Ta’lim jarayoni asosan necha bosqichdan tashqil topadi?
*4 bosqichdan
Analiz nima?
*analiz (bo’laklarga ajratish)-narsa, voqea va xodisalarni tarkibiy qismlarga, bo’laklarga ajratish.
Sintez-nima?
*Sintez bu- (birikish, qo’shilish) o’rganilayotgan narsa, voqea va xodisalarning alohida qismlarini, bo’laklarini bir butun qilib birlashtirishdir.
Taqqoslash nima?
*Taqqoslash narsa va xodisalardagi tafovut hamda o’xshashligini, tenglik va notenglikni topa olishga yo’naltirilgan fikrlash operasiyasi demakdir.
Induktiv tafakkur nima?
*Induktiv tafakkur (keltirib chiqarish) juz’iy yoki yakka hollardan umumiyga, ayrim dalillardan umumlashmalarga qarab boradigan mantiqiy bilish metodi, tafakkur shakllaridan biridir.
Deduktiv xulosa nima?
*Deduktiv xulosa (ikkiga ajratish, keltirib chiqarish) umumiy xukmlardan yakka xukmlarga qarab borish metodi, tafakkur shakllaridan biridir.
Tushuncha nima?
*Tushuncha voqelikdagi narsa va xodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bir so’z yoki so’zlar birikmasi bilan ifodalashdan iborat tafakkur shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |