Boshqarish haqida umumiy tushuncha.
Boshqaruv taraqqiyotning xar qanday bosqichida jamiyatga xos bo’lgan ichki xususiyatdir. Bu xususiyat umumiy xarakterga ega. Boshqaruv xalq manfaatini ko’zlagan xolda demokratik uslub negizida amalga oshiriladi. Uz-o’zidan ravshanki, bunday boshqaruv jarayonida inson omiliga, xususan, millat manfaati va milliy qadriyatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Boshqaruv mehnati insonning boshqaruv vazifalari amalga oshirish jarayoni bajariladigan harakat va jarayonlarda O’zining aniq ifodasini topadi. Boshqaruv vazifalari yordamida esa sistemaning harakatlari, rivojlanish va takomillashuvi, uning barqarorligi va hayotchanligi ta’minlanadi. Kuyidagi bosh vazifalarni ajratib ko’rsatish mumkin: qarorlarning bajarilish jarayoni pedagogik tahlil qilish, rivojlantirish, tashkil etish, nazorat qilish va tartibga solib turish.
Boshqarish tizimiga kuyidagi manbalar kiradi:
1. Rejalashtirish tizimini boshqaruv manbai.
2. Tashkil qilish tizimini boshqaruv manbai.
3. Sozlash va muvofiqlashtirish manbai.
4. Nazorat boshqaruv manbai.
5. Hisob - kitob qilish tizim manbalar kiradi.
Rejalashtirish boshqaruv manbaida rivojlantirish maqsadida va bu maqsadga erishish vositalarini belgilashdir. Ya’ni, ishlash rejasini tuzishdir. Rejalashtirish boshqaruvchi manbalarni rivojlantirish o’rganishni ham o’z ichiga oladi.
Tashkil qilish tizimini boshqarish (boshqaruvchi ish faoliyatini rejalashtirish mavzuida hisobga olamiz) tuzilishi o’rtasidagi munosabatlarni va ularni o’zaro harakatini belgilashdir. Tizimni tashkil etishni ishlab chiqish, tadqiqot, loyihalash ishlarini yo’lga quyib ish tartibini belgilashi, o’ylab ish ko’rishi va shoshma - shosharlikka yo’l qo’ymasligi.
Sozlash va muvofiqlashtirish. Tizimining turli elementlari o’rtasidagi ma’lum nisbatni tutib turishiga, boshqariluvchi manba ishlayotganda reja topshiriqlardan chetga chiqib ketmaslikka yo’l qo’ymaslikka qaratilgan.
Nazorat qilish — ishlab chiqarish amalidagi jarayonining va taraqqiyotining rejaga qanchalik muvofiqligini kuzatib va tekshirib turishdan iboratdir.
Hisob — kitob qilish esa rejani yoki uni amalga oshirishdagi muayyan bosqichlarning qanday bajarilayotganligiga yakun yasashdir. Hisobga olish axborotlarni yakunlashga, uni tizimga solishga imkon beradi.
Pedagogik jarayonning samaradorligi maktab rahbarining boshqaruv vazifalarini sifatli bajarishlari, ularning faol va uyg’un hamkorligi bilan bab-barobar belgilanadi, ulardan bir-birining ahamiyatlarini pasaytirib yuborish muqarrar ravishda butun sistema birligining buzilishiga olib keladi.
Rejalashtirish ilmiy boshqarish va rahbarlarning markaziy butunligini va asosini reja va xar qanday jamoa faoliyatining aniq maqsadlari xamda vazifalari va unga erishish vositalarini belgilab beradi. Rejaning ahamiyati yana shundan iboratki, u pirovard natijada faqat nimaga erishish kerakligini emas, balki buni qanday uddalash, rejani bajarishning qanday rivojlanish kerakligini ko’rsatib bermasligi kerak. Rejalashtirishga faqat kelajak emas, balki o’tmishning tajribasi xam ta’sir qilar ekan.
Maktab ichki rejalashtirish masalalari ko’pgina pedagogik olimlarning ishlari bilan asoslanib berilgan. Rejalashtirishning mohiyati maktab xodimlarini quyilgan maqsadga erishish, qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan jamoa tarziga va yakka tartibdagi mehnatni vaqt jihatidan oqilona taqsimlashdan iboratdir.
Maktab rahbari rejalashtirishning tashkil etishning muntazam yondashuviga amal qilmog’i lozimdir, bu yondashuv rejalashtirishning maqsad va vazifalari, ularning tuzilishi va mazmuni, rejalashtirish metodlari va uning bajarilishini tashkil etish xususiyatlarini dialektik birligi va o’zaro bog’liqligini rejalashtirishning boshqa boshqaruv vazifalari bilan o’zaro harakatlarini nazarda tutadi.
Maktab rejalarining xilma-xilligini ko’pgina belgilariga kura vaqt bo’yicha (besh yil o’quv yili, yarim yili, chorak, oy, hafta) shakliga kura (yozma, grafik, aralash) tuzilishi birligiga kura maktabning ish rejasi, o’quvchilar tashkilotlari, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, metod birlashmalarining va ularning uz-o’zini boshqaruv organlarining ish rejasini ta’kidlar ekanmiz, biz maktab ishini o’quv yiliga rejalashtirish bilan bog’liq bo’lgan masalalarga qarab chiqish bilan chegaralanamiz va mazkur masala mohiyatini ana shu nuqtai nazardan yoritib beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |