Individualizasiya tamoyili. Mehribonlik uylari a’zosining har biriga nisbatan Mehribonlik uylarida tolerantlikni shakllantirish borasidagi individual shart-sharoitlarning belgilanishi, individual grafikda ma’lum chora-tadbirlar va vazifalarning aniqlashtirilishi individualizasiya tamoyilining mazmunini belgilab beradi. Mehribonlik uylaridagi turli xil vaziyatlarda shaxsiy munosabatni shakllantirish omillari belgilanadi. Shaxsning ichki ijobiy potensialiga urg’u beriladi va uni namoysh qilish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Bu tamoyilni amalga oshirish shart va sharoitlari quyidagilardan iborat: Mehribonlik uylari a’zolarining tolerantlik tafakkurini monitoring qila bilish, har bir Mehribonlik uylari a’zosiga mos keluvchi uni ishontirish va uning faoliyatini amaliy qilish usullarini belgilash, har Mehribonlik uylari a’zosiga ta’sir o’tkazishning usul va shakllarini aniqlab olish, Mehribonlik uylarida individual tarbiya vositalarini to’g’ri va shaxs xususiyatlaridan kelib chiqqan shakllarini belgilash, shu bilan birga har bir individga o’zi istagan va tanlagan usul va vositalardan foydalanish imkoniyatini yaratish.
Refleksiv munosabat tamoyili. Mehribonlik uylarida ota-ona va bolalarda muayyan ahamiyatga ega bo’lgan voqyea va hodisalarga nisbatan anglangan va qat’iylashgan munosabatlar tizimidagi umumiylik va o’xshashlikni shakllantirish, tolerantlikni Mehribonlik uylariviy munosabatlar tizimida refleksiv tarzda namoyon bo’lishi asoslarini yaratish. Mehribonlik uylaridagi refleksiv munosabat biror voqyea yoki hodisaga nisbatan Mehribonlik uylarida muqim shakllantirilgan xulq-atvor va axloq normalarida o’zini namoyon qiladi. Masalan, Mehribonlik uylarida kichiklarni hafa qilmaslik, ularga nisbatan kuch ishlatmaslik barchaning axloqiy normasiga aylangan.
Bu tamoyilni amalga oshirish shart va sharoitlari quyidagilardan iborat: Mehribonlik uylari a’zolarining boshqalarga nisbatan munosabatini axloqiy normalar asosida tashkil qilish, o’z xatti-harakatlarini talab etilgan axloqiy normalar bilan solishtira olish, o’z kamchiliklariga o’zini iqror qila bilish, o’ziga nisbatan tanqidiy munosabatni shakllantirish, o’zining o’zgalar bilan bo’ladigan munosabatlari natijalarini prognoz, ya’ni bashorat qila olish, turli shart-sharoitlarda tegishli axloqiy normalar va to’g’ri xatti-harakatlarni amalga oshirishga o’zini o’rgatish va boshqa Mehribonlik uylari a’zolarini ham nazorat qila olish, Mehribonlik uylari a’zolariga tang vaziyatlarda yordamga kela olish, o’zgalarga yordamni o’zining mas’uliyatidagi vazifa tub anglash, o’zaro Mehribonlik uylariviy muloqotni axloqiy norma sifatida qabul qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |