Mehnat jarayonida harakatchanlik insonni kundalik ehtiyojini qondirish uchun amalga oshiriladigan mehnat faoliyati tushuniladi. Bu faoliyatda inson ehtiyojlari yuzaga keladi. Ayni bir paytda vaqt jamiyat ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi va shu tariqa jamiyatda sotsiol jamiyat yuzaga keladi.
Mehnat jamoasini ijtimoiy harakatchanligini tuzilishi uchun shu jamoani jamiyat xayotidagi o`rni va rolini e’tiborga olish zarur. Masalan, kichik bir ishlab chiqarish korxonasi ijtimoiy harakatchanlik misoli tariqasida avvalo birinchi navbatda
1) Mehnat jamoasini o`zi ijtimoiy harakatini mahsulidir.
2) Mehnat jamoasida ijtimoiy mehnat munosabatiga kirishilganligi uchun jamiyatda ijtimoiy harakat yuzaga keladi.
3) Korxona o`z harakati bilan ijtimoiy xayotga o`xshash o`z o`rinini topishga harakat qiladi.
Mehnat jamoasida harakatni tartibga keltirish uchun xodimlarni ish tajriba doiralari yuqori bo`lishi kerak. Har bir xodim shu faoliyati asosida harakat qiladi.
Bunda kadrlar masalasi mehnatni tashkil qilishda ularni tanlab olishda va joy-joyiga qo`yishda katta axamiyat kasb etadi. Mehnat jarayonida mehnatni tashkil qilish va boshqarish funktsiyasi kadrlar masalasida turli yo`nalishda psixologik tadqiqotlar olib borish mumkin.
Tadqiqot predmeti sifatida quyidagi masalalarni o`rganish tavsiya qilinadi.
1. Kadrlarni tanlash
2. Kadrlarni bilim va malakasini oshib borishini o`rganish
3. Kadrlarni raxbarlik ish usulini o`rganish.
4. Kadrlarni jamoadagi o`rni va rolini o`rganish.
5. Kadrlarni xodimlarga bo`lgan munosabatini o`rganish.
6. Raxbar kadrni shaxsiy karrelyasini o`rganish.
Mehnatni xarakter va mazmuni shundaki, uni bajaruvchisi bo`lgan shaxsdan shu jarayon talab etadigan muayyan ko`nikmalar hosil bo`lishiga olib keladi.
Ko`nikma tushunchasi shaxs bilan jamiyat o`rtasidagi munosabatdan hosil bo`ladigan turli xususiyatlarni ifodasidir. Mehnat ko`nikmasi hosil bo`lishi uchun mehnat xarakteriga xodimni xarakteri mos kelishi kerak. Mana shu moslashuv jarayoniga qarab turib biz adaptatsiyani davom ettirish vaqtini bilamiz.
Xozir Respublikamizda qudratli mehnat saloxiyati mavjud. Mehnat qiluvchi axolini deyarli 50 foizi ishlab chiqarishda korxona zavodda mehnat qiladi. Ish bilan band bo`lgan axolini tarkibi jihatdan qayta taqsimlash xamda mehnatga layoqatli yoshlar faoliyatini kamligi ko`rinib turibdi. Xozir qishloq xo`jaligi barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarni uchdan bir qismidan ko`progi band.
Ularni bo`shatib olish va iqtisodiyotni boshqa soxalariga eng avvalo sanoatga va xizmat ko`rsatish soxasiga yo`naltirish mehnat jarayonida iqtisodiy muammo xisoblanadi. Shuning uchun xam hozir Respublikada xal qilinayotgan eng dolzarb muammolardan biri ishlashni hohlovchilarni xammasini ish bilan ta’minlash.
Balki mehnatga layoqatli qiziqishi bordir. Bunda eng avvalo ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida ish bilan bandlikni vujudga keltirish mehnat jamoasida jamoa inoqligi axilligi ta’minlash raxbarni ishga ma’suliyat bilan ishga yondoshishini talab etadi.
Yana bundan tashqari korxona va zavodni iqtisodiy jihatdan kam daromadligi xam mavjud. Bu xam mehnat jarayonida mehnat faoliyatida iqtisodiy muammoni yuzaga keltiradi. Shu bois ishlab chiqarilgan maxsulotni sifati oliy emasligi kadrlar va xodimlarni mehnat tajribasi kamligi mehnatni ilmiy tashkil qilinishi bilmasliklari fan texnika taraqqiyotining so`nggi yutuqlari bilan jixozlash xodimlarni yoshlarni ularni ishga bo`lgan munosabati raxbarni boshqarish usuli asosiy axamiyat kasb etadi.
Shu bir qancha muammolar bartaraf etilsa, mehnat jarayonida iqtisodiy muammolar ziddiyatlar qoloqliklar xech qachon yuzaga oshmaydi. Xali xam yurtimizda bunday muammolarni deyarli oz bo`lsa xam uchratish mumkin.
Zero, izlanib yurmaydigan raxbar doimo orqada qolaveradi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek. “Xasad bilan emas, xavas bilan yashaylik” xar bir yangi ish boshlayotgan korxona yoki zavod raxbariga qulayliklar yaratib berish, kreditlar berish xuquqiy jihatdan ta’minlab berish, ishlab chiqilgan maxsulotni zavodga olishi muammolariga yordam berish zarur. Bunda chet el mamlakatlaridan tajribalar o`rganish, ish soatlarini to`g`ri tashkil etishni kuzatib borishni talab etadi.