Онтогенез-(юнонча, ontos-мавжудот, жонзот; genezis-келиб чиқиш, пайдо бўлиш)-индивиднинг пайдо бўлишидан умрининг охиригача психик ривожланиш жараёни.
Ёшнинг улғайиб бориши, психик жараёнларининг ривожланишидаги қонуниятлар, ундаги етакчи омиллар ҳамда инсон ҳаёт йўлининг турли босқичларида унинг шахсига хос хусусиятлар-ёш психология фанининг тадқиқот предмети ҳисобланади.
Ma’lumki shaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta’lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Yosh psixologiyasi fani ham o’z navbatida o’ziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan ta’lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o’rganilsa yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi tabiiydir.
Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o’z qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida o’rganiladi. Bular: bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, o’spirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar (gerontopsixologiya) psixologiyasidir.
Nazariy vazifalari
|
Amaliy vazifalarini
|
Yosh psixologiyasi fanining vazifalarni mazmuniga ko’ra ikki guruhga ajratish mumkin. Yosh psixologiyasi fanining nazariy vazifalari g’oyat muhim va murakkab bo’lib, u shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarining o’zaro ta’siri xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.
|
Yosh psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo’lishi va taraqqiy etishi hamda inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o’rganishda qo’lga kiritilgan ilmiy dalillarni ta’lim-tarbiya sohalariga tadbiq qilish tashkil etadi.
|
Jamiyat a’zosi bo’lgan bolaning rivojlanishi qonuniyatlarini, uning psixikasini, ongining rivojlanishini, umuman, bolaning tug’ilganidan boshlab voyaga yetgunicha bo’lgan psixik rivojlanishini psixologiyaning alohida sohasi bo’lgan bolalar psixologiyasi fani o’rganadi.
Tabiat va jamiyat qonuniyatlari ichida bola psixikasining rivojlanishi qonuniyatlari, o’sib kelayotgan bola shaxsining rivojlanishi qonuniyatlari ham mavjuddir. Mana shu qonuniyatlar umumiy psixologiyaning maxsus tarmog’i bo’lgan bolalar psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Yosh psixologiyasi, bolaning psixik xususiyatlari miqdor jihatidangina emas, sifat jihatidan ham rivojlanadi va o’zgaradi, degan qoidaga asoslanadi.shu tufayli yosh psixologiyasi bolaning psixik rivojlanishi qonuniyatlari va psixikaning namoyon bo’lishi xususiyatlarini taraqqiyotning turli yosh bosqichlardagi xolatini tadqiq etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |