Oddiy analogiya
Metodika oldindan berilgan (ko`rsatilgan) fikrlash usulidan foydalanib
tushunchalar orasidagi mantiqiy bog`lanishlarni topishga o`ynaltirilgan. Metodika
quyidagi toifadagi vazifalardan iborat bo`lishi mumkin:
O`quvchining o`quv materialidagi muhim
va asosiy belgilarni ajrata olishi
O`quvchining o`quv materialidagi muhim va asosiy belgilarni ajrata olish
malakasi quyidagi usul yordamida aniqlanadi:
Tekshiriluvchiga ma’lum so`zlar qatori beriladi, masalan:
SHAHAR
(avtomobil, bino, odam, ko`cha, velosiped);
KUB
(burchaklar, chizma, tomonlar, tosh, yog`och);
BO`LISH
(sinf, bo`linuvchi, qalam, bo`luvchi, qog`oz);
O`YIN
(o`yinchilar jarima, qoida, jazo, o`yingoh);
O`quvchining vazifasi qavs ichida berilgan beshta so`zlardan qavs
tashqarisidagi katta harflar bilan yozilgan tushunchaning topishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |