Huquqiy faoliyat - huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og’ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo’naltirilgan amaliy xatti–harakatlar majmui.
«UMUMIY Pedagogika» o’Quv kursi bo’yicha ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari
1. «Umumiy pedagogika» kursining
dolzarbligi va o’qitish strukturasi
|
I. Kirish
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga og’ishmay rioya etilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat hamda fuqarolar jamiyati qurishga, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga, jamiyatni ma’naviy yangilashga, jahon hamjamiyatiga uyg’unlashuvga qaratilgan yo’lni tanlab oldi.
Mamlakatning o’ziga xos mentalitetini hisobga olgan holda O’zbekiston tanlab olgan o’z rivojlanish modeli, shunga olib keldiki, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotning taraqqiy etgan mamlakatlarda umume’tirof etgan tamoyillari hamda me’yorlari hukmron va muqarrar xususiyat kasb etib, ular respublikaning nafaqat hozirgi holatini, balki uning taraqqiyotini belgilaydi.
Prezidentimiz I.A.Karimov “...barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jixatdan sog’lom qilib o’stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajaginiko’rish, dunyoda xech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash oldimizdagi eng katta maqsadlarimizdan biridir” deb ta’kidlab o’tdilar.
Zamonaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish mamlakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning istiqbolga mo’ljallangan vazifalarni hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, yuksak umumiy va kasbiy madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo’nalish ola bilish mahoratiga ega bo’lgan yangi avlodni shakllantirishni ta’minlaydi.
Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodlarga o’rgatish, ularni komillikka yetaklash yo’llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Insonlarni ma’rifatli va ma’naviy komil bo’lishi - pedagogika fanini asosiy maqsadidir.
Pedagogikaning bosh masalasi, predmeti tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog’langan holda barkamol insonni voyaga yetkazishdir.
Bu o’z navbatida insoniyat yaratgan ma’naviy-ilmiy boyliklarga, insonning o’ziga yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltirdi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: «Fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir»
Bunday yangicha yondashishlar pedagogika fanining obyekti va predmetini kengaytiradi. Endi pedagogika fani faqat ta’lim-tarbiya jarayonini nazariy, metodik-amaliy tomonidan ta’minlovchi keng sohalarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi milliy ta’minot maqsadida shaxsga kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti sifatida qaraladi.
Pedagogika ta’lim-tarbiyada hayot jarayonining barcha sohalarini, jabhalarini qamrab olmasa, u o’zining komil inson tarbiyasidagi juda katta asosiy imkoniyatlariga ega bo’lgan asosiy ijtimoiy fan mavqyeini egallay olmagan bo’lardi. Shuning uchun ham yangi ta’lim konsepsiyasida va mutaxassislar tayyorlash milliy dasturida ta’lim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo’nalishi qilib belgilanadi.
Umumiy pedagogika fanining nazariy asoslari inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga Markaziy Osiyo va jahon ma’rifatparvar, mutafakkir olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalash, o’qitishning qonun - qoida va tamoyillarining umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |