Pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi


- Mavzu: Ontoganezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishga oid xususiyatlari



Download 2,39 Mb.
bet26/67
Sana15.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#672503
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
3-kurs Yosh davrlari majmua

4- Mavzu: Ontoganezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishga oid xususiyatlari


Reja:
1. Yosh davrlar psixologiyasida nazariy masalalari
2. Yosh davrlarning tabaqalanishi va ilmiy nazariyalar
3. Yosh davrlar inqirozlari




Tayanch iboralar: yosh davrlar, psixik taraqqiyot, irsiyat, genetik omillar, ijtimoiy omillar, faollik, yosh taraqqiyoti davrlari, yosh inqirozi.
Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson shaxsini tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuvi va mazkur muammoning mohiyatini turlicha yoritadi,
Ma’lumki, har bir davr o’zining muhim hayotiy sharoitlari, ehtiyojlari va faoliyati, o’ziga xos qarama-qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jihatdan xarakterli yangi sifatlarning hosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Har bir davr o’zidan oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida shakllanishi va o’z navbatida, o’zidan keyingi davrning paydo bo’lishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi, Sho’ o’rinda psixologiyada mavjud yosh davrlarini tabaqalash nazariyalariga o’rg’u berib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Yosh xaqidagi ilmiy tasavvur psixika taraqqiyotini tabiiy biologik jarayon sifatida tushunish bilan bog’liq. Qarama qarshi nuqtai nazarlardan biri yosh tushunchasi umuman rad etiladi. Bunday xollarda taraqqiyot bilish va ko’nikmalarni to’plashdangina iborat deb qaraladi. Har bir yosh davri psixik taraqqiyotning maxsus bosqichidir va bola taraqqiyotining ma’lum bosqichida shaxs strukturasidagi o’ziga xosliklar majmuini tashkil etadigan o’zgarishlar to’plami bilan xarakterlanadi. L.S.Vыgotskiy yoshni taraqqiyotning ma’lum davri deb qaragan. Uning fikricha 1 yosh davrdan boshqasiga o’tganda ilgari yosh davrida mavjud bo’lmagan yangi narsa paydo bo’ladi, taraqqiyotning borishi o’zgaradi va qayta quriladi. Yosh xususiyatlari ko’p sharoitlar majmui bilan belgilanadi. Ularga xayotning ma’lum bosqichida bolaga quyiladigan talablar sistemasi ham, munosabatlar ham, u egallaydigan faoliyat va bilimlar tipi ham bu bilimlarni o’zlashtirish usullari ham kiradi. Yoshning xususiyatini belgilaydigan sharoitlar mazmuniga bola jismoniy taraqqiyotining xar xil tomonlari xususiyatlari ham kiradi.
Shunday qilib, yosh davri xayot sharoitlari va taraqqiyotning ma’lum davrida bolaga quyiladigan talablar xususiyatlari va uning atrofdagilar bilan munosabatlari, bola shaxsi psixologik tuzilishidagi taraqqiyot darajasi bilan uning tafakkuri va bilimlari taraqqiyoti darajasi hamda ma’lum fiziologik xususiyatlar majmui bilan xarakterlanadi.
Yosh davrini atrofdagilarga munosabat taraqqiyot darajasi bilan bilimlar, usullar, qobiliyat taraqqiyoti darajasi o’rtasidagi aloqa belgilaydi. D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, taraqqiyot jarayonining bu 2 turli tomonlar o’rtasidagi munosabatning o’zgarishi keyingi yosh davrlarda muxim ichki asosni tashkil etadi. Masalan, go’daklik davrida bolaning tashqi muxit bilan aloqasi uning kattalar bilan munosabati orqali amalga oshiriladi. Bola xuddi shunday munosabatlar sistemasi sifatida ma’lum malakalarni egallaydi. Unda tasavvurlarning sodda bosqichlari shakllanadi. Kattalar bilan muloqat usullari kengayadi, nutqi rivojlanadi va boshqalar. Bularning bari bolaning mustaqil xarakat qilish imkoniyatlarining kengayishi uchun asos yaratadi. So’ngra atrofdagilar bilan munosabat usullari ham o’zgaradi. Bu esa psixik taraqqiyotning keyingi borishi sharoitini o’zgartiradi. Bunday vaziyat o’smirlik davrida ham vujudga keladi. Bunda oldingi taraqqiyot yutuqlari majmui bola xayot sharoitlari o’zgarishi bolaning atrofdagilar bilan munosabat usullarining o’zgarishiga olib keladi.
Psixologlar tomonidan yosh davrlarning tabaqalashlarning nazariy masalalari ishlab chiqilgan. Ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta xissa bo’lib qo’shiladi, amaliy va nazariy muammolarning xal qilishda keng qo’llanilmoqda.

Кийинги йилларда болалар ва мактаб ўқувчиларининг жисмоний ва психик ривожланишида акселерация (лотинча - «тезланиш») ходисаси рўй бермоқда.



Olimlar akselerasiya xodisasining ham biologik ham ijtimoiy sabablarini ko’rsatmoqda.
1. Biologik sabablari oz miqdordagi ionlashgan nurlarning va radio to’lqinlarining ta’siri qishloq xo’jaligi va medisinada o’sish va rivojlanishni, stimullashtiruvchi biologik faol moddalarning qo’llanilishi, inson ozuqasida hayvon oqsil moddalari miqdorining oshishi.
2. Ijtimoiy sabablari-hayot tipining kuchayishi, hayot tonusining ortishi, televideniya, radio, kino orqali bolaning o’smirlik chog’idan boshlab miyasiga yig’iladigan g’oya ko’p miqdordagi informasiyalar, ma’lumot oqimining ta’siridan iboratdir.
Xozirgacha balog’atga erishish va jinsiy yetilishning jadallashishi to’g’risida bir butun ilmiy nazariya mavjud emas. Shuning uchun o’sishdagi jadallashish, ya’ni akselerasiya bo’yicha ham muayyan nazariya yaratilmagan. Ana shu boisdan har xil ilmiy asosdagi, bir-biridan farqli e’tirozli qator nazariyalar paydo bo’lgan. Qo’yida psixolog E.G’.G’oziyev tomonidan sanab o’tilgan akselerasiya muammosiga oid qarashlarni keltiramiz:

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish