Kayfiyat gulbarglarini tanlash
Olib boruvchi.
Bizning birinchi gullarimizni o’tkazish vaqti keldi. Lekin bu
gullar oddiy emas, ularning gulbarglari bugungi sizning kayfiyatingiz kabi.
Kimning kayfiyati qandayligiga qarab o’sha rangdagi gulbargdan oladi.
So’ngra olib boruvchi bolalarni kayfiyat gullari bilan tanishtiradi:
-Qizil - ko’tarinki;
-Sabzirang - quvnoq;
-Sariq - yorkin, yokimli;
-Yashil - hotirjam, bir tekis;
-Ko’k - xafa;
-Siyohrang - havotirli;
-Oq - qandayligini aytish qiyin.
IKKINChI KUN
Yalpi yig’ilish
Jixozlar:
«Jamoa» va «Men» belgilari, o’yinchoqlar (guruxlar soniga qarab).
Maqsad:
Birinchi kun o’tilgan belgilar bilan ishlash qoidalarini yodga
olishadi. Kattalar bolalarni kutib olib, shahar maydoniga kuzatib quyishadi.
yig’ilish
olib boruvchisi bilan birga Bilag’onlar bolalar oldiga tashrif buyuradi
(Bilag’onlar rolini olib boruvchining yordamchilari ijro etadi va ularga turli xil
o’yinchoqlar bilan yordam beradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |