Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o’ziga xos maxsus tarmog’i bo’lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o’rganiladi.
Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi.
Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayoni.
Ilmiy taxmin – tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan kutilishi mumkin bo’lgan xolatning bashorat qilinishi.
Individuallik – individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi, qaytarilmasligi.
Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta’sir ko’rsatish jarayoni.
Introvert shaxs - shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o’z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining nihoyatda pastligi.
Istedod – shaxsning ma’lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi.
Yo’nalish – shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’i nazar ma’lum yo’lga yo’naltiruvchi barqaror motivlar yig’indisi.
Kasb – faoliyat shakllari birlashmasi bo’lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, mehnat natijalari hamda mehnat subyektini tayyorlashga qo’yiladigan talablar majmui.
Qiziqish - shaxs xarakatiga sabab bo’ladigan faoliyat yo’nalishining ongli shakli.
Qiziqish – shaxsning o’zi uchun qimmatli va yoqimli narsa yoki xodisalarga munosabati.
Kichik guruh – a’zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi va bevosita shaxslararo munosabatda bo’luvchi kishilar guruhi.
Qobiliyat – shaxsning ma’lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biror faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyati.
Qobiliyatlar – shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyati.
Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda ma’lumot, axborot, g’oyalar almashinuvi jarayoni.
Kontent-analiz – tekshirilayotgan matnda so’z, ibora, abzaslarni ma’no-mohiyatini takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli.
Kuzatish – sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog’liq ravishda tekshirish, o’rganish, ma’lumotlar to’plash metodi.
Ko’nikma – odamening ma’lum ishni bajarishga tayyorligida ko’rinadigan qobiliyati.
K. mahoratning asosini tashkil etadi. Longityud tadqiqot – sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o’rgansh. Maksad-bulgusi natijalar xakida xar doim aklan uylab kurilgan, rivojlantirilgan xayoliy tasavvurlar, kelgusidagi rejalar. Maqsad-bo’lg’usi natijalar xaqida xar doim aqlan o’ylab qurilgan, rivojlantirilgan xayoliy tasavvurlar, kelgusidagi rejalar.
Malaka – mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari.
Melanxolik - temperament turlaridan biri bo’lib, psixik faollikning sust, tez ta’sirlanuvchanlik, xatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta’sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Metod – bilishning nazariy va amaliy o’zlashtirish usullari yig’indisi.
Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli bo’lib, bilishning nazariy va amaliy o’zlashtirish usullari yig’indisidir.
Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o’zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |