvor bolaga o`z ehtiyojlari va istaklarini qondirish, ijtimoiy talablarni va axborotni o`zlashtirishi uchun yordam beradigan asosiy vosita rivojlana boshlaydi.
Dastlabki kezlarda bu xulq-atvor nutqgacha davri shakllari (baqirish, imo-ishora qilish, mimika) orqali ro`yobga chiqariladi. Yetti-sakkiz oyligidan bola oldiniga sustroq, keyinroq esa faol ravishda insoniy muloqot, hamjihatlik va axborot ayirboshlashning asosiy vositasi - nutqiy xulq-atvorni o`zlashtira boshlaydi.
Nutqning o`zlashtirilishi timsollarni buyumlardan va harakatlardan ajratish uchun, ma’nolarni bo`rttirib ko`rsatish, ularni qayd etish va xulq-atvorni idora qilishda ularga tayanib ish to`tish uchun xal qiluvchi negiz yaratadi.
Motivatsiya- keng ma’noda inson xayotining murakkab kup kirrali boshqaruvchisidir.
Motivatsiya bu- insonni faoliyatga undovchi murakkab , kup darajali tizimi bo`lib, uuzida extiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |