Pedagogika kafedrasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

 
 
Keksa avlod, ota-ona o`z farzandlarini uzoq zamonlar mobaynida to`plangan 
va takror-takror sinovdan o`tgan ajoyib insoniy fazilat qoidalari hamda uni amalga 
oshirish metod va vositalarini yaratganlar va shu asosda zamona yoshlarini o`sha 
ijtimoiy hayot talablariga muvofiq kishilar qilib tarbiyalab kelganlar. 
Xalq ijodi materiallarining ko`rsatilishicha, bolalarda insoniy xis-tuyq’ularni 
tarbiyalashning mazmuni kishilarga mehr-muhabbat qo`yish, izzat-hurmat bilan 
muomala qilish, insoniy huquqlarni himoya qilish, qadrlash, kishilar oldidagi o`z 
burchini anglash, odamlarga nisbatan samimiy, halol va rostgo`y bo`lish kabi 
dastlabki elementar odob va ahloq qoidalarini o`z ichiga oladi. 
O`zbek xalq pedagogikasi yoshlarda yuqoridagi kabi ma'naviy fazilatlarni 
tarkib toptirmoq uchun, birinchi navbatda bolalarni o`ziga yaqin kishilarga ota-ona, 
aka-uka va oiladagi kattalarga bo`lgan tabiiy muhabbat tuyq’ularini tarbiyalab 
voyaga yetkazish zarurligiga amal qilingani ko`rinadi. 
Ma'lumki, kishilarning shu jumladan bolalarning ota-ona va kattalarga 
bo`lgan mehribonligi, q’amxo`rligi tuq’ma hodisalar bo`lmay, tarbiya 
natijasidagina shakllantirilgan ma'naviy fazilatlardir. 
Ota-onalarning bolalarga mehr-muhabbat, fidokorlik va q’amxo`rliklarining 
o`zi bolalarda ota-onani qadrini oshiradi. Ota-ona bolalar ko`z o`ngida muqaddas 
va mo`'tabar bo`lib gavdalanadi. Ularning ota-onaga bo`lgan tabiiy muhabbat 


149 
hislarini tarbiyalab boradi. Bolalardagi bu hissiyot ayniqsa, bolalarning maktab 
yoshigacha bo`lgan davrida, ota-onaning suyushi, erkalashi, ardoqlashi zaminida 
rivojlanib boradi. 
Biroq o`zbek xalq oq’zaki ijodida, shuningdek, xalq pedagogikasida ota-ona 
bolani qanchalik sevmasin va unga qanchalik mehr qo`ymasin, bu sohada ma'lum 
me'yor mavjudligi haqida fikr yuritiladi. Bolani haddan tashqari ardoqlash, 
erkalash, taltayib ketishiga yo`l ochib bermaslik uqtiriladi. Xalq pedagogikasida 
ota-onaning o`z farzandini sevishi, ardoqlashi, erkalashi, uning kelajak istiqboli 
baxtli bo`lishi bilan chambarchas boq’liq bo`lgandagina bolagi ijobiy ta'sir etishi 
mumkin ekanligini ko`rsatadi. 
Xalq oq’zaki ijodida ota-onalarning o`z farzandlarini zo`r berib erkalashi va 
taltaytirishlari natijasida ularning injiq, irodasiz, tantiq, xushyoqmas, dangasa, 
odobsiz, o`jar va xudbin bo`lib qolishlarini tasvirlovchi asarlar ko`plab uchraydi. 
Erka tutsa onasi, 
Taltayadi bolasi. 
O`zbek xalq poetik ijodida bolalarni oilada va bola yashab turgan muhitda 
insoniy fazilatlarni tarbiyalashning juda uzoq zamonlardan beri davom etib 
kelayotgan o`ziga xos xilma-xil metod va vositalari mavjud ekanligi ko`rinadi. 
Insoniy fazilatlarni tarbiyalashda namuna ko`rsatish metodi ustida gap 
yuritilar ekan, avvalo shuni aytib o`tish kerakki, insoniylik mavzusida aytilgan 
ertak va dostonlarning o`zi katta tarbiya vositasi, metodi sifatida xizmat qiladi. 
Ertak va dostonlarda uchraydigan namuna ko`rsatish metodining xarakterli tomoni 
– uning asosan ikki yo`nalishida ko`zga tashlanishidir. Bir tomondan ijobiy fe'l-
atvorga ega bo`lgan kishilarning hatti-harakatlarini ko`rsatish orqali undan ibrat 
olishga undalsa, ikkinchi tomondan salbiy fe'l-atvorga ega bo`lgan kishilarning 
nojo`ya hatti-harakatlarini ko`rsatish bilan undan nafratlanishga tarq’ib qiladi. 
Masalan, «Erali va Sherali» dostonida, aka-ukaning ustozi bolalarga odob-
ahloq haqida juda ko`p pand-nasihatlar aytadi. Shu o`git-nasihatlardan xulosa 
chiqarib, Erali ukasiga: - «Aqli rasolarning gapini ko`rdingmig`» deb, u shunday 
donolardan ibrat olish kerakligini aytadi. 
«Orzigul» dostonida Suvonxon otasi Suyonxonning o`zi uyida parvona 
bo`lishining qadriga yetmaydi. Arzimagan gap bilan otasiga nisbatan ginaxonlik 
qilib yuradi. Otasi esa bundan ranjiydi. Shu orada Suvonxon farzand ko`radi. U 
bolasini juda sevadi. U: «Farzand qanday yaxshi! Yurakning moyidan, kishining 
mehri joyidan bo`lur. Ko`rar ko`zimni yiq’latma», - deb Orzigul bilan o`q’lining 
qoshiga kelib: «Kishi farzand ko`rmaguncha ota-onaning qadrini bilmas ekan», 
deb otasidan ibrat olishiga, uni qadrlashga ahd qildi. shuningdek, «Men kuyarman 
bolamga, bolam kuyar bolasiga», «Sen ham bo`larsan mendek» ertaklarini ham 
ko`rsatish mumkin. 
Demak, ota-ona va oiladagi kattalarning ijobiy fe'l-atvor va hatti-harakatlari 
shu oiladagi bolalarga ijobiy ta'sir qilgani holda oiladagi kattalarning nojo`ya hatti-
harakatlari bolalarga salbiy ta'sir ko`rsatadi. 
O`zbek 
xalq oq’zaki ijodida insoniylikni tarbiyalash yuzasidan 
qo`llaniladigan raq’batlantirish va qoralash bir necha formada ko`zga tashlanadi. 
Ko`pchilik ertak va dostonlarda raq’batlantirish metodi: 1) ma'qullash va maqtash, 


150 
2) alqash, 3) mukofotlash shakllarida, jazolash metodi esa: 1) qarq’ash, 2) jismoniy 
jazo berish shakllarida uchraydi. 
Raq’batlantirish metodi ahloqiy tarbiya yuzasidan eng ko`p qo`llaniladigan 
metodlardan biri, xalq oq’zaki ijodida u turli shaklda ishlatiladi. Ularni shartli 
ravishda quyidagi guruhga ajratgan holda talqin qilish mumkin. 
Ma'qullash va maqtash. Xalq oq’zaki ijodiyoti asarlarida bolalarni insoniylik 
yuzasidan amalga oshirgan ibratli ishlarini kattalar tomonidan ma'qullash, 
taqdirlash, rahmat aytish va maqtov bilan bir o`rinda tasvirlanadi. Masalan: «Erali 
va Sherali» dostonida, Erali bilan Sheralini insoniylik yuzasidan el-yurt, oshna-
oq’ayni o`rtasidagi munosabatlari usta Odilni juda quvontiradi, ularning fe'l-
atvoriga qoyil bo`ladi. 
Usta Odil ikkalasining yuziga qarab: «Barakalla aka-ukalikda o`zgalar 
sizlardan ta'lim olishlari kerak. Ta'lim bergan ustozingga ming rahmat, ustozdan 
ibrat olgan aqllaringga rahmat, ikkinchi padaringga rahmat!» deydi. 
«Suxrob va Muzrob» ertagida tasvirlanishicha, Suxrob bilan Muzrob ikkisi 
katta bir mamlakat xalqiga taxlika solib turgan devlarni o`ldiradi. Shunda saroyga 
yiq’ilgan kishilar Suxrob va Muzrobning baxodirlarcha qilgan xizmatlariga 
ofarinlar aytib qoyil qolishibdi. 
Yuqorida keltirilgan asarda bolalar o`zlarining odobi, insonpavarliklari bilan 
ota-ona, ustoz ham xalq ommasining olqishlariga sazovor bo`ladilar. Ba'zan ertak 
va dostonlarda bolalarning taqdirlanish sabablari ko`rsatiladi, ularning kelajakda 
ham shunday bo`lishiga da'vat etiladi. Masalan: «Chambil mudofaasi» dostonida 
shunday voqeani ko`ramiz: Go`ro`q’libekning o`q’li Avaz Holdornikiga to`yga 
boradi. To`y davomida Holdorxonning dushmanligini sezib keladi va bo`lgan 
voqeani otasiga aytib beradi. Shunda Go`ro`q’libek: Avazning bu so`zlarini 
eshitib, sherday hayqirib, yo`lbarsday cherpinib, qoplonday chopinib, ko`zlari 
o`tday yonib «Barakalla, o`q’lim, yaxshi ish qilibsan! Indamay kela berganingda 
mening o`q’lim bo`lmas eding, men sendan xush vaqt bo`lmas edim». «O`q’lim, 
barakalla, har ish vaqti – soati bilan bo`ladi, dedi». 
Ko`rinib turibdiki, Go`ro`q’libekning o`z farzandi Avazning faoliyatidan 
minnatdor bo`lib uni raq’batlantirdi. 
Olqish. Olqish xalqimiz o`rtasida qadim zamonlardan beri davom etib 
kelayotgan raq’batlantirish shakllaridan biridir. Olqish xalq oq’zaki ijodida 
raq’batlantirishning boshqa shakllariga qaraganda ko`proq uchraydi. 
Odatda olqish va qarq’ish ma'lum sotsial guruh va alohida shaxslarning 
o`zaro munosabatlarida, bir-birlarining ijobiy yoki salbiy hatti-harakatlariga 
nisbatan minnatdorchilik yoki q’araz, norozichiliklarini izhor qilishlarida 
qo`llangan. 
Asosan ota-ona, keksalar va umuman ayrim shaxslar o`zgalarning ijobiy 
harakatlariga minnatdorchilik izhor qilishga qodir bo`la olmasalar taqdirlash, 
mukofotlash, armuq’on in'om o`rnida o`zlarining chuqur ichki istak va armonlarini 
izhor qilganlar. Keyinchalik o`zgalar uchun baq’ishlanadigan istak va orzular 
o`ziga nisbatan qudratli va qodir bo`lgan tashqi kuch – Ollohdan so`raydigan 
bo`lganlar. 
O`z navbatida olqish duo ham bir necha yo`nalishda ko`rinadi. 


151 
Birinchidan – o`z fe'l-atvori va hatti-harakati bilan kattalarni manzur qilgan 
bolalarning soq’-salomat bo`lishlariga ishlatiladigan olqish: umringdan baraka top, 
dard ko`rma, tani-joning soq’ bo`lsin ilohim va hokazolar. 
Ikkinchidan – bolalarning kelajagi haqida: baxtiyor bo`l, niyatingga yet, 
tuproq olsang oltin bo`lsin, ilohim. 
Uchinchidan – tashqi ta'siriga nisbatan: do`stga zor, dushmanga xor bo`lma, 
qasd qilganlar past bo`lsin, ilohim va hokazolar. 
Mukofot. Xalq ijodida raq’batlantirishning mukofot shakli ham uchraydi. 
Lekin, xalq oq’zaki adabiyoti namunalarida ba'zi obrazlar – xalq orzu qilgan – 
adolatli va xalq sevar podsholar, qurbi yetgan keksalar, o`z fe'l-atvori va hatti-
harakati, donishmandligi bilan ko`pchilikka manzur bo`lgan, keksalarni 
shuningdek, el-yurt va hukmdorlarni ma'lum bir topshiriq va niyatlarini mardlik va 
matonat bilan ado etgan yoshlarni mukofotlaganliklari, ularning mehnatini 
qadrlaganliklari ifodalanadi. 
QADRLASH METODI 
Xalqimiz o`rtasida bolalarning ahloqiy tarbiyasi yuzasidan qo`llaniladigan 
qoralash metodi turli shaklda – uyaltirish, koyish, urishish, so`kish, qarq’ash, oq 
qilish va jismoniy jazo berish shakllarida qo`llanilishi ma'lum. Biroq xalq oq’zaki 
ijodida asosan qoralashning qarq’ish va jismoniy jazo berish kabi ayrim 
shakllarigina uchraydi. 
qarq’ish ham ma'lum sotsial guruh yoki ayrim kishilar o`zaro shaxsiy 
adovatda bo`lganlarida, raqibi qarshisida o`zi kuchsiz ekanligini anglab, o`ziga 
nisbatan qudratli bo`lgan ikkinchi bir kuchning ko`magidan madad tilab murojaat 
qilish, ya'ni o`sha kuch orqali o`z raqibiga ko`ngilsizlik, baxtsizlik, qayq’uli hollar, 
hatto o`lim tilaganlar. 
qarq’ish ota-ona va umuman kattalarning o`z bolalari yoki begona bolalarga 
nisbatan qo`llanilib, u ham o`z navbati bilan shaxsi – jismoniy va fe'l-atvoridagi 
xususiyatlarga ko`ra turlicha ishlatiladi. 
Odatda qarq’ish bola tarbiyasida eng ko`p qo`llaniladigan shu bilan birga eng 
zararli jazo shakllaridandir. Bunday jazo orqali bolalarda ruhiy azob, tushkunlik va 
alam ortadi. Ota-ona va kattalarning tarbiyasi sifatidagi ta'siri yo`qoladi, kattalar 
bilan bolalar o`rtasidagi mehribonlikka putur yetadi, ahillik va obro` yo`qoladi. 
Shuning uchun ham xalqimiz: 
Ura bersang, eti qotar, 
qarq’ay bersang, beti qotar deydi. 
Jismoniy jazo – o`zbek xalq pedagogikasi tarixida bolalarga jismoniy jazo 
berish, juda uzoq zamonlardan beri davom etib kelayotgan shakllaridan biridir. 
Tarixda bolalarga nisbatan qo`llaniladigan juda oq’ir jismoniy jazo shakllari 
bo`lgan. Shuningdek, oilada ota-ona va umuman kattalar tomonidan, tarbiya nuqtai 
nazaridan qo`llaniladigan jismoniy jazo – tarsaki, quloq cho`zish, xivchin yoki 
qamchi bilan urish, mushtlash, tepish kabilar bo`lganligi ma'lum. Biroq, xalq 
oq’zaki ijodida tarbiya yuzasidan faqat shapaloq (tarsaki) urish shakligina 
uchraydi. 
Umuman xalq oq’zaki ijodida jismoniy jazo tarbiyaviy ta'sir ko`rsatuvchi 
vosita sifatida aslo uchramaydi. 


152 
Tarbiya vositalari. Xalq ijodi materiallarida bolalarning odob-ahloqiy 
tarbiyasi yuzasidan qo`llaniladigan metodlar bilan birga xilma-xil tarbiya 
vositalaridan ham foydalanilgani ko`rsatiladi. Bular asosan quyidagilardan iborat 
bolalar o`yinlari, choyxo`rlik, gap yeyish, kattalar bilan birgalikda to`y-
marosimlarida ishtiroki, sayillar, safar sayohatlarga borish va hokazolar. 
Xalq pedagogikasini chuqur o`rganar ekanmiz, o`zbek xalqi bolalarini 
tarbiyalashda tarbiyaviy ishning eng ta'sirchan usuli – o`yin shaklidan oqilona 
foydalanganliklarini ko`ramiz. 
O`q’il bolalarni uddaburon, chaqqon, topqir qilib, qizlarni mehr-shafqatli, uy 
ishlariga kirishimli qilib tarbiyalaydigan shunday o`yin shakllari bo`lganki, ularni 
bugungi kunda qayta tiklash va tarbiya jarayoniga qo`llash lozim. 
Xalq pedagogikasida farzandni jismonan baquvvat, aqlan barkamol qilib 
tarbiyalash bilan birga ularni hayotga, turmushning oq’ir-engil sinovlariga 
tayyorlab borishga ham qattiq e'tibor berilgan. 
Ota-onalar farzand fidoiylaridir. Bu sharq xalqlariga xususan o`zbek millatiga 
xos fazilat. Shunday ekan farzandlarning ota-onalari oldidagi burchlari beqiyosdir. 
Fikrlarimizni Navoiyning quyidagi misralari bilan yakunlasak maqsadga 
muvofiq bo`ladi: 
Boshni fido qilq’il ota boshiga, 
Jismni qil sadaqa ano qoshiq’a. 
Tun-kuningga aylagil nurposh, 
Birisin oy ayla, birisin quyosh. 
Farzand tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati haqidagi etnopedagogika fikrlari 
Farzand 
inson 
hayotining 
davomchisi, 
orzu-umidlarining 
ro’yobga 
chiqaruvchisidir. U faqat oila uchun emas, balki millat, elat, xalq, jamiyat uchun 
ham qadrlidir. Shuning uchun etnopedagogikada bola tarbiyasi faqat oilaningemas, 
balki jamiyatning ham vazifasi sifatidatalqin etiladi. Shuning uchun “Bir bolaga 
yetti maxalla ota-ona” ekanligi talqin etiladi.ayni paytda bola tarbiyasida 
jamiyatdagi muhitning ahamiyati aks etishi ota-onaning, qo’shnilarning qarindosh-
urug’larning ahloqiy sifatlariga bog’lab tushuntiriladi. Jumladan, “Onasini ko’rib, 
qizini ol”, “Odobli bola elga manzur”, “Yoshdan xato, kattadan uzr”, “Kattaga 
hurmatda bo’l, kichikka izzatda bo’l!”singari maqollar shunday sifatga ega. 
Yomon axloqiy sifatlar bola tarbiyasining oilada noto’g’ri yo’lga qo’yilishi 
tufayli yuzaga kelishi “Erkalatsa onasi, taltayadi bolasi”, “Qush uyasida ko’rganini 
qiladi” singari maqollarda ifodalangan. Odamlarga, ota-onaga qarata: “Bolani 
yoshdan o’rgat, xotinni boshdan o’rgat!”,-deb maslahat beriladi. Aks holda: 
“Buyursa-bola, Buyurmasa-balo” bo’lishi mumkinligi alohida ta‘kidlanadi. Agar 
bola yaxshi inson bo’lib tarkib topsa, u xalq uchun, mamlakat uchun foydali inson 
bo’lishi mumkinligi ta‘kidlanadi: 
“Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi” 
Do’st tanlashda adashmaslik uqtiriladi: 
“Ishonmagin”do’sting”ga 
Somon tiqar po’stinga!” 
“Ota dushmani do’st bo’lmas!” 
“Yo’ling bilib yo’ldosh qil 


153 
Tiling bilib tengdosh qil” va b.. 
“Alpomish” dostonida Hakimbek, “Tumaris”, “SHiroq”rivoyatlarida Tumaris, 
Shiroq singari el-yurt uchun o’z hayotini qurbon qilishgacha borib yetgan 
Jaloliddin manguberdi, Temur Malik, Sohibqiron Amir Temur singari vatanparvar, 
xalqparvar tarixiy shaxslar yetishib chiqdi. Ularning jasoratli hayot yo’lini 
o’rganish hozirgi paytda yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir. Hozir 
maxhalla, hashar, to’y, sayil va boshqalar ijtimoiy tarbiya manbaidir. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish