sanguine,
xolerik, melankolik va flegmatik
... Ammo bu umuman odamda, xususan,
sizda temperamentning bir turi bor degani emas. Bu juda kam uchraydi yoki
umuman bo'lmasligi mumkin. Aslida, temperamentning barcha to'rt turi har
bir kishiga xosdir. Ammo har birimizda xarakterning asosiy turi bor. Shaxsan
men asosan sanguinman, lekin ba'zida xolerik bo'laman. Melanxolik tip,
albatta, menda yo'q, flegmatik tur kamdan -kam uchraydi.
Rahbarning muhim shaxsiy - kasbiy sifatlarini
o‘rganish metodlari
Zamonaviy maktab direktori yetarli darajada professional oʻzini oʻzi qadrlashi kerak, aks
holda, u oʻz faoliyatini va pedagogik xodimlarning faoliyatini tahlil qila olmaydi.
Koʻtarilgan oʻzini oʻzi hurmat qilish rahbarning oʻsishiga yoʻl qoʻymaydi, chunki u barcha
masalalarda malakali ekanligiga ishonch hosil qiladi va oʻzini yanada yaxshilashga
intilmaydi. Oʻzini past baholash, aksincha, shaxsning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi,
rahbar oʻziga ishonmaydi, oʻz maktabining ta’lim maydoniga innovatsion texnologiyalarni
kiritishdan qoʻrqadi. Adekvat professional oʻzini oʻzi baholash (ya’ni oʻz kasbiy
imkoniyatlarini, jamoadagi oʻrnini, qabul qilingan qarorlarning oqibatlarini eng real
baholash) professional muvaffaqiyatga yoʻldir
[2]
.
Maktab direktorida boʻlishi kerak boʻlgan kasbiy fazilatlarga oid adabiyotlarni oʻrganib
chiqib, biz bu jamoada ishlash, pedagogik jamoa a’zolarini maqsadli maqsadlarga
undash, tashkilotning korporativ madaniyatini shakllantirish, har bir oʻqituvchiga
yondashish, shaxsning psixologiyasini bilish va bu bilimlarni oʻz faoliyatida mohirona
qoʻllash kabi sifatlar zamonaviy ta’lim menejerlarida boʻlishi zarurligini bilib oldik
[3]
.
Asosiy qism.
Maktab direktorining kasbiy malakasi
– bu rahbarning bilimlari, kasbiy va
hayotiy tajribasi, qadriyatlari hamda moyilliklaridan foydalangan holda boshqaruv
faoliyatining real vaziyatlarida yuzaga keladigan kasbiy muammolar va vazifalarni hal
qilish qobiliyatini tavsiflovchi ajralmas kasbiy va shaxsiy sifatidir
[4]
. Biz tomonimizdan
oʻtkazilgan tadqiqot davomida zamonaviy boʻlajak rahbarlar qiyofasining ijtimoiy-
psixologik xususiyatlarini oʻrganish maqsad qilib olingani bois E.Gʻoziyev,
R.Toshimovning “Menejer kasbiy moyilligini aniqlash” metodikasi, V.Boykoning “Empatik
qobiliyatlar darajasini diagnostika qilish” soʻrovnomasi, F.Akramova, N.Lutfullayevaning
“Oʻzgalarni tinglay olasizmi?” test-soʻrovnomasi, shuningdek, “Kaskad usulida
rahbarning oʻz-oʻzini baholash diagnostikasi” metodikalaridan foydalanildi. Quyida
olingan natijalarning empirik tahlilini amalga oshirish barobarida bizni qiziqtirayotgan
muammoga yechim topishga harakat qilamiz. Tadqiqotimiz obyekti sifatida 118 nafar
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli umumta’lim muassasalarida
faoliyat olib boruvchi rahbar-
mutaxassis kadrlar, ya’ni maktab direktorlari va ularning
oʻrinbosarlaridan iborat sinaluvchilar guruhi tanlab olingan boʻlib, ularning 66,1% i
ayollar, 33,9% i erkaklardir.
“Kaskad usulida rahbarning oʻz-oʻzini baholash diagnostikasi” metodikasining kasb boʻyicha
tafovutlar tahlili amalga oshirilganda, rahbarlik faoliyatiga boʻlgan xohish kuchi shkalasi boʻyicha
direktorlarda oʻrtacha rang summasi 54,32 ni, ranglar summasi 3205,00 ni, direktor
oʻrinbosarlarda esa oʻrtacha rang summasi 64,68 ni, ranglar summasi 3816,00 ni tashkil etib
ahamiyatli farqlar kuzatilmadi (U=1435,000, p≤0,057). Shuningdek, oʻz-oʻzini baholash shkalasi
boʻyicha direktorlarda oʻrtacha rang summasi 64,63 ni, ranglar summasi 3813,00 ni, direktor
oʻrinbosarlarida esa oʻrtacha rang summasi 54,37 ni, ranglar summasi 3208,00 ni (U=1438,000,
p≤0,103) tashkil etdi.
Yuqorida olingan natijalarga asosl
anib, direktor va direktor oʻrinbosarlari sinaluvchilarimizda
metodika shkalalari boʻyicha kasb tafovutiga koʻra tahlil amalga oshirilganda, ahamiyatli farqlar
kuzatilmaganini rahbarlikka boʻlgan xohish kuchi barchada nisbatan bir xil kechishi, shuningdek,
ushbu faoliyatga boʻlgan himoya mexanizmlarining faollashuvi bilan ham izohlash joiz.
Boshqaruv faoliyatiga boʻlgan xohish kuchi mehnat jarayoni davrida ma’lum bir e’tirofga erishish,
tartibga solish uchun rivojlanadi.
“Kaskad usulida rahbarning oʻz-oʻzini baholash diagnostikasi” metodikasining kasb
boʻyicha tafovutlar tahlili amalga oshirilganda, faoliyatdagi rahbar soʻrovnomasi boʻyicha
ham ikki guruh sinaluvchilarda ahamiyatli farqlar kuzatilganini koʻrish mumkin. Mazkur
soʻrovnoma boʻyicha direktorlarda oʻrtacha qiymat koʻrsatkichi 88,5932 ni, standart
ogʻish 3,82874 ni, direktor oʻrinbosarlarda esa, oʻrtacha qiymat koʻrsatkichi 89,8814 ni,
standart ogʻish 2,82284 ni tashkil etdi (t=-2,080; p≤0,05).
Mehnat faoliyatida rahbar oʻzi yengib oʻtishi kerak boʻlgan turli xil muammoli vaziyatlarga
duch kelishi, yuzaga kelgan muammoni hal qilish uchun u yoki bu harakat yoʻlini topishi
kerak. Muammolarni yengishning individual usullari mehnat faoliyati davrida shakllanadi
va boshqaruv faoliyatidagi qaysi yoʻnalishdagi muammoli vaziyatlar bilan koʻproq
ishlashga boʻlgan xohish kuchi ham shu davr mobaynida rivoj topadi. Olingan
natijalardan direktor oʻrinbosarlarida direktorlarga qaraganda amaliy rahbariy amaliy
faoliyat yuqoriroq boʻlgani ma’lum boʻldi. Bu farqni direktorlarning rasmiy rolidan kelib
chiqib, ularda faoliyat jarayonining natijalarini tahlil qilish, jamoani aniq bir maqsadga
yoʻnaltirish ishlarida faollik koʻrsatishlari bilan izohlash mumkin boʻlsa, ikkinchi
tomondan, amaliy rahbariy faoliyatning di
rektor oʻrinbosarlarida yuqoriroq boʻlishi,
ahamiyatga molik boʻlgan amaldagi barcha vazifalarning ular tomonidan ijro etilishi,
rasmiy uchrashuv, tadbirlarda ishtirokining kamligi hisobiga jamoa bilan vazifalarni
bajarish, ularni nazorat qilish mexanizmini uyushtirishda bosh-
qosh boʻlishning ular
zimmasida ekanligi bilan ham tavsiflanadi
[5]
.
Tadqiqotimiz doirasida qoʻllangan metodikalarning kasb tafovuti boʻyicha tahlili
quyidagicha tus olganini koʻrishimiz mumkin: “Menejer kasbiy moyilligini aniqlash”
metodikasi bo
ʻ
yicha direktorlarda oʻrtacha rang summasi 56,94 ni, ranglar summasi
3359,50 ni, direktor oʻrinbosarlarida esa oʻrtacha rang summasi 62,06 ni, ranglar
summasi 3661,50 ni tashkil etdi (U=1589,500, p≤0,401), “Empatik qobiliyatlar darajasini
diagnostika qilish” so
Do'stlaringiz bilan baham: |