Pedagogika kafedrasi o’quv-uslubiy majmua


-mavzu: Pedagogik konfliktologiyada tolerantlik tushunchasi va mediatsiya qoidalari



Download 4,71 Mb.
bet114/222
Sana28.02.2022
Hajmi4,71 Mb.
#475518
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   222
Bog'liq
Пед конф. мажмуа-2021

18-mavzu: Pedagogik konfliktologiyada tolerantlik tushunchasi va mediatsiya qoidalari


Reja:

      1. Konfliktlarni bartaraf etishda tolerantlik.

      2. Tolerantlikni zamonaviy tushunish va anglash jarayonlari.

      3. Konfliktlarni bartaraf etishda mediatsiya.

Tayanch so’z va iboralar: tolerantlik, mediatsiya, adolatparvarlik, konflikt, pedagogik konflikt, zamonaviy tushunish jarayonlari, boshqarish, konfliktli vaziyat, ichki hissiyotlar, maslahat, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, ziddiyatni yechish, konflikt manbalari, rag’batlantirish, integratsiya, moslashish, muammoda fikr jamlash, tafakkur


ADABIYOTLAR:

      1. Ahmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya. –T.: Adabiyot uchqunlari, 2017. -320 b.

      2. Ansupov A.Ya. Osnovы konfliktologii. –M.: 1998;

      3. To‘ychieva G.U., Asadova E. Yoshlar va konfliktlar yechimi. Manual. –T.: 2008.

      4. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.

      5. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. N.T.Omonov, N.X.Xojaev, S.A.Madiyarova, Ye.I.Eshkulov. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009.

      6. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.

  1. Hikmatnoma. //To‘plovchi N.Eshonqulov. Toshkent: Cho‘lpon, 1992.

Konfliktlarni bartaraf etishda tolerantlik
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lini tanladi. Dunyoviy davlatchilik asoslarining bosh tamoyillaridan biri esa tolerantlik hisoblanadi. Shu bois XXI asr takomilini tolerantlik tafakkurisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tolerantlik tafakkuri millatlar, elatlar, xalqlar, madaniyatlar, qarashlar, mafkuralar xilma-xilligi sharoitida ularning barchasining o‘zaro hamkorlik va bir-birini qabul qilish, tenglik va o‘zaro hurmat asosida yashash jarayonlarini anglatadi.
Tolerantlik tafakkuri qadimdanoq turli xalq va millatlarni bir-biriga moslashtirish va o‘zaro hamjihatlikda yashash talabi asosida rivojlanib kelgan. Ammo ayni XXI asrda dunyo iqtisodiy, ma’naviy, madaniy munosabatlaridagi umumlashish va uning asosidagi globalizatsiya jarayonlari, davlatlardagi insonlararo va mafkuralararo ziddiyatlarning ortishi tolerantlikni insoniyat istiqboli taqdiri va umumbashariy bunyodkorlik g‘oyalarini belgilovchi zamonaviy tafakkurga aylantirdi.
Demak, tolerantlik (lotincha “tolerantlo” chidamlilik, bag‘rikenglik, sabr-toqatlilik, yon berish) – dinlar, ijtimoiy tartiblar, milliy va diniy urf-odatlar, madaniyatlar, o‘zga diniy, siyosiy qarashlar, e’tiqodlar hamda turmush tarziga nisbatan sabr-bardoshlilik, chidamlilik, odoblilik, andishali bo‘lish ma’nolarini anglatadi. Tolerantlik deganda, tor ma’noda, dinlar rang-barangligini inkor etmaslik, dinlararo bag‘rikenglik tushuniladi. Ayni paytda, tolerantlik keng ma’noda faqatgina dinlararo munosabatlarga tegishli emas, balki butun dunyo xalqlari, mavjud barcha millatlar va elatlarning hozirgi zamondagi o‘zaro hurmati, bag‘rikenglik, bir-birini inkor etmaslik, ularning mavjud turli-tuman turmush tarzlariga tegishli tushuncha ekanligini anglash darkor bo‘ladi.
Ma’lumki, hozirgi davr turli mafkuraviy ziddiyatlarning kuchayishi va keskinlanishi bilan xarakterlanadi. Ular sirasida diniy aqidaparastlik, diniy riyokorlik “ommaviy madaniyat”, “axborot xurujlari”, “soxta demokratiyalar”, “rangli inqiloblar”, “preventiv revalyusiyalar” kabi mafkuraviy ta’ziyq va zamonaviy mafkuraviy tahdidlar sog‘lom tafakkur, davlat va millat ozodligini muhofazalashga qaratilgan, milliy manfaatlar asosiga qurilgan g‘oyalarni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytiradi.
Tolerantlik xuddi ana shunday sog‘lom aqida va g‘oya sifatida insonlararo munosabatlarni tartibga soladi, ularni o‘zaro sog‘lom muloqot qilishga o‘rgatadi. Shu nuqtai nazardan, tolerantlik tushunchasi ekstremizm kabi tushunchalarga qarshi bo‘lib, falsafiy-ijtimoiy ong tarkibidan o‘rin oladi va inson tafakkurida namoyon bo‘ladi.

Download 4,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish