1. professional bilimdonlik - o`zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal yo`lga qo`yish uchun o`sha faoliyat borasida to`la ma’lumotlar, bilim va malakalarga ega bo`lishlikdir.
2. Uslubiy bilimdonlik - bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko`nikmalari, turli loyihalar xususidagi ma’lumotlar, to’shiriqlarni tez, to`g`ri va tushunarli tarzda xodimlarga yetkaza olish qobiliyati.
3. Ijtimoiy-psixologik bilimdonlik - odamlar bilan ishlash, ular bilan til topishish, jamoani uyushtira olish, uni yaxshi ishlashga safarbar qilish, o`zidagi liderlik sifatlarini to`la namoyon eta bilish qobiliyati. Bu tushuncha ko`pincha “kommunikativ bilimdonlik” tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi.
Har qanday faoliyatda muvaffaqiyatni ta’minlovchi sifatlar ehtirof etiladi. Ularning orasida eng ko`p marta takrorlanadiganlar:
a) intellekt - odamning murakkab va mavhum muammolarni yecha olish qobiliyati, u o`ta yuqori bo`lmasligi, aksincha, o`rtachadan yuqori bo`lishi kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: |