Pedagogika psixologiya


Abu Nasr Forobiyning ta`limiy-axloqiy qarashlari



Download 18,99 Mb.
bet11/168
Sana13.02.2022
Hajmi18,99 Mb.
#446136
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya majmua 2021 (1)

Abu Nasr Forobiyning ta`limiy-axloqiy qarashlari
(873 - 950)

Orta asr ijtimoiy – falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog`liq bolib, uning inson kamoloti haqidagi tapimoti ta`lim – tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur YUnon faydasufi Arastudan keyin SHarqda o`z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir – «Muallimiy soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.


Abu Nasr Forobiy (to`liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarxon al-Forobiy) hijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da SHosh – Toshkentga yaqin Forob (Optror) degan joyda harbiy hizmatchi oilasida tugpilgan. Forobda boshlangpich ta`limni olgach, SHoshda, Buxoroda, Samarqanda ta`lim olganligi haqida ma`lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining yirik madaniy markazi Bagpdodga xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar yigpilganligi, uning yirik ilmiy markazga aylanganligi tuyfayli Forobiy ham ilm olish istagida Bagpdodga jopnaydi. Bagpdodda Forobiy Orta asr fanini, turli fan sohalarini oprganadi. Masalan, unga YUnon tilida Abu Bashar Matta (Matta ibn YUnus), tibbiyot va mantiqdan YUxanna ibn Haylon (Jilon) ta`lim bergan. Umuman, Forobiy Bagpdoda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, huquq, tilshunoslik, poetika bilan shug`ullandi, turli tillarni oprgandi.
Bazi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi.
Abu nasr Forobiy qomusiy olim hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar.
Forobiy ta`lim tarbiyaga bagpishlangan asarlarida ta`lim – tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e`tibor berish zarurligi, ta`lim – tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to`g`risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma`nolari to`g`risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o`z ifodasini topgan.
Forobiy o`z ishlarida ta`lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta`lim bergan bolsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o`z o`rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta`kidlaydi.
Forobiy «Baxt – saodatga erishuv to`g`risida» asarida bilimlarni organish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta`kidlashicha, avval bilish zarur bo`lgan ilm oprganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni oprgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni organish lozim. Undan song, umuman, jonli tabiat osimlik va hayvonlar haqidagi ilm organiladi, deydi.
Forobiy inson kamolotga yolg`iz o`zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bolish, ularning ko`maklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj boladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, o`qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. CHunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o`zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o`qituvchi lozim.
Bunga Forobiy ta`lim – tarbiyani to`g`ri yolga qoyish orqali erishish mumkin, deydi. CHunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta`lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to`g`ri bilib oladi va hayotda to`gri yol tutadi, boshqalar bilan tog`ri munosabatda boladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi.
Demak, Forobiy ta`lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Forobiy ta`lim va tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi. Ta`lim – degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma`lum xunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`gatishdir, deydi olim.
Abu nasr Forobiy yana aytadi: «Ta`lim – degan so`z xalqlar va shaharliklar Ortasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar Ortasidagi tugpma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so`z dir.
Ta`lim faqat so`z va o`gatish bilangina boladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, yapni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo`lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bolishi, organishidir», - deydi.
Forobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda ham qay darajada pok bolishi kerakligini «Falsafani organishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida»gi risolasida shunday ta`rif laydi: «Falsafani oprganihdan avval o`zingizni hirs-havaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notugpri tuygpularga emas, balki kamolotga bo`lgan hirs-havas qolsin.
Bunga xulq axloqni faqat so`z dagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. SHunday song xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yolini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so`z lovchi, fikrlash ma`nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur»
Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bolish, vijdonlilik, kamtarlik, ko`pchilik manfaatini yuqori qoyish, haqiqat, ma`naviy yuksaklikka intil, adolatliylik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma`rifatli bolishidir. SHuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog`liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq me`yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko`ramiz. Forobiy «Aql ma`nolari haqida» risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta`limotida mantiq (logika) ilmi muhim orin tutadi deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika Ortasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yolda olib borish uchun aqlni topgpirlab turadi deydi.
Forobiy «Musiqa haqida katta kitob» degan ko`p jildi asari bilan Orta asrning yirik musiqashunosi sifatida ham mashxur boldi. U musiqaga ilmini nazariy, amaliy jihatdan yoritib, musiqani inson axloqini tarbiyalovchi sihat salomatligni mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning musiqa sohasida qoldirgan merosi musiqa madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir.
Forobiyning ta`lim-tarbiya yollari, usullari vositalri haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go`zal fazilatlar ikki yol – ta`lim va tarbiya yoli bilan hosil qilinadi. Ta`lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tugpma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta`lim so`z va organish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon boladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy kopnikmalarni qay darajada oprganganligiga qarab paydo boladi, deb ko`rsatadi.
Forobiy ta`limda barcha fanlarning nazariy asoslari oprganilsa, tarbiyada ma`naviy – axloqiy qoidalar, odob me`yorlari oprganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.
Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta`lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta`lim – tarbiya ishlarini ikki yol bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
«Amaliy fazilatlar va amaliy san`at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yol bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi – qanoatbaxsh so`z lar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi so`z lar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi gpayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yol (yoki usul) – majbur etish yoli. Bu usul gapga kopnmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qopllaniladi. CHunki ular o`z istaklaricha so`z bilan gpayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni organishga kirishsa, uning fazilati yaxshi boladi. Kasb hunarlarni va juzpiy san`atlarni egallashga intilish bolmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. CHunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni fazilat egasi qilib va san`at ahllariga aylantirishdir.Demak, Forobiy ta`lim – tarbiyada ragpbatlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko`zlaydi.
Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta`limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonni o`z mohiyati bilan ijtimoiy, yapni faqat jamiyatda, o`zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi.
Insonning kamolga yetishida ham aqli, ham axloqiy tarbiyaning o`zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy tavsiya etgan ta`lim – tarbiya usullari hozirgi davrda ham o`z ahamiyatini yo`qotmaganligi bilan diqqatga sazovordir.



Download 18,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish