Pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi


«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini



Download 2,39 Mb.
bet62/67
Sana15.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#672503
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
3-kurs Yosh davrlari majmua

«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish vazifalari ana shuni
13 - MAVZU. O’QITUVChI PSIXOLOGIYASI.


Reja



  1. Jamiyatda o’qituvchining tutgan urni va vazifalari.

  2. O’qituvchiga qo’yiladigan talablar.

  3. O’qituvchining kasbiga xos xislatlari.

  4. Pedagogik qobiliyatlar.

  5. O’qituvchining o’z malakasini oshirib borishining muammolari.



Jamiyatda o’qituvchining tutgan o’rni va vazifalari. O’qituvchiga qo’yiladigan talablar


O’qituvchining o’rni va uning vazifalari, o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’gibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi aniqlanadi. Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»nihayotga tatbiq etish jarayonida o’qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oddida javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to’g’ri hal qilish vazifasi o’qitishchiga bog’liqdir.
Zamonaviy maktab o’qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O’qituvchi - sinfdagi o’quv jarayoni tashkilotchisidir. O’qituvchi o’quvchilar uchun dars paytida, qo’shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko’pchilik o’qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo’lib hisoblanadilar.
Zamonaviy o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yo’lga sola. olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
O’qituvchi maktabning pedagog jamoa a’zosi sifatida maktab hayoti faoliyatini uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o’qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o’qituvchi o’quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar o’qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar tag’ribotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko’pligi uchun ham jamiyatning o’qituvchilar oldiga qo’yadigan talablari tushunarlidir.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablardan eng muhimi o’qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bogliq xislatlariga qaratilgan.
O’qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat:
- o’qituvchining uz Vataniga sodiqligi, bolalarni sevish, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o’z yurti, ona tili, o’z xalhining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatining mustaqilligi g’oyasida yashashidan iboratdir;
- ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi;
- olijanobligi, aqli, farosati, ma’naviy pokligi, ma’naviyat va ma’rifat buyicha yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi;
- o’zini qo’lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.
Jamiyatning o’qituvchi oddiga qo’yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomonidan tarbiyalashning, milliy uyg’onish mafko’rasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruxida tarbiyalapsh, o’z Vatani tabiatga va oilasiga bo’lgan muxabbati;
- keng bilimga ega bulishi, turli bilimlardan xabardor bulishi;
- yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bulishi;
- o’zi dars beradigan fan buyicha mustahkam bilimga ega bo’lib, uz kasbi, sohasi bo’yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bulishi;
- ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
- o’z ishiga ijodiy yondashishi;
- bolalarni bilishi, ularning ichqi dunyosini tushuna olishi;
pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktta ega bulishi;
- o’zbilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Har bir o’qituvchi ana shu talablarga to’la javob bera oladigan bo’lishiga ingilishi shart.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish