Pedagogika psixologiya


Fransiyada ta’lim siyоsatining оlib bоrilishi



Download 18,99 Mb.
bet21/168
Sana13.02.2022
Hajmi18,99 Mb.
#446136
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   168
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya majmua 2021 (1)

Fransiyada ta’lim siyоsatining оlib bоrilishi.
Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o`rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega.
Bu mamlakatda "Ta’lim haqida"gi qonun dastlab 1956 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga bir qator o`zgarishlar kiritildi. Fransiya davlatining hozirgi davrida amal qilayotgan "Ta’lim hakida"gi qonun 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo`lib, uning o`zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro`y bergan o`zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatidagi islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg`or tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o`quv predmetlaridagi integrasiyalar va boshhalar sabab bo`ldi. Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o`quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o`rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Mamlakatda maktablar davlat, xususiy, oralis maktablariga bo`linadi.
O`qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o`qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo`lib, ularga ajratilgan vaqt dars tarkibining 30 foizini tashkil etadi. Umuman, tarkibdagi 45 foiz darslar gumanitar yo`nalishda, qolganlari tabiiy fanlardir. Sinflarning o`rtacha xaftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning о`rtacha soni 35-40 ta, о`quv yili 5 chorakka bo`linadi. Boshlang`ich sinflardagi o`qish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga bo`linadi. Ertalab o`quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Fransiya maktablarida ona tili va adabiyoti xamda matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Frantsiyada ta’limni о`ziga хоs хususiyati
Fransiya ta’lim tizimining dastlabka bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu bosqichni "Onalar maktabi" deb ham yuritiladi. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad, bolalarning maktabdagi sharoitini uy sharoiti bilan yaqinlashtirish ularga oiladagidek iliq munosabatni shakllantirishdan iborat. Ularni mustaqil holda ham, maktablarning boshlang`ich sinflari bazasida ham tashkil etilgan. Fransiya ta’limida bolalarning go`daklik chog`idanoq maktabda o`qitish uchun tayyor holda olib kelish hoyat muhim masala hisoblanadi, 1980 yillarning oxiridagi ma’lumotlariga ko`ra, onalar maktab- larida 65 ming, boshlang`ich maktablar bazasida tashkil etilgan maktabgacha tarbiya shaxobchalarida 9100 sinf mavjud. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabahalashtirilgan:
-kichik guruh 2 yoshdan 4 yoshgacha;
-O`rta guruh 4 yoshdan 5 yoshgacha;
-katta guruh 5 yoshdan 6 yoshgacha.
5-6 yoshlilar maktabga tayerlov guruhi bo`lib, ularga Fransiyada 100 foiz shu yoshdagi bolalar hamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
Boshlang`ich ta’lim.O`rta ta`lim.
Boshlang`ich ta’lim.
Fransiyada boshlang`ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang`ich maktablar fuharolarning qanday millatga, mamlakat fuharoligiga mansub bo`lishidan qat’iy nazar, majburiy va bepuldir.
Boshlang`ich maktab bosqichiga qo`yilgan asosiy talab o`quvchilarga ifodali o`qish, yozish, hisoblash malakasini berishdan iboratdir.
Fransiya ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan chet el fuharoligiga mansub kishilarning
farzandlariga ularning vatani, halki, tarixi, tili va adabiyotini o`rganish uchun fakultativ
kurslar tashkil etish ham ko`zda tutilgan.
Boshlang`ich sinflarda o`qish muddati 5 yil bo`lib, shu muddat ichidagi o`qish asosan 3 bosqichga bo`linadi:
- Tayyorlov bosqichi - 1 yilga mo`ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o`qish va yozishga, kuylashga, o`ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilan mashg`ul bo`lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, musiqaga, mehnat qilishga o`rgatiladilar. O`quv mashg`ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin ovqatlar juda arzonlashtirilgan narxlardadir.
- Navbatdagi bosqich - elementar kurs bo`lib, bu bosqich 2 yil davom etadi. Bunda o`quvchilarning tayyorlov siklida predmetlar bo`yicha olgan bilimlari yanada takomillashtiriladi. Tayyorlov bosqichida bir o`qituvchi ishlasa, elementar bosqichda ikki o`qituvchi (har biri 1 yildan) ishlaydi.
- Boshlang`ich maktabning 3 bosqichi - chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o`quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi.
Dasturlarda o`quv predmetlarining barchasiga uch bosqich bo`yicha aniq, alohida-alohida talablar qo`yiladi. Masalan:O`qish I bosqichda O`quvchi:
1. Bosmadan chiqqan barcha nashrlarni (kitob, gazeta jurnal, lug`at, e’lon, xat va hokazo) bir-biridan ajrata olish;
2. Xatni o`qish tamoyillarini (satr boshi, sarlavha, bob betlarning ketma-ketligi) o`rganib olish;
3. Matn tarkibini (nutq, asosiy qism, xulosa) aniqlay olish;
4. Mustaqil mashg`ulotlarda kitoblardan, lug`atlardan foydalana olish.
II bosqichda:
1. O`qiganlari mazmunini elementar bayon qilib bera olish;
2. Kitob mavzusida ishtirok etgan shaxslarni aniqlash, nomini bilish, tasvirlab berish;
3. Sintetik tahlil qila bilish (urqu, tinish belgilari).

Download 18,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish