«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar


O’zbekistonda dastlabki o’rta ta’lim maktablarining tashkil etilishi va uning rivojlanishi



Download 8,88 Mb.
bet144/250
Sana29.05.2022
Hajmi8,88 Mb.
#614675
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   250
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

O’zbekistonda dastlabki o’rta ta’lim maktablarining tashkil etilishi va uning rivojlanishi. Xalq ta’limi tizimida (jumladan) muhim o’rinni egallagan umumiy ta’lim maktablari respublikamiz hayoti bilan chambarchas bog’langan bo’lib, davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qiladi. Shuning uchun xam respublikamiz hukumati, xalq ta’limi vazirligi joylardagi hokimiyatlar va jamoatchilik xalq ta’limi tizimini jumladan, umumiy ta’lim maktablarini rivojlantirish, ularning tarmoqlarini kengaytirish va yangi binolar bilan ta’minlash, o’quv moddiy va texnika bazasini mustahkamlash xamda ularni yuqori bilimga ega bo’lgan O’qituvchilar bilan ta’minlash borasida bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Chunonchi 1966 yilda sobiq SSSR tomonidan qabul qilingan "Umumiy ta’lim maktablarini" yanada rivojlantirish choralari to’g’risida, 1972 yil 20 iyuldagi "Yoshlarni umumiy o’rta ta’limga o’tkazishni tugallash va umumiy ta’lim maktablarini yanada rivojlantirish to’g’risida", shuningdek, "Qishloq umumiy ta’lim maktabining ish sharoitini yanada yaxshilash tadbirlari to’g’risida", "Mamlakatda oliy ta’limni yanada takomillashtirish to’g’risida"gi 1972-1977 yillar mobaynida qabul qilingan tarixiy qarorlari asosida respublikamizda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Yoshlarni umumiy o’rta ta’limga o’tkazish 1975 yilga kelib tugallandi.
Mazkur qarorlarga asosan respublikamizda mehnat ta’limi va tarbiyasi, Ayniqsa, ijtimoiy foydali mehnatni xamda o’quvchi-yoshlarni kasbga yo’naltirish ishining sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqildi, va u amalga oshirildi.
Maktab uz tabiatiga kura iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi, uni saqlovchi insoniyat tomonidan to’plangan umum-insoniy ma’naviy boyliklarni avloddan-avlodga yetkazib beruvchi va boyituvchi muhim tarmoq hisoblanadi.
Ta’lim tarbiya samaradorligini ishirishda axloqiy, badiiy va estetik tarbiya berishga alohida ahamiyat beriladi. O’quvchilarda yoshlik chog’idanoq jamoatchilik, o’ziga va bir-biriga talabchanlik, halollik va haqgo’ylik, saxiylik kabi xususiyatlarni shakllantirish xar bir O’qituvchining kundalik vazifasiga aylanmog’i zarur.
Jamiyatning tubdan qayta qurilishi maorifning barcha bo’g’inlarini mazmunan qayta tuzilishini talab etadi.
Jumladan, maktabda ta’lim tarbiya berish hisoblangan o’quvchilar uz-O’zini boshqarish tashkilotlari faoliyatidagi rasmiyatchilikka sovuqqonlikka barham berish, uning ish mazmuni va shakllarini tubdan o’zgartirish, o’quvchilarning kundalik talab va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan o’quvchilarning ixtiyoriy jipslashgan birlashmalariga aylantirish kuzda tutiladi.
Xalq maorifini boshqarish, ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga to’g’ri rahbarlik qilish, maktab uchun g’amxo’rlikni umum xalq ishiga aylantirish maktabda o’quv tarbiyaviy ishlarni samaradorligini ta’minlashning muhim shartlaridir.

Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish