Pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi


Muammoli savol: Shaxs taraqqiyoti qanday davrlarga bo’linadi?



Download 2,39 Mb.
bet30/67
Sana15.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#672503
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
Bog'liq
3-kurs Yosh davrlari majmua

Muammoli savol: Shaxs taraqqiyoti qanday davrlarga bo’linadi?
Shu vaqtgacha shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lib o’rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikasiyalaridan biri butun jahon olimlarining qaroriga ko’ra, 1965 yili Fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. U quyida berilgan jadvalda keltirilgan.



Yosh davrlari

Erkaklarda

Ayollarda

Chaqaloqlik

1-10 kun

1-10 kun

Emiziklik davri

10 kundan 1 yoshgacha

10 kundan 1 yoshgacha

Ilk bolalik

1-2 yosh

1-2 yosh

Bolalikning 1-davri

3-7 yosh

3-7 yosh

Bolalikning 2-davri

8-12 yosh

8-11 yosh

O’smirlik davri

13-16 yosh

12-15 yosh

O’spirinlik davri

17-21 yosh

16-20 yosh

O’rta yetuklik davri







Birinchi bosqich

22-35 yosh

21-35 yosh

Ikkinchi bosqich

36-60 yosh

36-55 yosh

Keksalik davri

61-75 yosh

56-75 yosh

qarilik davri

76-90 yosh

76-90 yosh

Uzoq umr ko’ruvchilar

90 yoshdan ortiq

90 yoshdan ortiq

Mashhur rus psixologi Vыgotskiy 1920-1930 yillarda o’zining oliy psixik funksiyalarining rivojlanishi nazariyasini e’lon qildi. Vыgotskiy psixika taraqqiyotining umumiy genetik qonunini quyidagicha aniqlaydi: "Bola madaniy rivojlanishida har bir funksiya 2 bosqichda namoyon bo’ladi. Dastlab ijtimoiy, so’ng psixologik. Dastlab interpsixik kategoriya sifatida bola ichida namoyon bo’ladi. Har bir oliy psixik funksiya o’z taraqqiyotida tashqi bosqich orqali o’tishi kerak.


Rossiya psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vыgotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananyev singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug’ullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois yosh davrlarini tasniflash muammosi o’zining kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq qiladi. Hozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir.
L.S.Vыgotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi;
1. Chaqaloqlik davri inqirozi.
2. Go’daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha, bir yoshdagi inqiroz.
3. Ilx bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz.
4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz.
5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz.
6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, yoshdagi inqiroz.
L.S.Vыgotskiy o’zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Umuman L.S.Vыgotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy tarixiy ahamiyatta ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to’g’risidagi mulohazali va olga surgan g’oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir.
D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontyev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim toshdi:
1. Go’daklik davri - tug’ilgandan 1 yoshgacha - yetakchi faoliyat -bevosita emosional muloqot;
2. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - yetakchi faoliyat -predmetlar bilan nozik harakatlar qilish;
3. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolli o’yinlar;
4. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o’qish;
5. Kichik o’smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot;
6. Katta o’smirlik yoki ilk uspirinlik davri - 16 yoshdan 17 yoshgacha; - yetakchi faoliyat - o’qish, kasb tanlash davri.
D.B.Elkonin tasnifini ko’pchilik psixologlar tomonidan e’tirof etilsa-da, biroq uning birmuncha munozarali tomonlari mavjud. Umuman D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o’rin to’tadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyondasi A.ALyublinskaya inson kamolotini yosh davrlarga ajratishda faoliyat nuqtai nazaridan yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi;
1. Chaqaloqlik davri - tug’ilgandan bir oylikkacha;
2. Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha;
3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha;
4. Maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 5 yoshgacha;
5. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha;
6. O’rta maktab yoshi davri (uspirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha:
7. Katta maktab yoshi davri-15 yoshdan 18 yoshgacha.
Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyondasi B,A.Krutestkiy insoning ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta’kidlaydi:
1. Chaqaloklik (tug’ilgandan 10 kunlikkacha);
2. Go’daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha);
3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
4. Bog’chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha};
5. Bog’cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha);
6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha);
7. O’smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha);
8. Ilk o’spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha).
Yuqoridagi barcha tasniflar ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganligidan qat’iy nazar inson kamolotini to’la ifodalab berishga ojizlik qiladi.
Mazkur nazariyalar insonning shaxs sifatida shakllanishi bosqichlari haqida ko’proq ma’lumot beradi, xolos. Ularda yoshlik, yetuklik, qarilik davrlarining xususiyatlari, qonuniyatlari to’g’risida nazariy va amaliy ma’lumotlar yetishmaydi.
Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili AV.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga ijtimoiy-psixologik nuhtai nazardan yondashib, shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta’kidlaydi:
1. Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr) -tug’ilganidan 3 yoshgacha.
2. Bolalik davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha.
3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha,
4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha-
5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha.
A.V.Petrovskiyning tasnifi mukammal bo’lsa-da, kamolotning oraliq bosqichlarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi. Vaholanki, o’sish ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksincha, qanday bo’lishidan qatxiy nazar, har ikkala yo’nalishning ham oraliq jabhalari bo’lishi ehtimoldan holi emas.
Ma’lumki, har bir yosh davr, o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bularga: oilada va maktabda bola holatining o’zgarishi, ta’lim va tarbiya shakllarining o’zgarishi hamda bolaning yangi faoliyat turlari, organizmdagi ayrim xususiyatlarning yetilishi singari jarayonlarni qiritish mumkin.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish