“Belgilarni qo`yib chiq”
Bunda rasm tepasidagi shakllarga belgilar qo`yib ko`rsatilgan. ―Sen
shundan foydalanib qaysi shaklga qaysi belgi qo`yilgan bo`lsa sen ham shu belgini
qo`yib chiq‖ deyilib ikki daqiqa vaqt ajratiladi va natija formula orqali aniqlanadi.
64
120
8
,
2
5
,
0
n
N
S
bunda S diqqatning ko`chishi, N belgilangan vaqt
davomida bajarilgan ish (belgi to`g`ri qo`yilgan shakllar soni) n – xato.
10 ball – S=1,00 dan ko`p
8-9-ball – S=0,75 balldan 1,00 gacha
6-7-ball – S=0,50 dan 0,75 gacha
4-5-ball – S=0,25dan 0,50 gacha
0-3-ball – S=0,00 dan o,25 gacha
Rivojlanish darajasi:
10 ball – juda yuqori
8-9- ball yuqori
6-7- ball o`rta
4-5- ball past
0-3- ball juda past
65
Ko`p yillik kuzatishlar va pedagogik tajribalar, ilmiy adabiyotlar tahlili shuni
ko`rsatadiki, o`quvchining aqliy rivojlanish darajasini pastligi yoki ularda ma’lum
o`quv malakalarining rivojlanmaganligi, past o`zlashtirishga, uning kasbga, ilmga
qiziqishining pasayishiga olib keladi. SHuning uchun o`quvchining intellektual
rivojlanish darajasini, ularda mavjud o`quv malakalarini o`rganish, kamchiliklarni
tuzatish, maxsus o`quv va mehnat malakalarni rivojlantirishga yo`naltirilgan ishlar
o`quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi. Hozirgi vaqtda pedagoglar va
pedagogik psixologiya mutaxassislar oldida ikkita o`zaro uzviy bog`liq muammo-
o`quvchining ta’lim olishga bo`lgan qobiliyatini va o`zlashtirishning pastligi
sabablarini, ular orasidagi bog`liqlik o`rganish dolzarb bo`lib turibdi.
Diagnostikaning asosiy vazifasi faqatgina bir fandan emas, balki bir qancha
fanlardan o`zlashtirishni, yomon o`zlashtirish sabablarini (agar shunday hol ro`y
bergan bo`lsa) topishdangina iborat emas. Pedagog uchun o`quvchining haqqoniy
o`quv imkoniyatlarining barcha qirralarini iloji boricha ochib berishga xizmat
qiluvchi, har qanday sharoitda, qaysi predmetdan qanday mavzu o`tilganidan qa’ti
nazar qo`llash mumkin bo`lgan metodikalar zarur.
Avvalambor shuni ta’kidlab o`tish kerakki, o`quvchilarning aqliy rivojlanish
darajasi ulardagi nazariy yoki amaliy bilmi olishga qobiliyat yoki bilimning
mavjudligi bilangina aniqlanmaydi. O`quvchining aqliy rivojlanish darajsi tafakkur
jarayonlarining rivojlanganligi, o`quv materialining muhim va asosiylarni ajrata
olishi, olgan bilim yoki hosil qilingan, o`zlashtirilgan ko`nikmani boshqa
faoliyatga ko`chira olishi, turli nazariy bilimlarni amalda qo`llay olishi, mustaqil
fikrlashi, xulosa chiqara olishi, texnik vazifalarni echa olishi (texnik tafakkur) kabi
bir qancha belgilar bilan aniqlanadi. SHu sababli pedagoglar o`quvchining
o`rganayotgan kasbi, qaysi o`quv predmetining muhimligidan kelib chiqqan holda
uni baholashlari osonroq bo`ladi.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |