Pedagogika-psixologiya kafedrasi shaxs psixologiyasi. Maxsus psixologiya. Iqtidorli bolalar psixologiyasi


mavzu Iqtidorlilikni diagnostika qilish metodlari



Download 0,49 Mb.
bet25/45
Sana21.05.2022
Hajmi0,49 Mb.
#605284
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Bog'liq
IQTIDORLI BOLALAR PSIXOLOGIYASI

6 mavzu Iqtidorlilikni diagnostika qilish metodlari.

Reja.
1. Iqtidorli bolalarni tanlash.


2. Kompleks baholash tizimi.
3. Intellektni o‘lchashning standartlashgan metodlari.
Ijodiy qobiliyatlarni o‘lchash.


Iqtidorli bolalarni aniqlash tamoyili va metodlari. Iqtidorli bolani aniqlash muayyan bir bola taraqqiyotini tahlil qilish bilan boqliq bo’lgan uzviy jarayondir. Iqtidorlilikni qandaydir usul orqali aniqlash mumkin emas. Shuning uchun iqtidorli bolalarni bir vaqtda aniqlashdan ko’ra bosqichma-bosqich ularni ta'lim jarayonida, individual ta'lim jarayonida aniqlab borish zarur.
Iqtidorli bolalarni aniqlashning axloqiy jiqatlari bor.Bolani "iqtidorli" yoki "iqtidorsiz" deb ajratish uchun oldindan sub'ektiv kurinishni inobatga olgan holda su'niy ravishda bola hayotiga aralashish kerak. "iqtidorli" va "iqtidorsiz" muvofaqiyatlarini noto’g’ri prognozlash oqibatida kelib chiqadi. Bolalar iqtidori kattalar talantiga olib kelmasligi ham mumkinligini inobatga olish kerak. Shunga muvofiqharqaysi talantli kattalar bolaligida iqtidorli bo’lmagan. (Mendeliev misolida). Yuqoridagilarni inobatga olib iqtidorli bolalarni aniqlashning quyidagi tamoyillarini ko’rsatish mumkin.
1. bola faoliyati va hulqini har tomonlama baholashning kompleks harakterga ega ekanligi.
2. uzoq muddatli kuzatish (bolani turli vaziyatlarda kuzatish).
3. bolaning hulq-atvoridan maksimal darajada qiziqtiruvchi va moyilligi kuchli faoliyat sohasida xulq-atvorini tahlil qilish.
4. rivojlantiruvchi ta'sirga ega bo’lgan trening usullarini qo’llash.
5. iqtidorli bolalarni baholash uchun ekspertlarni jalb qilish.
6. bola iqtidorini baholashda faqatgina uning psixologik taraqqiyotini aktual darajasini emas taraqqiyotning yaqin zonasini ham inobatga olish zarur.
7. faoliyat maxsulini taxlil qilish kuzatish suxbat, ekspert baxosi tabiiy ekasperiment metodlarini qo’llash.
Iqtidorlilikni aniqlashda dastlabki bahoga tayanib bo’lmaydi. Iqtidorli bolalarni aniqlash uchun kompleks yondashuv kerak. Bunda turli metodlarning keng ko’lami qo’llanilishi mumkin: bolani kuzatishning turli variantlari psixo diagnostik treninglar bola xulqini ota-ona, o’qituvchilar tarbiyachilar tomonidan ekspert bahosi maxsus dastur asosida. "Sinov" darslarini o’tkazish shuningdek bolalarni maxsus o’yinli va predmetiga yo’naltirilgan mashqulotlarga jalb qilish bola ijodiy faoliyatini maxsus mutaxasislar tomonidan baxolanishi intellektual olimpiadalarni tashkil qilish musobahalar, tanlovlar uyushtirish orqali ularning xulq-atvorini kuzatish va tahlil qilish mumkin.Biroq iqtidorli bolalarni aniqlashga kompleks yondashuv ham kamchiliklardan holi emas. Natijada tahlilida iqtidorli bola "tushib" holishi yoki buning aksi iqtidorsiz bola iqtidorlilar qatoriga kirib holish mumkin. "Iqtidorli" yoki "iqtidorsiz" larni diagnostika qilishda extiyoj bo’lmoq lozim chunki birgina so’z bola shaxsiga salbiy ta'sir etish mumkin. Ijtimoiy muhitning rolini inobatga olgan qolda iqtidorli bolalarni aniqlashning maxsus metodini yaratish talab etiladi.
Demak: iqtidorli bolalarni aniqlash juda murakkab jarayon bo’lib mutaxasislardan yuqori malakani talab qfildi. Psixodiagnostika metodlari har bir shaxs, ayniqsa o’qituvchi iqtidorli bola haqida tushunchaga egadir bu tasavvurlarni shakllanishiga bizning turli boallar bilan muloqotda bo’lishimiz, ularni kuzatishimiz va o’zaro qiyoslashimiz asos bo’lib xizmat qiladi. Lekin, bu tasavvurlar sub'ektivlikdan yiroq emas. qolaversa, iqtidorlilik haqidagi tasavvurlar jamiyat eqtiyojiga boqliq qolda o’zgarib turadi. Turli tarixiy davrlarda iqtidorlilikning turli ko’rinishlari bo’lgan: qadimda jangovor qobilyaitlar qadrlangan. O’rta asrlarda harb falsafasida mantiqiy fikrlovchi e'zozlangan bo’lsa, bizning davrimizda muammoni hal qilishda yangilikka, noan'anaviylikka intilish hayotiy chigalliklarni yecha olish qobiliyati tushuniladi. Agar biz 4 yoshli bolani mustaqil kitob o’qiyotganini, 5 yoshli bolani mashinkada o’zining qikoyalarini terayotganini, 9 yoshli bolani oliy matematika tenglamalarini yechayotganini ko’rsak, ularning iqtidorigi shubqa qilmaymiz. Shunday ekan diagnostika nima uchun kerakq Axir, qayratlarni isbotlash uchun emas-ku. Unutmaslik kerakki, boladagi iqtidorning namoyon bo’lishi uchun muayyan sharoit kerak va ular borasida eng muqimi - iqtidorni baholay oladigan, ko’ra oladigan, uni namoyon qilishga yordam beradigan insondir. Bu ilk bolalik davridan muqim o’ringa egadir. Agar bola erta o’z tilida gapira boshlasa (gu-gu, ga-gu), qiziquvchan bo’lsa, muhitni faol o’rgansa, lekin bu intilishlar kengaymasa, to’xtab qolsa, bu odatda erta namoyon bo’lgan iqtidorning rivojlanmayotganidan dalolat beradi. Bunday qollar maktab yoshida ham kechishi mumkin.Demak, bola iqtidori haqida gapirganda faqatgina faoliyat natijalariga u yoki bu sohadagi yutuqlariga haramaslik kerak, chunki iqtidorli bolalarning o’z qobiliyatini namoyon qilish uchun imkon bo’lmagan bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham iqtidorli bolalarni izlash, ularning individual yosh, shaxsiy xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarur. harqanday soha kabi psixodiagnostika ham yuqori malakani talab qiladi. qozirda psixodiagnostika maktab amaliyotiga keng kirib borayotganligi bois uning metod va yo’l-yo’riqlari bilan o’qituvchilar, ota-onalarni tanishtirib borish zarur. Psixodiagnostika lotina so’zdan olingan bo’lib, shaxs individual-psixologik xususiyatlarini o’rganish va o’lchash metodlarini ishlab chiquvchi sohasidir.
Bunday metodlar qatoriga testlarni kiritish mumkin. dastlabki testlar bundan bir necha ming yillar ilgari qadimgi madaniyatda mashqur bo’lgan. harbiy, zobit, devonbegi bo’lishga talabgor bo’lgan barcha testdan o’tkazilgan.
Masalan, qadimgi indeyslarda katta ayiq yulduzidan "ikkitalik yulduzni" ko’ra olgan kishi ovchilik bilan shuqullanishi mumkin bo’lgan (ko’z o’tkirligiga test). qadimgi Xitoyda oliy davlat lavozimlarida ishlashga imtixon topshirayotganlarning har biri she'r yozishni bilishi lozim bo’lgan (ijodiy qobiliyatlar testi).
Turli sinovlar yordamida munosibini tanlash xalq ertaklarida ham o’z aksini topgan. Masalan K.Gossining mashqur ertagida malika Turandot o’ziga munosib halliq tanlash uchun 3 ta topilmoq beradi. Biroq, psixodiagnostika mustaqil fan sifatida xorijda X1X-XX asrlarda tan olindi."Tafakkur operasiyalarini miqdor jiqatdan aniqlash"ga (F.Galton) urinishlarning boshlanishi psixodiagnostikada intelekt testlari bilan bir qatorda shaxsning boshqa psixologik xususiyatlari, shaxslararo munosabatlarini o’rganuvchi testlar kirib keldi. Parallel ravishda psixodiagnostikaning statistik apparati ishlab chiqildi: korreksion, faktorli, dispersion tahlillar va boshhalar XX asr o’rtalariga kelib qozirgi zamon testlari yaratildi.2.2.1. Kuzatish metodi.Iqtidorli bolalarga yondoshishida ularning individual xususiyatlarini kuzatishimiz hech narsaga erishib bo’lmaydi. Kuzatish metodining yutuqi shundaki u tabiiy sharoitlarda olib boriladi. Ob'ektni uni o’ziga bildirmmasdan kuzatish mumkin.Ushbu metodning yuzaga kelishida M.Ya.Basovning xizmatlari katta. U kuzatish ob'ektiga nisbatan munosabatga ko’ra kuzatuvning 3 tip ustanovkasini ajratgan: 1 tip ustanovka - kuzatuv jiddiy maqsad asosida amalga oshirilib, faqatgina zarur sifatlargina inobatga olinib, qolganlariga e'tibor haratilmaydi. 2 tip ustanovka - kuzatuvchi avvaldan qabul qilingan (-)i nazardan holi bo’lib, kuzatiluvchi haqida aniq ma'lumotga ega bo’lish. 3 tip ustanovka - qandaydir tayyorgarlik bo’lmaganda va ob'ekt diqqat markaziga kelish bilan kuzatuv boshlanadi. Keyin esa olingan natijalar asosida iqtidorli bolaarning dastlabki xarakteristikalari tuziladi. A.F.Lazurskiy ishlarida harakteristikalarni rasmiylashtirishning 2 uslubini uchratish mumkin: ma'lum ketma-ketlik asosida ma'lumotlar tekshiruvi tuziladi, xarakteristika oxirida - rezyume beriladi, tadqiqotchi avval keltirilgan sifatlarni emas, ayni vaziyatlarda yaqqol ko’ringan xislatlarni faktlar asosida isbotlab, ilgari surishi kerak.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish