«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar


Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy



Download 8,88 Mb.
bet194/377
Sana23.01.2022
Hajmi8,88 Mb.
#402275
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   377
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy Xorazm poytaxtida hijriy 362 yilda, milodiy 973 yilda tug’ilgan. Uning tarbiyasi bilan Abu Nasr Iroqiy shug’ullanadi.

X asrning birinchi yarimida Xorazm 2 qisimga bo’linib, bularning birida, ya’ni janubiy qismida Shoh Abu Abdulla Muhammad, ikkinchi qismida, shimoliy qismida esa Xorazm amiri Ma’mun ibn Muhammad hukmdor edi. 995 yilda bu ikki hukmdor o’rtasida taxt uchun bo’lgan kurashlar Ma’mun ibn Muhammad g’alabasi bilan tugadi. Yagona Xorazm davlati tashkil topdi. Xorazmshoh Abdullaning yengilishi Kot shahrida tinchgina ilm bilan shug’ullanayotgan kishilar hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Shular qatorida 22-23 yoshlardagi Beruniy xam ilmiy ishlarini to’xtalib, dastlab Jo’rjon so’ngra Ray shahriga ketishga majbur bo’ldi. 995-997 yillarda Ray shahridagi rasadxonada kuzatish va o’lchash ishlarini olib bordi.

Beruniy boshlang’ich ta’limni qishloqdagi maktabda olgan, so’ngra yirik munajjim va matematik Abu Nasr ibn Iroq ta’lim-tarbiyasida ulg’aygan. U 17 yoshda yosh munajjim olim sifatida tanildi. Beruniy Xorazm, fors, arab, yunon, sanskrit va yahudiy tillarini puxta o’rgangan. Jo’rjon hokimi Qobus ibn Vashmgar saroyida ilmiy ijod qilish uchun qulay sharoitga ega bo’lib, yoshligida tuplagan materiallari asosida kitob yoza boshladi. 1000 yilda esa Beruniy "Qadimki xalqlardan qolgan yodgorliklar" nomli kitobni yozib tugatadi 1004 chi yilning boshlarida Beruniy Ma’mun 2 tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va saroyda shohning yaqin maslahatchisi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Beruniy arabcha she’rlar yozadi. Beruniy "O’tmish yodgorliklari", "Xorazmning mashhur ayonlari", "Geodeziya", "Mineralogiya", "Hindiston", "Farmakologiya", "Qonuni Maqsudiy" va boshqa asarlarni yaratgan. 1010-1017 chi yillarda A.R.Beruniy Akalik va uzunlik jug’rofiy nuktalarni hisoblab chiqdi. 1016 yilda "Quyosh harakatini aniqlash yo’li" degan kitobni yozib tugatdi. "Ma’mun akademiya"si Beruniy uchun fan cho’qqilarini zabt etishga yordam berdi. 1029-1034 yillarda bo’lmish-Raxonga atab "Kitob at tavxim" , ya’ni "Falakiyot san’ati" muqadimmasiga tushuntirish kitobi asarini 1048 yil oxirida "Kitob as-Saydoni" singari asarlarini yaratdi. Al-Beruniy 150 dan optik noyob durdona kitoblar yozib qoldirdi. Shulardan bizgacha 30 dan ortiq kitobi yetib kelgan.

Beruniy eng so’nggi nafasigacha dunyo sirlarini ochish bilan birga insoniyat yaratgan bilimlarni o’rganish, umumlashtirish va bayon etishga uz umrini sarflagan, Beruniy umrining so’nggi kunlarida bunday deb yozgan edi: "Birgina narsa uchun uzoqroq yashashim kerak edi, u xam bo’lsa qulimdagi notamom asarlarni tamomlash va oqqa ko’chirmay qolganlarni ko’chirish edi". Ammo, dahshatli o’lim, rahmsiz ajal buyuk olimning maqsudiga yetishishga imkon bermadi. U 2 dekabr 1048 yilda 75 yoshida G’azna shahrida vafot etdi.

Beruniyda xalqparvarlik, vatanparvarlik, izchil insoniylik, haqiqiy ilmiy karash va xulosalash uzviy ravishda chambarchas bog’lik. Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiylik, axloq va odobning asosiy masalalari bayicha karashlari insoniylik tuyg’usi bilan yo’g’rilgan. U xalqlar o’rtasidagi do’stlikni yoqlab, hukmdorlarning o’zaro urushlariga qarshi chiqadi. Uning ijtimoiy karashlari markazida inson, insoniy jamiyat turadi.

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniy urta asrda juda og’ir mashaqqatli hayot kechirishga qaramasdan o’zining ilm fan va ma’rifat sohasidagi ulkan xizmatlari bilan butun dunyoga uz zamonasining buyuk faylasufi, munajjim matematigi, dorishunosi, jug’rofiyachisi, tarixchisi, adabiyotchisi, mashhur pedagogi va boshqa fanlarni chuqur bilgan qomuschi olim sifatida tanildi. Olimning ilmiy merosi hali urta asr sharoitida jaholatdan kutilmagan g’arbiy Yevropaga ilm nurini tarqatdi. Jumladan, uning "At-Tavhim", "Mas’ud qonuni" nomli asarlari o’sha davrda va keyingi davrlarda xam maktablarda o’qilib kelgan ekan.

Beruniyning ilmiy faoliyati o’zidan keyingi avlodga xam juda katta ta’sir ko’rsatmoqda. Umar Xayyom, N.Tussiy, Chagmaniy, Ulug’bek, Ali Qo’shchi va boshqalar Beruniyni o’zlarining ustozlari deb hisoblangan ekanlar. Birinchi Beruniyshunos nemis olimi E.Zaxau Beruniyga "Fan okeanidan yakka-yu -yagona tuyadir" deb yuksak baho bergan. Demak, Beruniyning ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti tarixida tutgan o’rni kattadir.

Uning ta’lim-tarbiya to’g’risida bayon qilingan fikrlari Urta Osiyo xalqlarining pedagogika faniga oid fikrlar tarixini o’rganishda yuksak ahamiyatga egadir. Buyuk alloma Beruniy asarlarining mazkur va mohiyatidan, uning ta’lim-tarbiya to’g’risidagi olamshumul fikrlari madaniyat va tarix xazinasiga bitmas tuganmas hissa bo’lib qo’shilgan. Shunday qilib, buyuk olim Beruniyning ilmiy merosi tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy karashlari jamiyat va inson haqidagi qimmatli, fikrlari mehnatkashlarning, uquvchi yoshlarning ilmiy dunyoqarashini boyitish va kengaytirishda muhim ahamiyatga kasb etadi.

Beruniy jamiyatda, ijtimoiy turmushda adolat masalasiga katta ahamiyat beradi. Jamiyatdagi juda ko’p muassasa, tashkilotlar Beruniy fikricha, zaruriy ehtiyojlar orqasida kelib chiqqan bo’lib, odamlarning o’zaro kelishuvlarining hosilasidir. Olim pulning paydo bo’lishini shahar, hunarmandchilikni vujudga kelishi, mehnat va mehnat mahsulotlarini taqsimlanish kabi masalalar inson aql zakovatiga, uning mashg’ulot turiga, kasb-koriga asoslanganligini takillaydi. Beruniy uchun insondan sharafliroq va qimmatliroq narsa yo’q. U kishilarning kundalik turmushdagi yurish turishlari, o’zlarining tutishi, odamlarning so’zi, qalbi, kiyim, bajargan mehnati hamma-hammasiga go’zal bo’lishini talab etgan. Beruniyning maqsudi inson qiyofasi, uning yurish turishi, xatti-harakati, uz ifodasi bilan yuzaga kelishini takror aytib, uquvchiga g’azallik qonunini yetkazadi. Beruniy tabiiy g’azalik bilan birga inson axlog’ida fe’l-atvorida g’azalik borligini tushunadi xamda birinchidan ikkinchisining tub farqini kuradi. Ulug’ olim va pedagog A.R.Beruniy o’zining buyuk xizmatlari bilan o’zbek xalqinigina emas, balki butun O’rta Osiyo xalqlarining faxri, butun jahon ilg’ar kishilarining iftixori sifatida yashab keldi va yashamoqda.

Beruniy asarlari va unda inson kamoloti va tarbiyasiga bag’ishlangan g’oyalar. Yuqorida biz buyuk mutafakkir, olim va pedagog Beruniy asarlarini sanab utdik Beruniyning asarlarida ulug’ olimlarga xos ikki xususiyat bordir:

1. Hur va betaraf muomalada bo’lish.

2. Musbat bilimga nomuvofiq va aqlga uyg’un bo’lmagan bo’sh va asossiz fikrlarga bog’lanib qolmaslik. mavzuni tanqidiy ahyon bilan tadqiq etmoq, yetarli dalillar topilgandan keyin haqiqatni tasdiqlamoq lozim. U insonning kadr qimmatini ulug’lagan, insonlarning ishonch va ma’muriylari bir-birinikidan farq qilishiga diqqatni tortgan, ammo dunyo madaniyati takomil va shu rang-baranglik natijasida bunyod bo’lganini tasdiqlangan. Uning fikricha, insonlar uch sabab bilan baxtsizlikka duchor buladilar:

1. Inson yer yuzida yaratilganlar orasida eng mumtozidir. Ammo insonlar qizg’anchiqlik sababi bir birlarning qullarida bo’lgan narsalarga kuz tikadilar. Bu ham ijtimoiy xuzursizlikka sabab buladi.

2. Uz ishonchini, mazhabini va qabilasini boshqalardan ustun kuymoq insonlar orasida nifoqlarga yo’l ochadi.

3. Xurofotlar va bo’sh ishonchsizlik insonlikning takomilini orqaga surmoqda va tushunmovchiliklarni yuzaga keltirmoqda.

Beruniy "Hindiston" asarida shularni yozadi:

Bu kitob baholashish va tortishish kitobi emas, shuning uchun bu kitobda dushmanlar isbotini keltirmayman va haqiqatdan chetga chizganlarga qarshilik ko’rsatmayman. Bu faqatgina bayon qilish kitobgina xolos.

.... Ilm esa jasad tabiatini uz xoliga kuyib, quyosh to’g’onidan yoki bulutdan tozalanganidek, nafs qorong’ilikdan tozalaydi.

..... Aql esa hyech qachon vaqt va zamonga bo’ylanmay, narsalarni haqiqatini bila oladi, o’tmish va kelajakdagi narsalar xam unga barobardir. Aqlning eng yaqin yordamchisi fikr va tabiat, eng uzoq yordamchisi beshta sezgidir. Sezgilar bilinganlardan bir bolagina fikrga yetkizsa, fikr uni sezgi yangilashlardan tozalab, aqlga topshiradi. Aql uning umumiy (ilm) ga aylantiradi va buni nafaqa bildiradi, nafs shu yo’l bilan olimlikga aylanadi.

.... Yana boshqa quvvatlarni mayib amalga mos keladigan quvvatini egallash bilan xam ilm hosil buladi.

..... Yaxshi xulq, din talab etadigan xulqlar bo’lib, shoxobchalari ko’p bo’lsa xam, ularning fikricha, asl va asosi ko’p ma’nolarni uz ichiga olgan bir muncha ishlardan iboratdir.

Ular : 1) O’ldirmaslik; 2) Yolg’on gapirmaslik; 3) O’g’irlik qilmaslik; 4) Zino qilmaslik; 5) Mol yig’maslik; 6) Keyin doimo pok va toza bo’lish; 7) hamisha ro’za tutib, o’zini qiynash; 8) Tangrini poklab va ulug’lab, uning ibodatiga yopishish.

Beruniy insonni xar tomonlama kamol topishishini eng avvalo mehnat bilan, uqib ma’lumot va hunar egasi bo’lishi bilan bug’lik deb bilgan. Uning fikricha, inson aqli va ma’rifatligi bilan barkamol va rasodir.

Ma’lumki, kishi kamolotida uch narsa (irsiyat, muhit, tarbiya) asosiy va yetakchi rol o’ynaydi. A.R.Beruniy inson kamoloti haqida gapirganda, uni go’zallik, ko’rkamlik, oliy janoblik mardlikda deb bildi. Biz- deb yozadi, olim, -ertalab nonushtasini qilib, kechqurun shomligini yeb-ichib yurganni mard kishi demaymiz. Mard kishi shunday odamki, erta-yu -kech dushmanga zarar-u, dastlarga foyda yetkazgan kishidir. Beruniy pedagogika tarixi va ta’lim-tarbiya masalalariga ijodiy yondashdi. Beruniy o’zining ta’lim-tarbiya ishlarida va karashlarida aniq fanlarni, chunonchi, eng avvalo, matematika, tarbiyashunoslik, fizika, kimyo va boshqalarni o’rganish, qolaversa, uquvchi, albatta, falsafa, mantiq va til ilmini bilish zarurligini alohida uqtiradi. Buyuk mutafakkirning ta’lim-tarbiya sohasidagi ishlari uz ichiga quyidagilarni oladi:

1. Aqliy va axloqiy tarbiya

2. Nafosat va mehnat tarbiyasi

3. Oilaviy tarbiya

4. Do’stlik va baynalmilal tarbiya.

Beruniy fanlarni yaratgan bilimlarni o’rganishda ularga ongli va tanqidiy yondashgan.


  1. Olim qaysi fan bilim mashhur bo’lmasin, u o’sha fanni sinchiklab o’rgangan, aniq ma’lumotlarni tuplagan va uz qarashlarini ishlab chiqib, yangi usul va xulosalar bayonida umumlashtirgan.

  2. Sehrgar-jodugarlar uchun tekin daromad manbai bo’lgan soxta fanlarni fosh qilib, Bilimda haqiqiy fanlarni rolini uz tajriba va kuzatish metodlari orqali isbotlaydi.

  3. Beruniy xalqlar tarixini bayon qilishda diniy, irqiy va milliy karashlardan xolis bo’lib, ta’lim olish va bu ishda qiyosiy tahlil metodidan foydalanishni ko’rsatadi.

  4. O’qitishda yodlatish emas, balki tushining, mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqarish yo’liga amal qilish lozimligini aytadi.

  5. O’qitishda uquvchining qiziqishi va intilish hisobga olinish va muallim uz shogirdiga xushmomilali bo’lishini takillaydi.

  6. O’qitishda turli usul va metodlarni qo’llash, ya’ni qarab chiqish, o’qilmagan mavzularni uqib olish, kerakli joylarni qayta uqib olish va umuman yana, yana uqib chiqish va tushunib olish lozimligini qayta-qayta uqtiradi.

  7. Uquv qurollarini, kitoblarni e’tibor bilan avaylab-asrab tutish, bu kitoblar insoniyatning boyligi ekanligini ko’rsatadi.

  8. Beruniyning fan uz yo’li bilan, din uz yo’li bilan yashashini uqtirgan, fanni dindan ajratish yo’lida birinchi bor haqiqatni himoya qilgan mutafakkir deb bilamiz.


Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish