Pedagogika kafedrasi o’quv-uslubiy majmua


Pedagogik hamkorlikni ifodalovchi sinergetika atamasi o‘zbek tiliga yaqindagina kirib keldi



Download 4,71 Mb.
bet174/222
Sana28.02.2022
Hajmi4,71 Mb.
#475518
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   222
Bog'liq
Пед конф. мажмуа-2021

Pedagogik hamkorlikni ifodalovchi sinergetika atamasi o‘zbek tiliga yaqindagina kirib keldi. U o‘zaro kelishuvga asoslangan birgalikdagi hamkorlik, hamjihatlik, o‘zaro do‘stlik ma’nolarini anglatadi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, sinergetika shaxslararo hamkorlik va hamjihatlikning tarkibiy asoslari, rivojlanish dinamikasi va eski strukturalarning inqirozga uchrash sabablarini qiyosiy jihatdan o‘rganadi. Mutaxassislar hamkorlikning turli jihatlariga ko‘ra, uning tasnifini yaratishga muvaffaq bo‘lganlar. Jumladan, ular tomonidan hamkorlikning kognitiv modeli ham taqdim qilingan. Bu model shaxsning amaliy faoliyati bilan bog‘liq ijodiy hamkorlikni ifodalaydi. Hamkorlikning bilishga asoslangan modeli ham mavjud. Inson ochiq doim to‘plangan tajribalardan o‘z faoliyatida foydalanishga ehtiyoj sezadi. Bugungi kunda hamkorlik nazariyasi boshqa metodologik paradigmalar orasida muhim o‘rin egallamoqda. Bu ayniqsa, pedagogika, sotsiologiya, psixologiya va falsafaga oid yondashuvlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Hamkorlikka asoslangan bilish jarayoni ta’lim tizimida tayaniladigan qonuniyatlarni taqozo qiladi. Birinchi navbatda, ularning rivojlanishidagi ziddiyatlar va tadrijiylik nazarda tutiladi. Bunday sharoitda ko‘plab muammoli pedagogik holatlarni hisobga olish imkoniyati mavjud.
Pedagogik konfliktologiya fani shak-shubhasiz pedagogik tadqiqotlar metodologiyasini boyitadi. Bu o‘rinda intuitsiyaga asoslangan bashoratlar konfliktlarni bartaraf etishning konstruktiv modeli sifatida namoyon bo‘ladi. Hamkorlik kategoriyalarining uyg‘unligi pedagogik konfliktlarni yuzaga kelishiga yangicha nazar bilan qarashni taqozo qiladi. Buning uchun, pedagogikada shaxslararo bog‘liqlikning juda kam ishlangan jihatlariga murojaat qilinadi. Pedagogik konfliktologiya fanining bugungi kunga qadar respublikamizda tadqiq etilmaganligining asosiy sababi ta’limning to‘la ma’noda o‘quvchilar shaxsiga yo‘naltirilmaganligidadir. Pedagogik konfliktologiya fanining o‘ziga xos jihatlarini an’anaviy ta’lim sharoitida tatbiq qilish o‘ta murakkab masaladir. Biz amaliyotda bunday urinishlarning mavjudligini ham kuzatdik. Hamjihatlik yordamida o‘quvchilar o‘zaro do‘stona kelishuv asosida bir-birlariga yangicha nazar bilan qaray boshlaydilar. Pedagogik hamkorlik nazariyasini keng ko‘lamda yoritish uchun mazkur pedagogik konfliktlarga murojaat qilish alohida ahamiyatga ega. Aksariyat pedagoglar guruh bilan ishlaydilar. Buning asosiy sababi, ular go‘yoki ko‘plab noma’lum narsalarni yechish jarayonini muvofiqlashtiradilar.
Pedagogik konfliktologiya fani bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiya jarayonida turli nizoli vaziyatlar, to‘qnashuvlarga, shuningdek, jamiyat hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlarga tayyor turish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘lgan ta’lim maqsadi ustuvorlik qilmoqda. Ta’lim jarayonini jadallashtirish va o‘quvchilarda shaxsiy sifatlarni shakllantirish ko‘p jihatdan umuminsoniy ehtiyojlar bilan bog‘liq tarzda vujudga kelmoqda. Ta’lim tizimini takomillashtirish, pedagogik konfliktologiya fan tarmog‘ini kengaytirish, avtoritar pedagogikadan voz kechish, o‘quvchi shaxsiyatini birinchi o‘ringa qo‘yishni taqozo qilmokda. O‘quvchining talablarini qondirish uchun uning o‘ziga xos nekbin(har narsani yaxshi tomondan ko‘ruvchi, optimist)ligi, layoqatlari, qobiliyatini rivojlantirish lozim.
O‘quvchilarda o‘zaro kelishuvga asoslangan birgalikdagi faoliyatini ifodalovchi tizimda jamoaning ijodiy quvvatlari va faoliyat samaradorligi namoyon bo‘ladi. Yangi maqsadlarni ro‘yobga chiqarish imkoniyati ta’minlanadi. Bu maqsad - o‘quvchilar jamoasini ularning kuchlari yordamida qo‘shimcha ijodiy natijani qo‘lga kiritishga o‘rgatishdan iborat. O‘quvchilarda o‘zaro kelishuvga asoslangan birgalikdagi faoliyatini ifodalovchi tizimyangi o‘quv vositalari yordamida muloqot jarayonini optimallashtiradi hamda axborotli mahsulotlarni ishlab chiqadi va o‘quv jarayoniga tatbiq etadi. Shuning uchun ham, pedagogik konfliktlarni yechimini topish fan sohasi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quv materiallariga ishlov berishda yangi ta’lim metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, ta’lim jarayonida bir qator ziddiyatlarning mavjudligi tufayli ham o‘quv jarayonini o‘zaro kelishuvga asoslangan birgalikdagi faoliyatini ifodalovchi tizim asosida tashkil etish vazifasi yanada dolzarblashmoqda.


Download 4,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish