Ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o’quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.
Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi.
Ta’limning sinf-dars tizimi - dars shaklida muayyan o’quvchilar guruhi bilan o’quv rejasiga muvofiq tuzilgan aniq jadval bo’yicha olib boriladigan ta’lim jarayoni.
Ta’lim tizimi – davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo’lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |