Tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv va uni loyihalash
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish o‘quvchilar tomonidan mavjud ilmiy bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini kafolatlovchi yondashuv hisoblanadi. Ta’lim texnologiyasi ta’lim jarayoni ning mohiyati, uning bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida kechadigan ta’limiy munosabatlarning mazmunini anglatishga xizmat qiladi.
Barkamol shaxsni shakllantirish muammosining ijtimoiy zaruriyat sifatida e’tirof etilayotganligini nazarda tutadigan bo‘lsak, tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirish, mazkur jarayonni texnologiyalashtirish ga erishish muhim pedagogik vazifalardan biri ekanligini yanada chuqurroq anglaymiz.
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish aniq maqsadga va ijtimoiy g‘oyaga asoslangan hamda o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi demakdir.
Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondashish zarurligini taqazo etadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari amaliyotida ma’lumki, uzoq yillar davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning ko‘pchiligi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan tarbiyaviy ishlar rejasida belgilangan tadbirlarni o‘tkazishga majburman qabilida yondashib kelganlar.
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda mazkur jarayonni loyihalashtirish hamda uning asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega. Unda tarbiyaviy tadbir mavzusiga doir materiallar yig‘iladi, tarbiyaviy tadbir maqsadi va vazifalari belgilanadi, uning mazmuni, shakli, metodlari va vositalari tanlanadi. Tarbiyaviy tadbirni tashkil etishda uning vaqti belgilanadi va ssenariysi ishlab chiqiladi. O‘quvchilar faoliyati va faolligi nazorat qilinadi. Yakuniy qismida xulosa chiqariladi.
Bu jarayonda tarbiyaviy tadbirlarning tashkil etilishiga nisbatan texnologik yondashuv mohiyati o‘quvchilar mustaqilligini ta’minlashda quyidagi omillarning mavjudligiga e’tiborni qaratish ham taqazo etadi.
O‘quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazilishiga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish va rag‘batning mavjudligi ta’minlanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari amaliyotida yuqorida bayon etilgan omillarni inobatga olish va shu asosida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish ularning muvaffaqiyatli tashkil etilishini ta’minlab qolmay, balki o‘quvchilarda ularning o‘tkazilishiga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi, ma’naviy-axloqiy sifatlarning tarbiyalanishi uchun qulay sharoitni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |