Metodik ko`rsatma:
Narsalarning nomini aytayotganda TS tovushini aniq
talaffuz etishlari kerak. TS tovushini cho`zib talaffuz etmaslik lozim. Aks holda
TS tovush S tovushi bo`lib eshitiladi.
«SHar yorildi»
Maqsad:
Bolalarga SH tovushini nutqda to`g`ri talaffuz ettirishni mashq
qildirish.
O`yinning borishi:
Bolalar qo`l ushlashib zich doira hosil qilib turadilar.
Tarbiyachining
«sharimizni shishiramiz» deyishi bilan huddi sharni
shishirayotganday bolalar doirasi kengayadi.
Tarbiyachining «shar yorilyapti» deb chapak chalishi bilan bolalar qo`llarini
yondan pastga tushiradilar va SH tovushini talaffuz etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |