Mening yorim qahramon
Dushmanga bermas omon.
Bosqinchi fashistlarni,
Qilar yer bilan yakson .
Qayta tiklash, tinchlik yillarida mehnat tarbiyasini targ’ib etuvchi, kushiklar
tugildi:
Ishlov berdik bo’z yerlarga bog’ bo’ldi,
Chigit ekdik, “oq oltin” dan tog’ bo’ldi.
Kuch ayamay mehnat qildik, tolmadik,
To’kkan terdan rohat, vaqtlar chog’ bo’ldi. va b..
Porloq kelajakka umid ko’zi bilan boqqan ajdodlarimiz inson qobiliyati va
qudratini ideallashtiruvchi mifologik obrazlarni yaratgan. Mifologik obazlarning
ilk namunalari qadimiy mif va afsonalarda o’z aksini topgan.
Mif grekcha “myfhos”-so’z, rivoyat so’zidan olingan bo’lib, dunyoning
paydo bo’lishi, tabiat hodisalari, xudolar, afsonaviy pahlavonlar; goh inson, goh
jonzod qiyofasidagi zulmkor dushmanlar haqidagi to’qima afsonalardir.
Mifologiya - miflarni o’rganuvchi fan bo’lib, u ibtidoiy insonning tabiat sirlarini
bilishga intilishi tufayli vujudga kelgan.
175
Insonning tabiat stixiyalariga qarshi kurashdagi ojizligi (bo’ron, sel, zilzila,
dovul...) tufayli ularga qarshi kurasha oluvchi g‘ayritabiiy obrazlar yaratishga
ehtiyoj tugilgan. Natijada yaxshilik va yomonlik haqidagi mifologik tasavvurlar
paydo bo’lgan. Olam haqidagi bunday ibtidoiy miflar ta‘sirida osmon, oy, quyosh
va turli hayvonlar, xudolar, g’ayritabiiy pahlavonlar haqidagi miflar vujudga keldi.
Hayvonlar va tabiat stixiyalariga qarshi kurashga qaratilgan (so’z kuchi, afsun
“avrash” vositasida ularga ta‘sir etish tufayli, yovuz kuchlarga teng keladigan qurol
inson ixtiyorida bo’lmagan bir paytda) miflar yaratildi. Ko’rinib turibdiki, miflar
insonga osoyishta yashash, yovuz kuchlarni yengishga ko’maklashuvchi orzular
ifodasidir.
Miflarda yaxshilik va yomonlik, go’zallik va xudbinlik, yorug’lik va zulmat
orasidagi kurash jarayoni tasvirlanadi. Komil insonlar hamisha yaxshilik, go’zallik,
yorug’likning tantana qilishi ko’maklashadi. Aniqroq aytilganda, miflarni o’qigan
o’quvchi ijobiy qahramonlarning tarafdoriga aylanadi. “Avesto” da yaxshilik –
Axura Mazda, yomonlik – Axriman qiyofasida namoyon bo’ladi. Kitob g’oyasiga
ko’ra barcha hodisalar (tabiat va jamiyatdagi) ana shu ikki yaratuvchining o’zaro
kurashidan kelib chiqadi.
Mitra – quyosh va yorug’lik xudosi, Noxit – obodonlik, farovonlik xudosi,
Xumo – baxt, tole xudosi va boshqa yaxshilik tantanasiga ko’maklashadi.
Yomonlik kuchlari: ajdar, dev, jin, yalmog’iz va boshqa mifologik obrazlarda
tasvirlangan. Shuningdek, Kayumars va Jamshid haqidagi miflar ham O’rta
Osiyoda qadimdan tarqalgan. Uning turli variantlari mavjud (“Avesto” da, “Qadim
xalqlardan qolgan yodgorliklar” da, “SHohnoma” da va b.) Kayumars “G’iyosul
lug’at” da Govmard (inson - buqa) deb ta‘riflanib, Amudaryo bo’yida yashagan,
bo’yi daryoning narigi betiga yetgan va hokazo ....
Miflardagi ijobiy obrazlar xalq manfaati uchun, adolat, go’zallik uchun
kurashadi. Kishilarga hayotda, kurashda yordam beradi. Ularga oliy insoniy
sifatlarda o’rnak ko’rsatadi, kasb-kor o’rgatadi. Demak, miflarda xalq ommasining
ilk pedagogik tafakkuri o’z ifodasini topgan, deyish mumkin.
Jamshid haqidagi mif O’rta Osiyo va Eronda keng tarqalgan bo’lib, unda
Jamshid najotkor qahramon sifatida ko’rsatilgan (“Avesto” da).
Jamshid adolatli podsho bo’lib, uning ming yillik shohlik davrida qahraton
sovuq, jazirama issiq, kasalliklar va o’lim kamaya borgan. Uning yerida mollar va
odamlar ko’paya borgach, u yerni uch marta ko’paytiradi, chorva va qushlarni ham
ko’paytiradi. Ammo, to’satdan qahraton qish, toshqin boshlanadi. Odamlarni
qutqarish uchun Jamshid (yima) ariqlar ochadi. Bu afsona A. Navoiyning “Mulki
Ajam”, Firdavsiyning “SHohnoma” asarlarida tasvirlangan. Bunday mifologik
obrazlar keyinchalik ertak va dostonlarda rivojlantirildi.
“Odami Od” hikoyasida Nuh payg’ambar bo’yi bulutga yetadigan usta
yordamida chinordan kema yasatib, odamlarni kemaga o’tqazib, o’zi kemani torta
ketibdi (“Od” – fors-tojikcha “ulkan odam”). “Er Xubbi” mifi ham insonga
g’amxo’rlik timsolidagi etnopedagogik asardir. U Xorazm va Farg’onada keng
tarqalgan. Xubbi insonparvar, daryoning hokimi, Amudaryoda 700 yil yashagan va
bu davrda daryoga jinlar yaqinlasha olmagan. Jamshid taxtga o’tirishi bilan u dom-
daraksiz g’oyib bo’lgan. Bundan Xubbining opasi aza tutgan, u bilan birga daryo,
176
tog’u-toshlar, qushlar, hayvonlar, odamlar, osmonda farishtalar, yer ostida devlar
yig’lagan. Ular Xubbi tirik, qiyomatgacha yashaydi, deb tasavvur qilganlar.
“To’maris”, “SHiroq” rivoyatlari, Rustam haqidagi epos, qadimgi
qo’shiqlarda ham yuksak tarbiyaviy sifatlar targ’ib etilgan. Ularda kishilar
yaxshilik qilishga, xushxulq bo’lishga, yomon odatlardan xalos bo’lishga
chorlangan. Jumladan, “Devonu lug’otit turk” da quyidagi pedagogik g’oyalar
madh etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |