Maktabni boshqarishni demokratiyalashtirish.
Xalq ta’limi tizimi va maktabni boshqarishning eng muhim qoidasi-demokratiyalashtirishdir. Bu aqida hozirgi mustaqillik davrida jamiyatni yanada demokratiyalashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ho’jalikni boshqarish tizimining eng asosiy sharti bo’lgan demokratik qoidaning g’oyat maqbul shakllarini izlab topishi bugungi muhim va dolzarb muammolardan biridir. Maktablarni boshqarishda, Ayniqsa, demokratik aqida, qonun qoidalari nihoyatda muhimdir.
Maktabdagi o’qitish jarayonida, maktab faoliyatini tartibi va qonun qoidalariga juda ko’p o’zgarishlar kiritildi. Bu o’zgarishlar xar bitta insonlarning dunyo qarashi va bilim doiralarini kengayish sababidir. Avvalo o’quvchilar bilim olishlari uchun juda xam keng sharoitlar yaratilgan. Chuqurlashtirilgan gimnaziyalar, muzeylar o’quvchilarning bilim doiralarini chuqurlashtirishga keng yo’l ochib bermoqda. Chuqurlashtirish - bu avvalo uz ustida ishlash, izlanish degani demakdir.
Ana shunday gimnaziya va liseylar uchun esa qobiliyatli, bilimli o’quvchilarni saralab, ularni kelajaklariga poydevor yasashga keng yo’l quyildi. Albatta, bu poydevorni bilimdon mutaxassis O’qituvchilar tayyorlaydi. Endi ana shunday O’qituvchilarni saralab ular ichidan eng bilimdonlarini tanlab olish payti yetib keldi. Bu esa O’qituvchi va bo’lajak pedagoglarni uz ustida tinmay ishlashini talab etadi. Chunki, bunday qobiliyatli bilimdon o’qituvchilarga talab va ehtiyoj juda katta buladi.
Mustaqil O’zbekiston jahonga yuz tutdi. Shu sababli undagi yashovchilar insonlarning bilimlari jihatidan kengayib bormoqda. Hozirgi zamonamizdagi o’quvchilar ana shundaylardandir. Hayot qanchalik oldinga borgan sari ular xam shunchalik ko’p narsa bilib olmoqdalar va buni ustozlaridan talab etmoqdalar. Bu esa o’quvchilarni, ustozlarini dars utish jarayonini analiz qilib boradi, ularning dars utishi yoqmasa, oshkora bilimdon usullarini talab qilishlari mumkin.
Dars utishda avvalom bor bo’lgan an’anaviy reja bo’yicha dars utish bekor qilindi. Chunki, O’qituvchi sinfga kiradi, o’tilgan darslarni takrorlaydi. Yangi mavzu utadi, ana shunday tartibda xar doimgi darslar takrorlanadi. Noan’anaviy dars utish usuli xar bir maktabga kirib bormoqda.
Mavzuni bolalar ongiga yetkazish, o’quvchini O’zini mahoratiga bog’liq. Mahoratli O’qituvchilarimizdagi o’qitishning ilg’or tajribalarni almashtirish o’quv jarayonini kengayishiga va mustahkamlashiga keng yo’l ochib beradi. Maktablarda maktab rahbarlarini saylash oshkora ovozga kuyish orqali fikr mulohazalar, takliflar kiritish orqali amalga oshirilmoqda.
O’rta, oliy bilim yurtlariga Qolaversa, maktabga qabul qilish va o’qitish sharoitlariga test sinovlari kiritildi.Bu esa avvalgi imtihon va sinovlardan ancha a’loroq va mukammalroqdir. Yuqorida aytib utganimizdek, maktab direktorlarini saylash huquqi o’qituvchilarga beriladi. Maktabda o’sib o’qitish, bitirayotgan o’quvchilarni yutuq va kamchiliklari maktab jamoasiga tegishli va ahamiyatlidir.
Avvalo maktablarda boshlang’ich sinflarda turli tipdagi sinflar tashkil etib, ularni sinflar orqali saralab, iqtidorli sinflarga aylantirilmoqda. Ota-onalarimiz xam hozirgi kunda farzandlarimiz istiqlol kelajagini yanada mustahkamlash uchun farzandlariga pullik kurslarga talab ehtiyojlari ortmoqda. Ularni bu intilishlarini maktab jamoasi e’tiborga berishga harakat qilmoqdalar.
Iqtidorli o’quvchilarni kelajagini porloq qilish uchun turli xil musobaqa, olimpiadalarga qatnashishlarini ta’minlab, ularning yutuqlari uchun bor bilim va tajribalarini ishga solmoqdalar, Ilg’or o’qituvchilarni xar xil unvonlarga tavsiya etish, oshkoralik tarzida maktabga mehnati singan, ilg’or, tajribalari katta, keng ommalashtirilgan O’qituvchilar tavsiya etilmoqda.
O’quv jarayonida yangi zamonaviy fanlar kiritilmoqda. Fan va texnikaning rivojlanish taraqqiyotiga keng yo’l ochib berish uchun maktab o’quv jadvalga kompyuter texnikani o’rganuvchi fanlar kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |